Tarixning noma'lum sahifalari VIII kitob
Kitobda muzey ilmiy jamoasi tomonidan tayyorlanayotgan “1937-1938 yillarda Oʻzbekistondagi “Katta qirgʻin” (ensiklopediya, I qism)” loyihasi doirasida amalga oshirilgan izlanishlarga keng oʻrin berildi. Kitob Oʻzbekiston tarixining mustamlakachilik davri bilan shugʻullanuvchi tarixchi, adabiyotshunos, faylasuf va yurist olimlar, aspirantlar hamda oliy oʻquv yurtlari tarix fakultetlarining talabalariga moʻljallangan.
Share
Tarixning noma'lum sahifalari VIII kitob haqida batafsilroq
Ilmiy maqolalar, hujjat va materiallar, xotiralar
Mazkur kitob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi tomonidan tayyorlangan davriy toʻplamning 8-kitobidir. Unda Oʻzbekiston tarixining mustamlaka va totalitar tuzum davrida roʻy bergan, ammo tarixchi olimlar tomonidan kam oʻrganilgan muhim masalalariga oid ilmiy maqolalar, hujjat va materiallar, shuningdek, oʻz taqdirida murakkab tarixiy davrning fojiali voqealarini ifodalagan shaxslar haqidagi xotiralar oʻrin olgan.
Kitobda muzey ilmiy jamoasi tomonidan tayyorlanayotgan “1937-1938 yillarda Oʻzbekistondagi “Katta qirgʻin” (ensiklopediya, I qism)” loyihasi doirasida amalga oshirilgan izlanishlarga keng oʻrin berildi. Kitob Oʻzbekiston tarixining mustamlakachilik davri bilan shugʻullanuvchi tarixchi, adabiyotshunos, faylasuf va yurist olimlar, aspirantlar hamda oliy oʻquv yurtlari tarix fakultetlarining talabalariga moʻljallangan.
Tahrir hayʼati: N.Karimov, M.Zikrullayev, B.Irzayev
Masʼul muharrir: Baxtiyor Hasanov – tarix fanlari doktori,
Taqrizchilar: J.H.Ismailova – tarix fanlari doktori,
S.Shodmonova -tarix fanlari doktori
Akademnashr, - 2018. 304 b.
ISBN 978-9943-5456-9-4
Qogʻoz bichimi: 84x108 1/32 .
Adadi: 1000 nusxa.
Yetkazish o’lchami
-
Hajmi0 sm × 0 sm × 0 sm
-
Og’irligi0 kg
Нет отзывов для отображения.