Tasnif
«Oʻzbekcha-xitoycha lugʻat» 8000 dan ortiq soʻzni qamrab olgan.
Lugʻat bir qator ijtimoiy vazifalarni bajaradi:
- xitoy tilini oʻrganuvchilarga muayyan ijtimoiy voqelik – til haqida maʼlumot beradi;
- ularni oʻzbek va xitoy tilidagi soʻzlar bilan tizimli tanishtiradi;
- xitoy tilini oʻzlashtirish darajasini oʻstirish, lugʻat boyligini oshirish va tartibga solishga yordam beradi;
- shuningdek, oʻzbek tilini oʻrganmoqchi boʻlgan xitoyliklar uchun ham katta ahamiyatga ega.
Ushbu lugʻatning asosiy maqsadi til birligi hisoblangan soʻzning xitoy tilidagi muqobil tarjimalarini, maʼno qatlamlarini, turli lisoniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
Mualliflar: Ilhom Qosimov, Ma Syuemey
Xitoy tili matni muharriri: Vang Jyunsin
Muqova: yumshoq
Hajmi: 400 bet
«Oʻzbekcha-xitoycha lugʻat» xitoy tili oʻqituvchilari, til bilish darajasi turlicha boʻlgan oʻrganuvchilar, xitoy tili tarjimonlari, ish faoliyati Xitoy bilan bogʻliq boʻlgan ishbilarmonlar hamda xitoy tiliga qiziquvchilar, shuningdek, oʻzbek tilini oʻrganish ishtiyoqida boʻlgan xitoyliklar uchun moʻljallangan. Lugʻat oʻzbek tilining bugungi kundagi faol qatlamini toʻliq qamrab olgan.