Tasnif
«Navoiy asarlari lug‘ati» deyilganda ko‘pchilikning ko‘z o‘ngiga avvalo Porso Shamsiyev boshchiligida tuzigan o‘sha mashhur yashil lug‘at keladi. Keyingi lug‘atlar mukammalroq, qulayroq bo‘lishi ham mumkin, ammo o‘sha lug‘atchalik suyukli bo‘lolmadi. Xullas, biz o‘sha siz sevgan lug‘atni qayta nashr qildik. Ha, «bu – o‘sha».
Lug‘at Alisher Navoiy asarlarining davriy nashrlardan hamda uning ilmiy va badiiy qo‘lyozma asarlaridan foydalangan holda leksikografiya, tilshunoslik qoidalari va tarixiy-filologik tahlil asosida tuzilgan.
🔸 lug‘atda XV asr o‘zbek adabiy tili normalari aks ettirilgan;
🔹 Navoiy ijodida keng istifoda etib kelingan so‘z va iboralarning asl va majoziy ma’nolari izchil yoritib berilgan;
🔸 qadimgi turkiy qo‘lyozmalarni, arabiy va forsiy manbalarni o‘qish uchun foydalanish mumkin;
🔹 o‘ziga xos lug‘atchilik qoidalari asosida tuzilgan;
Tuzuvchilar: Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibrohimov
Qayta nashrga tayyorlovchi: Sayfiddin Rafiddinov
Mas’ul muharrir: Saidmurod Xolbekov
Muqova: qattiq
Hajmi: 656 b.
Narxi: 85 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo