\u2014 Assalomu alaykum! Ha, ustozlar duosini olish yosh ijodkor uchun oliy baxt! Rosti, Anvar Obidjon ijodiga qiziqishim 1-sinfligimdanoq boshlangan bo\u2018lsa-da, haqiqiy uchrashuvimiz 14 yoshimda ro\u2018y bergan. O\u2018shanda 2011-yil Toshkentdagi \u201cDo\u2018rmon\u201d ijod uyida \u201cBolalar adabiyoti kunlari\u201d o\u2018tkazilgan edi. Unga bolalar adabiyoti yo\u2018nalishi bo\u2018yicha respublikamizdagi 40 nafar yosh qalamkash jamlangandik. Yodimda, Farg\u2018onadan rahmatli Enaxon Siddiqova boshchiligida uch nafar yosh shoir Toshkentga kelganmiz. \u201cDo\u2018rmon ijod uyi\u201dga qadam qo\u2018yganimiz-da chinorlar ostida Anvar Obidjon yerga teran boqib turar, chuqur o\u2018yga cho\u2018mgandi. Shunda menga qarab, \u201cEee, mulla Qobil, Yozyovonlar qalay?\u201d deb juda iliq salomlashgandi. So\u2018ng Enaxon ustozga ortimdan \u201cBu bolani tarbiyalash kerak\u201d, deya tayinlagandilar. Ilk uchrashuv va ustozning kaminaga o\u2018ta samimiyatidanmi, chiqib ketayotgan yotoqxonamning raqamini unutib qo\u2018yganman.
\u2014 Kattalar adabiyotiga nisbatan bolalar adabiyotida ijod qilish mushkulroq. Sizningcha ham shundaymi?<\/strong>
\u2014 \u201cBolalar adabiyotida yozish qiyin\u201d, deguvchilarning mazkur xulosada to\u2018xtalishlariga sabab shuki, ular bolalik qalblarini asrab qola olishmaganidir. Qalblari ulg\u2018aygach, u olam xuddi million kilometr uzoqdagi sayyoraga o\u2018xshab qoladi, nazarlarida. To\u2018g\u2018ri, ulg\u2018ayish kerak. Aqlda, fikrda, tafakkurda o\u2018sish lozim. Biroq qalb masalasi mutlaqo boshqa. Bu mavzuda bir kitobimda bitgandim: \u201cBolalarga kitob yozishing uchun ichingda 7 yoshli bir bolakayni saqlab turishing, 70 yoshli nuroniyni esa unga qo\u02bbriqchi qilib qo\u02bbyishing lozim! Agar
bolakay bo\u02bblmasa, yozganing bolalarga, nuroniy bo\u02bblmasa, kattalarga yoqmaydi. Agar nuroniyni bolakayga qo\u02bbriqchi qilmasang, unda yozganing Yaratganni ham rozi qilolmaydi.\u201d
\u2014 Zo\u2018r natijalarga erishishingizda kitoblarning o\u2018rni qay darajada deb hisoblaysiz?<\/strong>
\u2014 Bu faqat mutolaa bilangina amalga oshmaydi. Boisi, mana, qancha kitobxonlar, olimlar bor atrofimizda. Agar ijod qilish darajasi mu’tolaa bilangina belgilanganida professorlarimiz har yili bittadan o\u2018zlarining \u201cO\u2018tkan kunlar\u201dini yozishgan bo\u2018lardi. Kitob ham bir ne\u2019mat! Albatta, bu ne\u2019matni qabul qilib olish uchun ilmiy va mutolaaviy tayyorgarlik bo\u2018lishi darkor.
\u2014 \u201cBuvamning oshqozonidagi mamlakat\u201d asaringiz Prezidentimiz tashabbusi bilan \u201cBolalar va yoshlar uchun o\u2018tkazilgan eng yaxshi
kitob\u201d tavlovida g\u2018olib deb topilib, 50 million so\u2018m pul mukofoti bilan taqdirlandingiz.<\/strong>
\u2014 Ha, ijodingizga Davlat rahbarining e\u2019tibori tushib tursa, bu barchani xursand qilishi, tabiiy. Ammo ijoddan maqsad moddiy man\u0002faatgina bo\u2018lib qolmasin. Agar qalam tutishingdan muddao mashhurlik yoki pul topish bo\u2018lsa, bu sening mag\u2018lubiyating nishonasidir. Darvoqe, har bitta asar ortida mashaqqatli mehnat yotadi.
\u2014 Bir kunda yoki haftada ijodiy yuksalishingiz uchun qancha vaqt sarflaysiz?<\/strong>
\u2014 Juda yaxshi savol. Bir kunda agar yozuv mashinam oldida bir-ikki soat o\u2018tirishim yoki umuman uni ochmasligim ham mumkin. Lekin
shu narsa ayonki, yozamanmi-yo\u2018qmi, muhimi, xayolim doim fikrda, tafakkurda turadi.
\u2014 Asarlaringiz 2022-yilda 3-sinf maktab darsligidan joy olib, \u201cYosh kitobxon\u201d respublika tanlovining 15-19 yosh toifasi uchun o\u2018qilishi shart bo\u2018lgan kitoblar ro\u2018yxatiga kiritildi. Bu xushxabar zimmangizga qanday mas\u2019uliyat yukladi?<\/strong>
\u2014 Asaringiz darslikka kiritilishi bu hukumatning sizga ulkan ishonchi, olimlarning munosib bahosidir. O\u2018z barobarida yelkamga ulkan
mas\u2019uliyat yuklaydi.
\u2014 Ayting-chi, hozirgi bolalar adabiyotining yutuq va kamchiliklari nimalardan iborat?<\/strong>
\u2014 Bugun internet, ijtimoiy tarmoqlar, zamonaviy telefon imkoniyatlari rivojlangani sayin yozuvchilarning, ayniqsa, bolalar adibla\u0002rining vazifasi jiddiylashmoqda. Sharq bolalar adabiyotida tarbiya kuchli,
g\u2018arbda esa badiiy kashfiyotlar serob. Bolalarga esa ko\u2018proq badiiy kashfiyotlar qiziq. Bugun biz sharq tarbiyasi qorishgan va butun dunyoni lol qoldiradigan asarlar yaratishimiz zarur. Ta\u2019kidlash joiz, bunday asarlar yaratilyapti ham!
\u2013 Kelajakdagi maqsadlar va ijodiy rejalaringiz xususida\u2026<\/strong>
\u2013 Maqsadlarim talaygina. Barchasini aytish o\u2018ylaymanki, u qadar ma\u2019qul emas. Niyatlarim siz, aziz kitobxonlarning duolari bilan ro\u2018yobini
topishiga ishonaman.
\u2013 \u201cQaldirg\u2018och\u201d jurnali o\u2018quvchilariga tilaklaringizni bidirsangiz.<\/strong>
\u2013 Bahorda qaldirg\u2018och uylarga kelib, odamlarga quvonch olib kelgani singari, \u201cQaldirg\u2018och\u201d jurnali ham jamiki o\u2018zbek xonadoniga shodlik, ilm, ma\u2019rifat olib kirishini, muxlislari soni yanada kengayishini istayman. O\u2018quvchilariga esa fursatdan foydalanib, mustahkam sog\u2018lik, o\u2018qishlarida omadlar tilayman. Mazmunli savollaringiz uchun sizga alohida rahmat!
\u201cBalki Mosh ham tush ko\u2018rar\u201d, \u201cQishloqjonim\u201d, \u201cBir quloqli qo\u2018zichoq\u201d, \u201cBuvamning oshqozonidagi mamlakat\u201d nomli she\u2019riy va nasriy asarlar muallifi, iste\u2019dodli bolalar shoiri va yozuvchisi, \u201cIlhom\u201d davlat mukofoti sovrindori Qobiljon Shermatov \u2013 jurnalimizning bu galgi mehmoni. Suhbatimiz uning adabiyot olamiga kirib kelishi, muvaffaqiyatlarga erishishida kitoblarning tutgan o\u2018rni, bolalar adabiyotidagi yutuq va kamchiliklar, kelajakdagi rejalari haqida kechdi. \u2014 […]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7631,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[79],"tags":[],"class_list":["post-7630","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-blog"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7630","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7630"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7630\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7633,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7630\/revisions\/7633"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7631"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7630"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7630"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7630"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}