Перейти к содержимому
Поиск в
  • Дополнительно...
... bo‘yicha natijalarni qidirish
Natijalarni qidirish

Mahfuza

Tahririyat
  • Xabarlari

    61
  • A‘zo bo‘lgan sana

  • Tashrif buyurgan vaqti

Все публикации пользователя Mahfuza

  1. ЗАГАДОЧНЫЙ МИР ПТИЦ Книга юной и талантливой Рахимабону Хамраевой «Сокровища небес. Зага- дочный мир птиц» - это уникальный сборник стихотворений и познавательных рассказов о Родине, и том, какое место в нашей жизни занимают наши крыла- тые друзья, какую невероятную пользу человек может извлечь, оберегая птиц. Ещё в этом издании можно найти интересные кроссворды, которые помогут не только обогатить ваши знания о разнообразном и удивительном мире птиц, а также приятно и с пользой провести досуг в семейном кругу. Прочитав книгу маленькой девочки, обретайте собственные крылья для по- лёта в мир загадочных созданий… Akademnashr, 2019. – 44 стр ISBN 978-9943-5929-0-2 Ответственный редактор: Гайрат Мажид Размер: 60x84 1 / 8 . Тираж: 1000
  2. Nutq jarayonida axloq-odob hamda hissiy talablar ta'sirida aytilishi nojoiz, noqulay bo'lgan so'zlarning yumshoq va muloyim ifodasi bo'lgan ikkilamchi nomlar, ya'ni evfemizmlar tilda alohida bir tizimni tashkil qiladi. Ularning genderologik farqlanishi ham o'ziga xos. Mazkur lug'atda ana shunday 200 dan ortiq o'zbek nutqi evfemizmlarning gender xoslanishi izohlangan. Lug'at oliy ta'lim tizimi filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar, soha mutaxassislari hamda evfemizmlar bilan qiziquvchilarga mo'ljallangan. Mas'ul muharrir: B.R. Mengliyev, f.f.d. prof Taqrizchilar: A.J.Omonturdiyev, f.f.d. prof. D.N.Yo'ldosheva, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Akademnashr, 2019. - 80 b. ISBN: 978-9943-5927-2-8 Qog'oz bichimi: 60x84 1/16 Adadi: 500 nusxa
  3. Ushbu kitobdan XX asr Andijon adabiy muhitining zabardast vakili, zamonasining peshqadam ulamosi, mohir hattot va tarjimon, yetuk shoir Muhammadxon Ishoq o'g'li Mahjuriyning she'r va g'azallari o'rin olgan. Ulug' salaflar yo'lining davomchisi sifatida Mahjuriy yaratgan ushbu barkamol she'riyat mavzu rang-barangligi, teran mushohadalar, go'zal tashbih va istioralarga boyligi, chuqur va boy mazmunga ega ekanligi bilan ajralib turadi. O'ylaymizki, ilk bora keng omma hukmiga havola etilayotgan ushbu to'plam barcha she'riyat muxlislariga manzur bo'ladi. Tahrir hay'ati: A.S. Yuldashev, D.Quronov, I. Rasulov, B.Rahmonov, H.Karimov, R.R.Shamsutdinov, O'.Ubaydullayev, I.Madg'oziyev To'plab, nashrga tayyorlovchilar: Maqsudxon Muhammadxon o'g'li, Iskandar Madg'oziyev, prof. Dilmurod Quronovning umumiy tahriri ostida Isbn: 978-9943-5652-8-9 Akademnashr, 2019.-304 b. Qog'oz bichimi: 84x108 1/32. Adadi: 500 nusxa.
  4. Hibatu-l-haqoyiq haqida batafsilroq Adib Ahmad Yugnakiyning Hibatu-l-haqoyiq asari Qosimjon Sodiqov transkriptsiyasi, talqini va tahlilida Ushbu kitob qoraxoniylar davri turkiy adabiyotining taniqli namoyandasi, ulug' mashoyix Adib Ahmad Yugnakiyning "Hibatu-l-haqoyiq" asariga bag'ishlangan bo'lib, unda yozma yodgorlikning tekstologik, til va badiiy-uslubiy jihatlari to'g'risida so'z boradi. Shuningdek, asarning ilmiy yig'ma-chog'ishtirma matni, hozirgi o'zbekcha o'girmasi ham keltirilayotir. Kitob manbashunoslar, sharqshunos-turkologlar va ayni sohani o'rganayotgan tolibi ilmlarga mo'ljallangan. Taqrizchilar: Rixsitilla Alimuhammedov, f.f.d. Kamol Shoniyozov, tarix fanlari nomzodi. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Kengashi nashrga tavsiya etgan. Toshkent: Akademnashr, 2019.-186 b. ISBN: 978-9943-5652-0-3Qog'oz bichimi: 70x100 1/16. Adadi: 1500 nusxa
  5. Qissa va hikoyalar Yaxshi asar uzoq vaqtgacha kishini o'z ta'sirida ushlab turadi, uni atrof-olamga, qalbining qorong'i puchmoqlariga sarasob solishga undaydi. Negaki u ilohiy ilhom bilan, qalb og'riqlari natijasi o'laroq yaratilgan bo'ladi. Ushbu kitobdan joy olgan Nodira Sodiqovaning hikoyalari va qissasini ham yaxshi asar namunalari deyish mumkin. Chunki ularda hayot bor, tirik odamlar bor, dard bor, ishq bor, ishonch-e'tiqod bor. Bu asarlarni o'qib, gaplarimiz qanchalik haqligiga o'zingiz ham guvoh bo'lasiz. Adabiyotga befarq bo'lmagan barcha kitobxonlarga mo'ljallangan. ISBN 978-9943-5648-6-2 Qog'oz bichimi: 84х108 1 / 32 .
  6. Buyuk shoir, mutafakkir, muarrix, siyosat va din arbobi Mir Alisher Navoiy o'zbek va fors tillarida ko'pgina bebaho asarlar yaratgan. Ustozi Mavlono Jomiyning muhabbat jomidan bahramand bo'lgan shogird ma'rifiy va irfoniy mafhumlarga turkona libos kiygizdi. Jomiyning "Nafahot ul-uns"ini "Nasoyim ul-muhabbat" qolipida, Attorning "Mantiq ut-tayr" masnaviysini "Lison ut-tayr" tili bilan turkiyzabon adabiyotga olib kirdi. "Nazm ul-javohir" shoirning muhim asarlaridan biri hisoblanadi. U Hazrat Ali 266 hikmatining she'riy talqini bo'lib, axloqiy va tarbiyaviy pandu hikmatlardan iboratdir. Bu hikmatlar insoniy jamiyatning jonsiz qolipiga ruhdek zarur. Qayd qilish joizki, "Nazm ul-javohir" birinchi marotaba fors (tojik) tiliga tarjima qilinib, chop etilyapti. Asar adabiyot va ma'rifat ahli, umuman, haqiqiy she'r va hikmat ixlosmandlariga manzur bo'ladi, degan umiddamiz. Tarjimon: To'xtamish To'xtayev ISBN 978-9943-5650-5-0 Akademnashr, 2019. – 144 b. Adadi: 2000 Qog'oz bichimi: 84х108 1 / 32 .
  7. Ijodkor hayot haqiqatlarini tahlil etish bilan qanoatlanmay, inson atalmish xilqatning ruhiy olamini butun kengliklari bilan anglash, his etishga intiladi. Bu yo'lda o'z qarashlari, hayotiy xulosalarini goh she'rga soladi, gohida nasriy tarzda bayon etadi. Kitob adabiyotga oshno bo'lgan keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan. ISBN 978-9943-5652-2-7 Akademnashr, 2019. - 112 b. Adadi: 500 nusxa Qog'oz bichimi: 84x108 1/32.
  8. "Qizil kitob"ga tobora yo'qolib borayotgan va noyob bo'lib qolgan jonivorlar va o'simliklar kiritilishi hech kimga sir emas. Keyingi paytlarda odamlar o'rtasida ham ezgu hislatlar kamayib borayotgani haqida tez-tez bong urilmoqda. Kitob muallifi Muxtorxon Eshon Umarxo'ja ana shu insoniy xislatlarga alifbo tartibida izoh bergan, odamlarni bir zum o'yga cho'mishga, o'ziga men kimman va nima bilan mashg'ulman, vazifam nima edi, qayoqqa qarab ketyapman deb savol berishga undaydi. O'quvchi yoshlar va o'qituvchilar, ma'naviyat ma'rifat sohasida faoliyat yurituvchilar va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Mas'ul muharrir: Siddiq Mo'min f.f.d, professor Akademnashr, - 2019. 128 bet. ISBN 978-9943-5652-3-4 Adadi: 2000 nusxa
  9. O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti markaziy kengashi raisi general-mayor R.S.Niyazov rahbarligidagi Hay'at tomonidan 2018 yil 28 iyundagi 5 b. 10-sonli qaror bilan nashrga tavsiya etilgan. Vatanparvar tashkiloti kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi O'quv-metodik kengashi tomonidan 2018 yil 26 apreldagi 2.4-sonli qaror bilan ma'qullangan. ISBN 978-9943-5651-9-7 Akademnashr, 2019. - 192 b. Adadi: 8500 nusxa. Qog'oz bichimi: 84x108 1/32.
  10. She'riyatga oshno har dilni ushbu go'zallikka oshufta etguvchi, avvalo ustozlardir. Ustozlar o'z shogirdlarini nazm bog'iga sayr qildira-qildira o'zlari ham bu go'shaning sohir mo'jizalariga mahliyo bo'lgancha beixtiyor kuylay boshlasalar ne ajab. Oliya Ortiqova ham ana shunday qalbi qaynoq pedagoglardan. Ushbu to'plamga uning ko'ngil sarhadlaridan toshib chiqqan, mehr-muhabbatga yo'g'rilgan samimiy satrlari jamlangan. Mutolaa sizga ham cheksiz zavq-shavq ulashishiga ishonchimiz komil. ISBN ISBN 978-9943-5650-7-4 Akademnashr, 2019. – 80 б. Қоғоз бичими: 60х84 1 / 16 . Адади: 1000 нусха. .
  11. ЯШАГИНГ КЕЛАДИ ЯХШИНИ КЎРИБ 2017 йил 13 сентябрдаги “Китоб маҳсулотларини нашр этиш ва тарқатиш тизимини ривожлантириш, китоб мутолааси ва китобхонлик маданиятини ошириш ҳамда тарғиб қилиш бўйича комплекс чора-тадбирлар дастури тўғрисида”ги, 2019 йил 7 июнда қабул қилган “Ўзбекистон Республикаси аҳолисига ахборот-кутубхона хизмати кўрсатишни янада такомиллаштириш тўғрисида”ги Қарорлар ҳамда Президентимиз томонидан илгари сурилган 5 ташаббуснинг амалдаги ижроси бўйича қатор ишлар қилинмоқда. Вазифамиз ёшларимизда китобга меҳр-муҳаббат туйғусини шакллантириш, энг сара адабиётларга қизиқиш уйғотиш, уларда ўқиш, мутолаа маданиятини тарбиялаш, китобхонлик фаолиятини мақсадли ва самарали ташкил этишдан иборат. Ана шундай китоблардан бири – 2011 йилдан буён “Жоним фидо” номи билан нашр қилинган тўплам. Китоб шоира, Ўзбекистон Ёзувчилар ва Журналистлар уюшмаларининг аъзоси Санобар Фахриддинова муаллифлигида, раҳбарлигида, масъуллигида тайёрланиб, нашр этилиб келинмоқда. 1 - томда 300 дан ортиқ ватандошларимиз, турли соҳа фаоллари ҳақида маълумот берилган бўлса, 2 ва 3-томларида 200 дан ортиқ ватандошларимиз ҳақида маълумотлар китобхонлар эътиборига ҳавола қилинди. 2019 йил тўпламнинг 3-томи нашрдан чиқди. Бу гал ҳам 100 дан ортиқ ҳавас қилса арзийдиган, ўрнак олишга ва намума бўлишга қодир фидойиларимиз ҳақида маълумотлар жамлоанган. Тўпламга Барно Султонова муҳаррилик қилган, “Илм-зиё-заковат” нашриётида чоп этилган. Тўпламга киритилган қаҳрамонларимиз ҳақидаги маълумотлар уларнинг инсоний ва касбий фазилатларидан келиб чиқиб гуруҳлаштирилган. 1-боб “Ибн Сино ворислари” деб номланиб, тиббиёт соҳасида кўзга кўринган олимларимиз, профеессор ва академиклар ҳақида сўз юритилади. “Олимлар-оламнинг чироғи” номли қисмида эса, турли соҳада фаолият юритиб келаётган олимларимиз ҳақида фикр берилади. “Иш билганга минг танга” номли қисмида турли соҳада ўз иш услубига, бахт ва омадга эришган тадбиркорлар, ишбилармонлар ҳақидаги маълумотлар тўпланган. “Фидойилар” номли қисмда турли соҳа вакиллари, ўз иш соҳасида элга танилган, ёшларга ўрнак бўла оладиган кишиларимиз ҳақида маълумот берилади. Китобнинг яна бир қизиқарли қисми меҳнат фаолияти, ҳаёти ва ижоди билан Ватанимиз равнақига муносиб ҳисса қўшиб кетган, вафотидан кейин ҳам ҳурматларга, эъзозларга арзийдиган замондошларимиз хотирасига бағишланган материаллар берилган. Бундай тўпламлар ҳам тарихий, ҳам илмий, ҳам маърифий аҳамиятга эга. Улар келгусида илмий-тадқиқот ишлари учун манба, ўтмишни ўрганиш учун асос, мамлакатимиз ижтимоий-сиёсий, маданий, маърифий соҳасини ўрганишнинг, ёшларимизни тўплам қаҳрамонлари ҳаётига, ижодига ҳурмат руҳида тарбиялашнинг, уларда меҳнатсеварлик, инсонпарварлик, ватанпарварлик, яхши орзу-истаклар сари интилиш руҳида тарбиялашнинг асоси бўлиб хизмат қилади. Бердиева Зуҳра Шукуровна, Ўзбекистон ФА Фундаментал кутубхонасининг директори.
  12. Ushbu kitobdan san'at va madaniyat sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan olima, 44 yil davomida O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida talabalarga "Sahna nutqi", "Notiqlik san'ati", "Nutq madaniyati", "Jonli so'z san'ati" kabi predmetlardan bilim bergan mohir pedagog, pedagogika fanlari nomzodi, professor Adiba Nosirovaning ayrim ilmiy va ommabop asarlari, intervyu va hikoyalari joy olgan. Kitob teatrshunoslar, san'atkorlar, notiqlar, ijodiy oliy o'quv yurtlari talabalari va professor o'qituvchilari hamda o'zbek san'ati va madaniyatiga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan. Mas'ul muharrir: Gulchehra Umarova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi ISBN 978-9943-5649-2-3 Qog'oz bichimi: 84x108 1/32. Adadi: 200 nusxa.
  13. ХХ asr boshlarida bir qancha olimlar nashr va matbaa ishlariga katta e'tibor berib, mumtoz namunalarni xalqqa taqdim qilishga intila boshlashdi. Abdurauf Fitrat esa bu nashrlarni shunchaki nashr qilibgina qolmay, ularning nazariy asoslarini, manbalari, matn xususiyatlarini aniqlash maqsadida bir qancha tadqiqotlar yaratdi. Ushbu monografiyada ХХ asr boshlarida endi shakllana boshlagan o'zbek matnshunosligi va manbaashunosligida Fitratning manbaa tanlash, matn ustida ishlash tamoyillari tadqiq etilgan. Monografiyadan matnshunoslik va manbashunoslik, adabiyotshunoslik yo'nalishidagi mutaxassislar, matn va uning nashri, matn manbalarini aniqlash yuzasidan tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar foydalanishlari ko'zda tutilgan.
  14. Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz ham albatta bo‘ladi. Shavkat Mirziyoyev R. Shamsutdinov, X.Mo'minovlar muallifligidagi O'ZBEKISTON TARIXI kitobi sizni tariximizning yorqin sahifalari bilan tanishtiradi.
  15. Mazkur kitobdan ХХ asr Andijon adabiy muhiti vakillaridan bo'lgan shoir, nosir, dramaturg, adabiyotshunos Hoshimjon Razzoqovning tarixiy mavzudagi dramalari o'rin olgan. Dramaturg bu asarlarda o'zbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyandalari - Bobur, Nodira obrazlarini, ular yashagan tarixiy sharoit, ijtimoiy muhitni real voqeliklar asosida yoritgan. Tahrir hay'ati: A.S.Yuldashev, D.Quronov, I. Rasulov, B. Rahmonov, H.Karimov, R.R.Shamsutdinov, O'. Ubaydullayev, I.Madg'oziyev. To'plab, nashrga tayyorlovchi: Dildoraxon Abdullayeva Prof. Dilmurod Quronovning umumiy tahriri ostida ISBN 978-9943-5649-5-4 Akademnashr - 2019, 224 b. Qog'oz bichimi: 84х108 1 / 32 . Adadi: 1000 nusxa
  16. Kitob Lola Jo‘rayeva (Benazir) qalamiga mansub she'rlardan tashkil topgan. She'rlardagi tuyg'ular tasviri, yoniq qalb tug'yonlari o'quvchini befarq qoldirmaydi. Adabiyotga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Taqrizchi: Bahodir Abdurazzoq, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi ISBN: 978-9943-5650-0-5 Akademnashr, 2019. – 80 b. Qog'oz bichimi: 84х108 1 / 32 . Adadi: 500 nusxa
  17. Taniqli shoira Zulfiya Mo‘minovaning «Donishmand toshbaqaning ko‘zoynagi» kitobi bolalar uchun hali hech qayerda aytilmagan ertaklarni o‘z ichiga olgan. Bolalarga xos beg‘uborlik, quvnoqlik va haqgo‘ylik bilan sug‘orilgan ushbu ertaklar murg‘ak qalbda kattalarga hurmat, kichiklarga izzat kabi fazilatlarni shakllantiradi. Ertaklarni o‘qigan bola ko‘z o‘ngida yangi multfilmlar namoyon bo‘ladi. Eng muhimi, bolada ertak qahramonlaridek jasur, bilimdon, mehrli bo‘lish istagi uyg‘onadi. ISBN 978-9943-5649-3-0 Akademnashr, 2019. – 32 b. Qog‘oz bichimi: 60x84 1 / 16 . Adadi: 5 000 nusxa.
  18. Ertaklar yosh avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Ertak bilan birga bola qalbiga ezgu xislatlar, imon-e’tiqod, yaxshilikka havas, yomonlikka nafrat singadi. Sizga taqdim etilayotgan kitobdan yozuvchi Hidoyat Olimova tomonidan yozilgan yangi ertaklar kiritilgan. Yosh kitobxonlar va ota-onalarga mo‘ljallangan ushbu kitob sizga manzur bo‘ladi degan umiddamiz.
  19. «Fundamental dictionary for academic IELTS» lug‘ati ingliz va o‘zbek tillarida bo‘lib, talaffuzi va paradigmatik tuzilishi e’tiborga olingan. Uning asosiy vazifasi ingliz tilining xalqaro akademik so‘z boyligi bilan tanishtirishdir. Lug‘at ingliz tilida so‘zlashuv (speaking), ingliz tilida o‘qish (reading), ingliz tilida eshitish (listening), ingliz tilida yozish (writing)ni o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan maktab, kollej, litsey o‘quvchilari hamda milliy hamda chet el oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan talabalar, magistrlar hamda aspirantlar uchun mo‘ljallangan. Akademnashr, 2019. – 160 b. ISBN 978-9943-5649-4-7 Qog‘oz bichimi: 84x108 1 / 32 . Adadi: 2000 nusxa.
  20. MALLA SAVDOGAR Oʻzbek xalq dostoni Xalq dostonchiligi yana baralla yangramoqda, goʻyo Goʻroʻgʻliyu Avazxonlar el orasida ot surib yurgandek, bepoyon choʻl-biyobonlarni, qir-adirlarni toʻldirib erk uchun, or uchun kurashlarda javlon urayotgandek. Keyingi paytlarda xalq baxshilarining qoʻli qoʻliga tegmay qoldi. Mana bugun qoʻlingizga olgan kitobda Chorshanbi baxshi Rahmatullayev hamda Shoberdi baxshi Boltayev “Malla savdogar” dostonining oʻz variantlari bilan siz aziz oʻquvchini tanishtirishga bel bogʻlashgan. Mardlik, jasorat, muhabbat, sadoqat timsoli boʻlgan xalq qahramonlari bilan diydorlashishga tayyormisiz? Ushbu kitob keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan. Aytuvchilar: Chorshanbi baxshi Rahmatullayev Shoberdi baxshi Boltayev, Oʻzbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov, Oʻzbekiston xalq baxshisi Yozib oluvchilar: Abdoʻmumin Qahhorov, Abduolim Ergashev N a sh r g a t a y yo r l o v ch i l a r : Jabbor Eshonqulov, filologiya fanlari doktori, professor Roʻzimurod Choriyev, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M a s ʼ u l m u h a r r i r : Omonulla Madayev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent T a q r i z ch i : Abdumurod Tilovov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent ISBN 978-9943-5648-4-8 Akademnashr, 2019. – 400 b. Qogʻoz bichimi: 84x108 1 / 32 . Adadi: 1000 nusxa.
  21. OLTIN QOBOQ Oʻzbek xalq dostoni Baxshining doʻmbirasi yangrasa, butun atrof-tevarak sehrlangandek boʻladi, baxshining oʻzi esa sel boʻlib oqadi, bu seliga tinglovchini-da qoʻshib oqizib ketadi. Agar bu holat sizga notanish boʻlsa, yaxshisi, uni his etish uchun xuddi shu jarayonga tushib koʻring, oʻzingizni yangi olamda koʻra boshlaysiz. Bu – soʻz sehri, kuy sehri, ohang sehri, oxir-oqibat inson qalbiyu ruhiyatining chegara bilmas sezgilari moʻjizasi. Bu safar sizni ushbu moʻjizakor olamga “Oltin qoboq” dostoni bilan xalq baxshisi Abdunazar Poyonov boshlab boradi. Ishonamizki, mazkur kitob sizni bitmas-tuganmas xazinalar oroliga chorlaydi. Kitob keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan. Aytuvchi: Oʻzbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov N a sh r g a t a y yo r l o v ch i l a r : Jabbor Eshonqulov, filologiya fanlari doktori, professor Roʻzimurod Choriyev, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M a s ʼ u l m u h a r r i r : Omonulla Madayev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent T a q r i z ch i : Abdumurod Tilovov, filologiya fanlari nomzodi, Т а қ р и з ч и : Абдумурод Тиловов, филология фанлари номзоди, доцент Akademnashr, 2019. – 464 б. ISBN 978-9943-5648-2-4 Qog'oz bichimi: 84х108 1 / 32 . Adadi: 1000 нусха
  22. Ushbu kitobda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida faoliyat yuritgan va hozirda faoliyat yuritayotgan baxshilar ijodidan namunalar keltirilgan, ularning hayot yoʻliga qisqacha toʻxtalib oʻtilgan. Qolaversa, doʻmbira yasovchi ustalar haqida ham maʼlumotlar keltirilgan. Kitob uzoq yillik mashaqqatli mehnat samarasi boʻlib, toʻplovchi deyarli har bir baxshi bilan uchrashgan, ulardan termalar va dostonlardan parchalarni yozib olgan. Bu ijod namunalarining audioyozuvlari ham ilova qilingani kitobning qadrini yanada oshiradi. Kitob baxshilar maktabi oʻquvchilari, joylardagi madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi taʼlim muassasalarining folklor ijrochiligi boʻlimlari talaba va oʻquvchilari, shuningdek, xalq ogʻzaki badiiy ijodiga qiziqqan keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan. Toʻplab, nashrga tayyorlovchi: Oʻktam HAKIMOV Masʼul muharrir: Orziqul ERGASH Taqrizchi: Jabbor ESHONQULOV, filologiya fanlari doktori Akademnashr, 2019. – 208 b. ISBN: 978-9943-5648-5-5 Qogʻoz bichimi: 84x108 1 / 32 . Adadi: 1000 nusxa.
  23. ALPOMISH O'zbek xalq dostoni «Alpomish» dostonining ko‘plab variantlari mavjud. Bu variantlarning bir qismi chop etilib, xalqimizga taqdim etildi. Ular orasida Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Po‘lkan shoir, Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li kabi baxshi-shoirlarimizning dostonlari alohida ajralib turadi. Bu dostonlar allaqachon kitobxonlarning eng sevimli kitobiga aylanib ulgurdi. Mazkur jilddan Janubiy O‘zbekiston dostonchilik maktabining yirik vakillari – Umir Safar hamda Mardonaqul Avliyoqul o‘g‘lining «Alpomish» dostoni variantlari joy olgan. Har ikkala variant ham syujet va motivlarning rang-barangligi, musiqiyligi, ohangdorligi hamda qiziqarli voqealarga boyligi bilan siz aziz o‘quvchilarni bee’tibor qoldirmaydi degan umiddamiz. Aytuvchilar: Umir baxshi Safarov, Mardonaqul Avliyoqul o‘g‘li Yozib oluvchilar: Oxunjon Sobirov, Qosimxon Muhammedov Nashrga tayyorlovchilar: To‘ra Mirzayev, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, filologiya fanlari doktori, professor, Jabbor Eshonqulov, filologiya fanlari doktori, professor, Ro‘zimurod Choriyev, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent So‘zboshi va izohlar muallifi: Jabbor Eshonqulov, filologiya fanlari doktori, professor ISBN 978-9943-5648-3-1 Akademnashr, 2019. – 400 b. Qog‘oz bichimi: 84x108 1 / 32 . Adadi: 1000 nusxa.
  24. Ushbu kitob oʻtgan asrning atoqli shoirlaridan biri Amonulloxon Boqir qalamiga mansub sheʼrlardan tashkil topgan. Shoir aruzda ham, barmoqda ham eng talabchan adabiyot muxlislari didiga ham mos keladigan ajoyib nazm namunalarini yaratgan, har bir satrining pishiq-puxta va chuqur mazmunga ega boʻlishi uchun harakat qilgan. Kitob adabiyotga oshno keng oʻquvchilar ommasiga moʻljallangan. Akademnashr, 2019.– 240 b. Tahrir hayʼati: A.S.Yuldashev, D.Quronov, I.Rasulov, B.Rahmonov, H.Karimov, R.R.Shamsutdinov, Oʻ.Ubaydullayev, I.Madgʻoziyev Toʻplab, nashrga tayyorlovchi: Iskandar MADGʻOZIYEV prof. Dilmurod QURONOVning umumiy tahriri ostida ISBN: 978-9943-5457-0-0 Qog'oz bichimi: 84/108 1/32
  25. Kitobda inson hayotidagi murakkab va mas'uliyatli jarayon - farzand tarbiyasida ota-onalarga ko'makchi bo'la oladigan amaliy maslahatlar jamlangan. Ota-ona va farzand o'rtasidagi munosabatlar tahlil qilingan, tarbiya jarayonidagi nozik masalalar atroflicha yoritilgan. Kitob ruhshunoslar, pedagoglar va keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan. Hajmi: 96 bet, bichimi: 84х108 1/32, adadi: 5000 dona
×
×
  • Создать...