Availability: Sotuvda mavjud

Alisher Navoiy: Xamsa

Kategoriya:

Tasnif

ALISHER NAVOIY “XAMSA” (MAʼNOLARINING NAZMIY BAYONI)

“Xamsa” – adabiyotimiz gultoji. So‘z sanʼatining ushbu bebaho namunasi asrlarki muxlislarni hayratga solib keldi. Lekin vaqt va boshqa taʼsirlar o‘zgartirgan tilimiz, tafakkurimiz hamda ruhiyatimiz bizni bu durdonadan bir qadar ajratib qo‘ydi. Ushbu dardga davo istab qilingan harakatlardan biri “Xamsa” mazmunini zamonaviy o‘zbek tilida nazmiy bayon qilish bo‘ldi. Bu mashaqqatli va sharafli vazifani muhtaram shoir va mutarjimimiz Abduhamid Pardayev o‘z zimmasiga oldi. Kitobdan adabiyot, tilshunoslik, tarix, falsafa fanlari muxlis va mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, talabalar, o‘quvchi yoshlar foydalanishlari mumkin.

Kalom gavhariga ming shonu sharaf,
Gavhar ham bo‘lolmas so‘z uchun sadaf.

To‘rtta javohirning go‘zal mavji so‘z,
Yetti sayyoraning baland avji so‘z.

Abduhamid Pardayev tabdili

Masʼul muharrir: Vahob Rahmonov

Bichimi: 60*84 1/8 (A4)
Hajmi: 840 bet
Narxi: 210 000 so‘m.
Xarid: t.me/akademsavdo