Перейти к содержимому
Поиск в
  • Дополнительно...
... bo‘yicha natijalarni qidirish
Natijalarni qidirish

Akademnashr

Ma'muriyat
  • Xabarlari

    29
  • A‘zo bo‘lgan sana

  • Tashrif buyurgan vaqti

Profilga tashrif buyurganlar

1,917 tashrif bo‘lgan
  1. Muhabbat Safoyevaning sheʼrlari xayol pardasiga iqror ila chizilayotgan buyuk asar – muhabbatni yodga soladi. Satrlardagi ohang yangicha tashbehlar bilan goʼzal uygʼunlik hosil qiladi. Sheʼrlar ruhidagi sogʼinch va dard zalvori oqibatida qalbda ajib kechinmalar tugʼyoni boshlanadi. Chunki shoira qogʼozga koʼnglini siyoh kabi toʼkadi. Mutolaa davomida Siz ham oʼsha yoniq tuygʼularga duch kelasiz. Ushbu toʼplam sheʼriyatga oshno barcha kitobxonlarga manzur boʼladi degan umiddamiz. ISBN 978-9943-5928-1-0 Akademnashr, 2019. – 128 b. Qog'oz bichimi: 70х84 1/32. Adadi: 500 nusxa.
  2. Ushbu kitob Xorazm xonlarining taxtga kelishi va ketishi, ular hukmronlik qilgan yillardagi voqealar, ular qoldirgan meros haqida bo'lib, Xorazm tarixining XVI-asrdan XX-asr boshigacha bo'lgan davrini o'z ichiga oladi. Shuningdek, Pahlavon Mahmud maqbarasidagi epigrafik ma'lumotlarga keng o'rin ajratilgan. Kitob tarixchilar, oliy o'quv yurtlari talabalari va Xorazm tarixi bilan qiziqqan barcha o'quvchilar uchun mo'ljallangan. Mas'ul muharrir: Abdulla Ahmedov, dotsent, sharqshunos Muharrir: Karimov E.E, tarix fanlari doktori Taqrizchilar: Abdullayev M,S - san'atshunoslik fanlari doktori Ph.D, Abdurasulov A, - tarix fanlari nomzodi. Xorazm Ma'mun akademiyasi Ilmiy kengashining 28.06.2019 yil 7-sonli bayonnomasi bilan nashrga tavsiya qilingan. ISBN: 978-9943-5927-7-3 Akademnashr, 2019.-224 bet. Qog'oz bichimi: 60x84 1/8. Adadi: 1500 nusxa
  3. Ushbu kitob Malika Mirzo qizi qalamiga mansub eng sara sheʼrlardan tashkil topgan. Satrlar qatiga yashiringan sehr, nozik tuygʼular ifodasi oʼquvchini oʼziga rom qilib, koʼnglini yangi hislarga chulgʼaydi. Zamondosh ijodkorlarning shoira haqidagi fikrlari ham uning ichki olamini ochib berishga xizmat qiladi. Kitob shoira ijodiga befarq boʼlmagan kitobxonlar ommasiga manzur boʼladi degan umiddamiz. ISBN 978-9943-5652-4-1 Akademnashr, 2019. – 128 b. Adadi: 1000 nusxa. Qog'oz bichimi: 84х108 1 / 32 .
  4. Haynrix Haynening nomi jahon adabiyotining Dante, Shiller, Gyote, Pushkin, Lorka kabi buyuk shoirlari qatorida tilga olinadi. Uning jahon adabiyotiga qoʼshgan hissasi beqiyosdir. Birgina «Olmoniya. Qish dostoni» asari jahon satirasining choʼqqisi hisoblanadi. Hayneni dunyoga tanitgan «Qoʼshiqlar kitobi» toʼplamiga kirgan lirik sheʼrlarini bugungi kitobxon ham sevib oʼqimoqda. Uning sheʼriyati, ayniqsa, lirikasi goʼzal. Shoirning «Loreleya», «Ein Fichtenbaum» kabi sheʼr va qoʼshiqlari mashhur boʼlib ketgan. Haynrix Hayne tarjimonlarimizning xizmatlari tufayli oʼzbek kitobxonining ham sevimli shoiri boʼlib qoldi. SBN 978-9943-5928-3-4 Akademnashr, 2019. – 96 b. Olmon tilidan Аʼzam Ismoil tarjimasi Qog'oz bichimi: 84х108 1 / 32 . Adadi: 1000 nusxa
  5. Taniqli ijodkor, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Zuhra Аlieva qalamiga mansub mazkur toʼplamdagi qissa va hikoyalarda sof insoniy tuygʼular, yaxshilik va ezgulik, saxovat va doʼstlik kabi fazilatlar qalamga olingan. ISBN 978-9943-5928-2-7 Akademnashr, 2019. – 128 b. Qog'oz bichimi: 84х108 1 / 32 . Adadi: 1000 nusxa.
  6. Mazkur toʼplam isteʼdodli ijodkor Gulasal Husanova qalamiga mansub sheʼrlardan iborat. Kitobdan shoiraning Ona Vatan, ota-ona, yor-doʼst, insonlar oʼrtasidagi mehr-oqibat haqidagi sheʼrlari oʼrin olgan. Kitob sheʼriyat muxlislarini befarq qoldirmaydi degan umiddamiz. Akademnashr, 2019. - 64 b. ISBN 978-9943-5652-5-8 Qog'oz bichimi: 84х108 1 / 32 . Adadi: 500 nusxa
  7. Ushbu toʼplamda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida terrorchilar bilan qonli toʼqnashuvlarda, shuningdek, harbiy xizmatni ado etish chogʼida el-yurt osoyishtaligi uchun jon fido qilgan fargʼonalik mard oʼgʼlonlar haqida hikoya qiluvchi badiiy-publitsistik maqolalar jamlangan. Jasur vatandoshlarimizning yorqin xotirasiga bagʼishlangan mazkur majmua kitob javoningizdan munosib oʼrin egallashi va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi shubhasiz. Nashrga tayyorlovchilar: Gulchehra Аsronova, Dilshoda Ergasheva ISBN 978-9943-5929-1-9 Akademnashr, 2019. – 128 b. Qog'oz bichimi: 84х108 1 / 32 . Аdadi: 1000 nusxa.
  8. Mazkur albom-kitob O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-30-noyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomidagi topshiriqlari hamda 30-noyabrdagi Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi yig'ilishi; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2018-yil 5-dekabrdagi 22531-хх bayonnomasi va 2019-yil 5-yanvardagi O'zbekiston tarixini o'rganish ishlarini samarali tashkil etishga qaratilgan 222-хх xatining 43-bandi; Xorazm Ma'mun akademiyasining 2019-yil 31-yanvardagi 10-sonli yig'ilishi bayonnomasi; O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti Ilmiy Kengashining 2019-yil 25-martdagi yig'ilishi bayonnomasiga asosan nashrga tavsiya etildi. Mas'ul muharrirlar: A.Ashirov, tarix fanlari doktori A.Abdurasulov, tarix fanlari nomzodi Taqrizchilar: N.Allayeva, tarix fanlari doktori K.Xudoyberganov, tarix fanlari nomzodi ISBN 978-9943-5927-0-4 Qog'oz bichimi: 70х100 1 / 8 . Adadi: 500 nusxa.
  9. (Традиции и изменения. XVI – начало XX века) В данной книге-альбоме на основе рукописных произведений, архивных материалов, воспоминаний послов и путешественников, сведений из редких источников впервые в комплексе освещена история города XVI – начала XX века. Раскрыты роль Хивы и ее место в политических и социально-экономических процессах, происходивших в ханстве в рассматриваемый период. Охарактеризованы трансформационные процессы в структуре и архитектурном облике города на примере возведения городских стен, махаллей, улиц, являющихся его неотъемлемой и важной составляющей частью. Освещены новые материалы, касающиеся системы административного управления в Хивинском ханстве, деятельности горожан, связанной с ремеслом, торговлей и сельским хозяйством, а также в сфере культуры. Для туристов, историков, студентов и широкого круга читателей, проявляющих интерес к истории и культуре нашего края. Отв е тс тв е н н ые ре дакто ры: А.Аширов, доктор исторических наук, профессор А. Абдурасулов, кандидат исторических наук Р е ц е н зе н ты: Н.Аллаева, доктор исторических наук К.Худайберганов, кандидат исторических наук ISBN 978-9943-5927-1-1 Формат: 70х100 1 / 16 . Тираж: 500 шт.
  10. Ushbu kitob-albomda qoʼlyozma asarlar, arxiv maʼlumotlari, elchi va sayyohlarning esdalik va xotiralari, nodir manbalar maʼlumotlari asosida Xiva shahrining XVI asr – XX asr boshlaridagi tarixi ilk bora kompleks yoritilgan. Xivaning xonlik davrida kechgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda tutgan oʼrni ochib berilgan. Shahar strukturasi va uning meʼmoriy qiyofasida yuz bergan transformatsion jarayonlar, xususan, uning ajralmas komponentlari hisoblangan shahar devorlari, mahallalari, koʼchalari tavsiflangan. Xiva xonligi maʼmuriy boshqaruv tizimi xususiyatlariga oid yangi maʼlumotlar, shaharliklarning hunarmandchilik, savdo va dehqonchilik bilan bogʼliq faoliyati, madaniy hayoti yoritib berilgan. Kitob-albom sayyohlar, oliy oʼquv yurti talabalari, gid-yoʼlboshlovchilar va yurtimiz tarixi bilan qiziquvchi keng oʼquvchilar ommasiga moʼljallangan. Mas'ul muharrirlar: A.Ashirov, tarix fanlari doktori A.Abdurasulov, tarix fanlari nomzodi Taqrizchilar: N.Allayeva, tarix fanlari doktori K.Xudoyberganov, tarix fanlari nomzodi ISBN 978-9943-5652-9-6 Qog'oz bichimi: 70х100 1 / 16 . Adadi: 500 nusxa.
  11. Jonkuyar pedagog, tinib-tinchimas ijodkor Umida Xushvaqtova uzoq yillardan beri ta'lim-tarbiya sohasida faoliyat yuritib, o'ziga xos maktab yaratgan. O'zining hayotiy kuzatishlari, ish faoliyati davomida to'plagan tajribalarini tarixiy va pedagogik adabiyotlardan olingan ma'lumotlar bilan boyitgan holda zamonamiz qizlari uchun dasturilamal bo'lishga arzigulik ajoyib bir kitob yozgan. Kitobni o'qir ekansiz, avvalo ustoz pedagog nazarini, qolaversa, ona mehrini, do'st sadoqatini his etasiz, beixtiyor o'zingizni toshoynada bor bo'y-bastingiz bilan ko'rib turgandek bo'lasiz. Kitob ma'naviyat-ma'rifat sohasida faoliyat yurituvchi kadrlar, talaba-yoshlar va keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan. Mas'ul muharrir: Mahkamov Ulfat Ilhamovich, pedagogika fanlari doktori, professor Taqrizchilar: Haydarbek Nazirbekovich Bobobekov, tarix fanlari doktori, professor, Shahnoza Abdullayeva, pedagogika fanlari doktori, professor. Qog'oz bichimi: 84x108 1/32 Adadi: 1000 nusxa
  12. O‘YNAB O‘RGANAMIZ (O‘zbek va rus tillarida) Mualliflar farzandlarimizning aqlli, irodali bo‘lib ulg‘ayishlariga ko‘maklashish maqsadida bolalar ruhiyati, kichkintoylarning qiziqish va imkoniyatlarini yaxshi biladigan mutaxassislar bilan hamkorlikda o‘ziga xos kitob yaratishga harakat qilishgan. Unda jamlangan har bir tavsiya va o‘yin ko‘rinishidagi har bir topshiriq ilmiy jihatdan asoslangan bo‘lib, yosh ota-ona va tarbiyachilar uchun muhim qo‘llanma bo‘lishi shubhasiz. 84 bet, bichimi: 60х84 1/8, adadi: 2000 dona. Muqovasi yumshoq, matni ofset qog‘ozida.
×
×
  • Создать...