«Akademnashr» nashriyoti haqida ma’lumot
“Akademnashr” nashriyotiga 2004 yilda asos solingan. 2009-yildanashriyot faoliyatini yuritish uchun litsenziya olingan. Bugunga kelib“Akademnashr” mamlakatning ko‘zga ko‘ringan nashriyotlari safidan o‘rin olabildi. Asosan, maʼrifiy, ilmiy, ilmiy-ommabop, adabiy badiiy, ijtimoiy,publitsistik, huquqiy yo‘nalishdagi asarlarni nashr etadi.
Nashriyot yiliga 100 dan oshiq nomda kitoblar chiqaradi. Bugunga kelibyillik nashr etiladigan kitoblarning umumiy adadi taxminan 1 200 000 dona atrofida.
Nashriyot sifat va mazmun uyg‘unligini shior qilgan holda faoliyatyuritgani muntazam ravishda o‘z natijasini berib kelmoqda.
2014-yilda “Akademnashr” nashriyoti “Yilning eng yaxshi nashriyoti” debtopilgan.
2015-yil 21 – 23 sentyabr kunlari AQSH, Buyuk Britaniya, Avstriya, Germaniya, Turkiya, Italiya, Koreya, Eron, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Qozog‘iston va boshqa 50 ga yaqin mamlakatlarning 140 dan ortiqnashriyot uylari ishtirokida Ashxobod shahrida o‘tkazilgan “Kitob – hamkorlik va taraqqiyot yo‘li” X xalqaro ko‘rgazma-yarmarka va ilmiykonferensiya doirasida tashkil etilgan tanlovda “Eng yaxshi badiiy nashr” yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
2013-yilda nashriyotimizda chop etilgan professor ShuhratSirojiddinovning “Alisher Navoiy: manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili” kitobi O‘zbekiston Respublikasining birinchidarajali Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.O‘tgan yillar davomida “Yilning eng yaxshi kitobi” respublikatanlovida muntazam I, II, III darajali diplomlarni qo‘lgan kiritgan.
Muallif Eshqobil Shukurning “Ko‘z yumib ko‘rganlarim” kitobi“Eʼtirof-2013” mukofotining “Yilning eng yaxshi badiiy asari” nominatsiyasida g‘olib deb topilgan.Shuningdek, boshqa o‘nlab kitoblarimiz “Vatan uchun yashaylik”, “Engulug‘, eng aziz” kabi mamlakatda o‘tkaziladigan turli tanlovlarda g‘olib vasovrindorlar qatoridan o‘rin egallagan.
Nashriyotda rus, nemis, ingliz, fransuz kabi xorijiy tillarda kitoblarchop etiladi.
Nashriyot o‘z poligrafik bazasiga ham ega.
