{"id":7672,"date":"2024-04-02T10:40:33","date_gmt":"2024-04-02T10:40:33","guid":{"rendered":"https:\/\/akademnashr.uz\/?p=7672"},"modified":"2024-04-02T10:41:48","modified_gmt":"2024-04-02T10:41:48","slug":"andrey-platonovning-xandaq-asari-haqida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/andrey-platonovning-xandaq-asari-haqida\/","title":{"rendered":"Platonov paradoksi. Andrey Platonovning &laquo;Xandaq&raquo; asari haqida"},"content":{"rendered":"<p class=\"has-medium-font-size\">Andrey Platonovning <a href=\"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/product\/andrey-platonov-xandaq\/\">\u201cXandaq\u201d<\/a> asarini mutolaa qilish kitobxon uchun oson bo\u2018lmaydi. Avvalo, yozuvchining murakkab uslubi, keyin tarjimon Sharifjon Ahmedovning ham zargarona, ham zich tarjimasi o\u2018quvchining miyasini zo\u2018riqib ishlashga majburlaydi. \u201cXandaq\u201d \u2014 falsafiy asar. Bundan avval chop qilingan <a href=\"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/product\/andrey-platonov-jon\/\">\u201cJon\u201d<\/a> asariga hamohang motivlar bor. Yozuvchining yuksak badiiy tafakkuri va chuqur mushohadalari shunchaki mutolaa qilishga yo\u2018l bermaydi. Asar ko\u2018p qatlamli, antiutopiya va satira elementlarini ilg\u2018ash mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Qahramonlar bir-biriga o\u2018xshaydi. Tushkun, ertasidan umid uzib qo\u2018ya qolgan, shu bilan birga ularning baxtsiz hayoti kelgusi avlodlar uchun yorug\u2018 kelajak olib keladi, deb ishonishadi. Xandaq detali \u2014 ularning o\u2018y-fikrlari, ruhiy holatini ifodalaydigan badiiy timsol. Voshchev, Jachev, Kozlov, Chiklin va Safronov obrazlari xarakteridagi ba\u2019zi o\u2018xshashliklarni aytmaganda, bir obrazning turli soyalari degan taassurot qoldiradi. Asarda nisbatan optimistroq, shu bilan birga ancha to\u2018kis yashaydigan obraz \u2014 Pashkin. Prushevskiy esa garchi mayda amaldor bo\u2018lsa ham, o\u2018z armonlari va qayg\u2018usi ichida yemirilib borayotgan odam. Menga asardagi eng yoqqan xarakter aynan Prushevskiy obrazi bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Qahramonlar kapitalizmni qora, kommunizmni oq deb bilishadi. Ular endigina barpo bo\u2018lgan SSSR va kommunizmning istiqboliga ishonishadi. Ammo ularning orzulari o\u2018zlari qaziyotgan xandaq kabi tobora chuqurlashib, pastga qarab o\u2018sib boraveradi. Qahramonlar juda tushkun, biroq o\u2018ta mulohazakor. Bu holatni Platonov paradoksi deyish mumkin: zohiran chuqurlikdagi voqelik va yuksaklikdagi mohiyat. Muallifning falsafiy qarashlari qahramonlarga teng taqsimlangan, ya\u2019ni ular o\u2018z nutqida muallifning badiiy g\u2018oyasini to\u2018la-to\u2018kis ifoda etishadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Asarda aynan bir makon va zamon kishilari tamsil etilgan deyish qiyin. Har qanday usti yaltiroq, ichi qaltiroq tuzumning muqarrar zavoli borligi eslatiladi. Inson ertasidan umid qilmasa, o\u2018z hayotining ma\u2019nisizligidan ezila boshlasa, beixtiyor xandaq qaziy boshlaydi. Bu xandaq qazuvchini o\u2018zi bilan yerga olib ketadi, lekin uning o\u2018rnida mustahkam bino barpo bo\u2018lishi mumkin. Ha, faqat mumkin. Reallikda esa bu xandaq Platonov qahramonlari qazgan xandaq kabi behuda mehnatning uvoli bo\u2018lmasligiga kafolat yo\u2018q.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Platonovning tili murakkab. Brodskiy bu asarni boshqa tilga o\u2018girib bo\u2018lmaydi deb yozgan ekan. Biroq Sharifjon Ahmedov o\u2018zbek tilining boy imkoniyatlarini ishga solib, asarni mohirona tarjima qilishni uddalabdi. Hatto mutolaa boshida ba\u2019zi jumlalar g\u2018aliz ko\u2018rinadi, so\u2018zlarni bir-biriga ulay olmaydi kishi. Ammo o\u2018ziga xos jumlalar, ko\u2018zga notanish birikmalarning mazasi asta-sekin chiqib boraveradi. Kelgusida \u201cSharifjon Ahmedov badiiy tarjima lug\u2018ati\u201dni tuzish kerak deb o\u2018ylayman. Chunki tarjimon juda ko\u2018p chalajon yotgan so\u2018zlarga nafas berib, ularni tiriltirgan. Shubhasiz, katta mehnat. Olqish va e\u2019tirofga munosib. Tarjimonga ham, \u201cAkademnashr\u201d nashriyotiga ham o\u2018zbek kitobxonlarini Platonov badiiy dunyosi bilan tanishtirayotganliklari uchun tashakkur.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\"><strong>Xurshid Abdurashid<\/strong><\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-embed alignwide is-type-video is-provider-youtube wp-block-embed-youtube wp-embed-aspect-16-9 wp-has-aspect-ratio\"><div class=\"wp-block-embed__wrapper\">\n<iframe title=\"Platonov paradoksi. Andrey Platonovning &quot;Xandaq&quot; asari haqida\" width=\"980\" height=\"551\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/Eu9qRax-VbI?feature=oembed\" frameborder=\"0\" allow=\"accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share\" referrerpolicy=\"strict-origin-when-cross-origin\" allowfullscreen><\/iframe>\n<\/div><\/figure>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Andrey Platonovning \u201cXandaq\u201d asarini mutolaa qilish kitobxon uchun oson bo\u2018lmaydi. Avvalo, yozuvchining murakkab uslubi, keyin tarjimon Sharifjon Ahmedovning ham zargarona, ham zich tarjimasi o\u2018quvchining miyasini zo\u2018riqib ishlashga majburlaydi. \u201cXandaq\u201d \u2014 falsafiy asar. Bundan avval chop qilingan \u201cJon\u201d asariga hamohang motivlar bor. Yozuvchining yuksak badiiy tafakkuri va chuqur mushohadalari shunchaki mutolaa qilishga yo\u2018l bermaydi. Asar ko\u2018p [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7675,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[79],"tags":[],"class_list":["post-7672","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-blog"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7672","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7672"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7672\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7676,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7672\/revisions\/7676"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7675"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7672"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7672"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7672"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}