{"id":7641,"date":"2024-02-07T10:12:38","date_gmt":"2024-02-07T10:12:38","guid":{"rendered":"https:\/\/akademnashr.uz\/?p=7641"},"modified":"2024-02-07T10:12:38","modified_gmt":"2024-02-07T10:12:38","slug":"olim-otaxon-kechikkan-kortasar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/olim-otaxon-kechikkan-kortasar\/","title":{"rendered":"Olim Otaxon: &laquo;Kechikkan Kortasar&raquo;"},"content":{"rendered":"<p class=\"has-medium-font-size\">Afsuski, o\u02bbzbek kitobxoni Kortasar ijodi bilan, aytaylik, Balzak, Stendal, Mopassan yoki Karel Chapek, Tagor, Xeminguey va hokazo yozuvchilar darajasida tanish emas \u2013 uning bor-yo\u02bbg\u02bbi yettita hikoyasi o\u02bbzbek tiliga tarjima qilingan, xolos. Adib hayoti, jahon adabiyotida tutgan o\u02bbrni, deyarli barcha asarlari \u2013 roman, hikoya, badiha va she\u02bcrlarida aks etgan g\u02bbaroyibotlar dunyosi, yozuvchining dunyoqarashi haqida, ayniqsa, hajman cheklangan so\u02bbzboshi yoki muxtasar maqola yozib yetarli ma\u02bclumot berish vazifasini qiyinlashtiradi. Beixtiyor Jumavoyga borliq-olamdan oddiy narsalarni nom-banom, hijjalab tushuntirmoqchi bo\u02bblgan Robinzon Kruzo ahvoliga tushib qolganingni o\u02bbzing ham sezmay qolasan. Pirovardida qisqa, ommabop-hammabop qilib yozishdan o\u02bbzga chora topolmaysan. Hamma balo bunaqa yo\u02bbsinda, ya\u02bcni hammabop qilib yozish qo\u02bblingdan kelmasa-chi, eplolmasang-chi\u2026 bunday paytda \u201cQisqalik \u2013 iste\u02bcdodning doyasi\u201d yoki \u201cYozuvchining maqsadi \u2013 nima haqda yozmoqchiligi aniq bo\u02bblsa, ilhom bilan yozadi\u201d va hokazo kabi saboqlar hech bir yordam berolmas ekan. Taajjub, o\u02bbqigansan, tushunasan, bilasan, lekin tushuntirib berolmay esing ketadi. Ana shunda, sen fikr yuritmoqchi bo\u02bblgan asar avvaldan o\u02bbzbek tiliga o\u02bbgirilganda edi, o\u02bbz vaqtida o\u02bbquvchi ozmi-ko\u02bbpmi tasavvurga ega bo\u02bblar va sen bemalol mushohadangni bir chekkadan yozib ketaverarding, degan fikr keladi xayolga.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Xullas, Kortasar ijodi XX asr jahon adabiyotida voqe bo\u02bblgan noyob hodisa, u Markes, Losa, Fuentes, Roa Bastoslardan ilgariroq Lotin Amerikasi adabiyotini yevropaliklarga yaqindan tanishtirgan yoki ta\u02bcbir joiz bo\u02bblsa, yevropaliklar uchun Lotin Amerikasi adabiyotini kashf etib bergan adib; uning \u201cRouela\u201d, \u201cYutuq\u201d,\u201d62, \u201cTo\u02bbplam uchun andoza\u201d, \u201cManuelning kitobi\u201d singari romanlari, \u201cKun tevaragida aylanayotgan 80 ming olam\u201d \u2013 roman-kollaji, \u201cEpomalar va Meopalar\u201d she\u02bcriyat to\u02bbplami, \u201cSo\u02bbnggi raund\u201d kabi kollaj kitoblari, badihalari dunyodagi deyarli barcha tillarga tarjima qilingan va ular jahon adabiyotining mumtoz namunalari sifatida e\u02bctirof etiladi. Hali tirikligidayoq uni \u201cAdabiyot olamidagi Kolumb\u201d, \u201cBuyuk kashfiyotchi\u201d, \u201cAn\u02bcanalar kushandasi\u201d deb atashganligi ham bejiz emas.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Kortasar hikoyalarining o\u02bbzi bir olam, ularning hammasida mo\u02bbjiza ro\u02bby beradi, qandaydir kutilmagan, aqlga sig\u02bbmaydigan hodisalar, tashqi kuchlar ta\u02bcsirida odamlarning hayotida katta o\u02bbzgarishlar sodir bo\u02bbladi. Bir maromda davom etib kelayotgan turmushlari alg\u02bbov-dalg\u02bbov bo\u02bblib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Shu vajdanmi, bu hikoyalarni ilk bor qo\u02bbliga olgan o\u02bbquvchi fantastik asar sifatida qabul qilishi, tabiiy. Aka-singil dang\u02bbillama hovlida yashaydi \u2013 yegani oldida yemagani ortida \u2013 dunyo bilan ishlari yo\u02bbq, biroq kunlarning birida xonadonning tinch-osoyishta hayotiga putur yetadi: qandaydir noma\u02bclum kuchlar ular yashayotgan xonadonni ishg\u02bbol qilishadi-yu pirovardida aka-singil ko\u02bbchada qoladi, (\u201cIshg\u02bbol qilingan uy\u201d); bir-biridan tamom ko\u02bbngli sovigan er-xotin o\u02bbrtasidagi ruhiy ziddiyat, mojaro, kelishmovchilikni bartaraf etadigan kuch dunyoda yo\u02bbq, ular faqat axloq me\u02bcyorlaridan chiqmaslik uchun bazo\u02bbr birga yashab yurganlarida hovlida saman ot paydo bo\u02bbldi, har kecha keladi va u, bu favqulodda hodisa ularning ichki dunyosini tamomila o\u02bbzgartirib yuborgan, oqibatda, ular ortiqcha kibru havodan voz kechadilar (\u201cSaraton\u201d), Hayvonot bog\u02bbidagi aksolotalarni tomosha qilaturib, bir ziyoli yigit jonivorlar hayotiga qiziqib qoladiyu, har turli kitoblardan ular haqidagi ma\u02bclumotlarni yig\u02bbadi, o\u02bbqiydi, o\u02bbrganadi, pirovardida bu berilish shu darajada kuchayadiki, yigit ularning o\u02bbtmish hayotini bilgisi keladi va kunlarning birida o\u02bbzi ham aksolotaga aylanib qoladi (\u201cAksolota\u201d); bir haftada metroga qancha odam kirib-chiqishini hisob-kitob qilishga bel bog\u02bblagan tashkilot xodimlaridan biri, metroda qandaydir o\u02bbzga bir hayot mavjudligi va u yerda alohida, yuqoridagi hayotdan uzilgan jamoa yashashini sezib qoladi-yu, buning tagiga yetish uchun o\u02bbziga xos tarzda \u201ctadqiqod\u201d olib boradi (\u201cYon daftardagi yozuvlar\u201d) yoki e\u02bclon bo\u02bbyicha ishga kirish uchun korxona idorasiga borgan ayol, nogahon ichkariga kirib ketganlarning qaytib chiqmayotganligini bilib qoladiyu o\u02bbz atrofidagi odamlarning hayotidan tashvishga tushadi (\u201cKelgusi safar\u201d); mamlakat fuqarosining tomiriga chivindek keladigan tilla baliqchalarni yuborish orqali xalqning baxtli yashashiga zamin hozirlagan rahbarlar haqidagi hikoyalarni o\u02bbqigan kitobxon nima deb o\u02bbylaydi?!<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Ertakka o\u02bbxshaydi, deydi-da!<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">\u201cTutash bog\u02bblar\u201d hikoyasi esa biz ko\u02bbnikkan adabiy tushunchalar va tasavvurni butunlay buzib yuboradi. Hikoya nihoyat darajada qisqa. Shapaloqdek, kitobda bir varaq ham kelmaydi. Bir sarmoyador kitob o\u02bbqishga beriladi, hatto safarga chiqqandi, yo\u02bblda ham qo\u02bblidan qo\u02bbymay o\u02bbqiydi, uyga qaytib kelgach, o\u02bbsha kitob qahramonlaridan biri uning dang\u02bbillama uyiga kirib orqasidan xanjar urib o\u02bbldiradi. Nima bu, fantastikami? Ha, lekin yozuvchi fantastikadan voqelikni falsafiy tahlil qiluvchi vosita sifatida foydalanadi. Mo\u02bbjizaviy unsurlar, inson aqli qamrab ololmaydigan g\u02bbayir kuchlar, mudhish, vahimali narsalar mavjud voqelikni buzib ko\u02bbrsatishga emas, balki ana shu voqelikni yangicha, badiiy aks ettirish uchun xizmat qiladi. Ana shulardan kelib chiqqan holda bemalol aytish mumkinki, Kortasar fantastikasi havoyi ma\u02bcnosizlikdan yiroq, u \u2013 kam majozdir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Kortasar mulohazakor, fikr yuritish, tahlil qilishga moyil o\u02bbquvchini yaxshi ko\u02bbradi, uning hammaslak do\u02bbsti ispaniyalik munaqqid olim Gonsales Barmyexoning ta\u02bcbiri bilan aytganda, adib aslida ana shunday kitobxonlar uchun yozadi \u2013 ijod qiladi, o\u02bbquvchini ham birga ijod qilishga chorlaydi, qaysidir ma\u02bcnoda uning qariyb barcha hikoyalari fikrdosh, hamkor, serqatlam ramziyatlar ma\u02bcnosini anglab, tushunib va tushuntirib bera oladigan tasavvuri boy kitobxonni mo\u02bbljallab yozilgandek tasavvur uyg\u02bbotadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">\u201cJahon adabiyoti\u201d jurnalida e\u02bclon qilinayotgan hikoyalarni o\u02bbqigan o\u02bbquvchi, ishonchim komilki, shu fikrga qo\u02bbshiladi. \u201cBiz Glendani shunaqa yaxshi ko\u02bbramiz\u201d hikoyasida kundalik hayotda (bizning hayotimizda ham!) faqat boshqa shakl, o\u02bbzgacha tarzda yuz beradigan oddiy voqea qalamga olinadi. Bir qancha kinosevarlarning Glenda Garson ismli kino yulduzini behad, oddiy muxlis va muhiblaridan ortiqroq yaxshi ko\u02bbrishlari ma\u02bclum bo\u02bbladiyu, ular bir guruh tuzishadi, bora-bora bunday kishilar ko\u02bbpayib kichik guruh katta uyushmaga aylanadi, unga Glenda ijodi bilan nafaqat qiziqadigan, balki uning uchun jonini berishga tayyor kishilargina a\u02bczolikka qabul qilinadi. Kuchli ehtiros bilan sevish, ko\u02bbr-ko\u02bbrona muhabbat har qanday kishini quyushqondan chiqarib yuborishi tabiiy. Shuning uchunmikin, har narsaning me\u02bcyori bo\u02bblishi shart, qattiq berilish oxir-oqibat sig\u02bbinishga olib keladi. Pirovardida, guruh va guruh faollari Glenda Garson qatnashgan filmg\u02bblarining nusxalarini o\u02bbg\u02bbirlab kelib, sevimli aktrisaning sha\u02bcniga noloyiq epizodlarni kesib tashlaydilar va yo\u02bblini topib o\u02bbzgartiradilar. Zero, sevgan insonining har jihatdan benuqson, mukammal bo\u02bblishini hamma ham istaydi-da. Biroq kino olamini tark etgan Glenda yana filmlarda suratga tusha boshlaydi, natijada, bundan buyon Glenda kamolot cho\u02bbqqisiga chiqdi, bizni uyatga qo\u02bbymaydi, yengil-yelpi rollar ijro etmaydi, deya qattiq ishonib qolgan muxlislar uni qatl qilishadi. Qattiq sevish, mubtalolik fojialarning debochasi bo\u02bblib chiqadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Zero, Kortasar asarlarida yaratgan xayoliy voqelik real voqelikni anglash uchun xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Men Kortasar ijodini bir xushmanzara bog\u02bbga o\u02bbxshataman, bog\u02bbga kirgan odam ko\u02bbngli tusagan mevalardan bahramand bo\u02bbladi. Lekin shu bahramandlik darajasi boqqa tashrif buyurgan kishining xohish-istagi, intilishiga qarab hosil bo\u02bbladi. Birov gul uzadi, birov tomosha qiladi, boshqa birov oddiygina bog\u02bb-da, deb chiqib ketishga shoshiladi. Binobarin, kitobxon didi, farosati, bilimi, ma\u02bcrifatining ko\u02bblamiga qarab Kortasarni taniydi, qabul qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\"><strong>Olim OTAXON<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">\u201cJahon adabiyoti\u201d jurnali, 2013\u20139<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Afsuski, o\u02bbzbek kitobxoni Kortasar ijodi bilan, aytaylik, Balzak, Stendal, Mopassan yoki Karel Chapek, Tagor, Xeminguey va hokazo yozuvchilar darajasida tanish emas \u2013 uning bor-yo\u02bbg\u02bbi yettita hikoyasi o\u02bbzbek tiliga tarjima qilingan, xolos. Adib hayoti, jahon adabiyotida tutgan o\u02bbrni, deyarli barcha asarlari \u2013 roman, hikoya, badiha va she\u02bcrlarida aks etgan g\u02bbaroyibotlar dunyosi, yozuvchining dunyoqarashi haqida, ayniqsa, hajman [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7642,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[79],"tags":[],"class_list":["post-7641","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-blog"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7641","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7641"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7641\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7643,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7641\/revisions\/7643"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7642"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7641"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7641"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7641"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}