Перейти к содержимому
Поиск в
  • Дополнительно...
... bo‘yicha natijalarni qidirish
Natijalarni qidirish

  • Mahfuza

    Olamlar sohibi

    Mahfuza'>https://akademnashr.uz/news/books/,

    Muallif: Iliya Troyanov
    Asar britaniyalik Richard Frensis Byortonning (1821 – 1890) hayoti va ijodidan ilhomlanib yozilgan. Roman voqealari uning biografiyasi izidan yoshlik yillari tafsilotlarigacha qamrab olsa-da, baʼzan aniq faktlardan butunlay uzoqlashib ketadi. Byortonning ayrim fikr va mulohazalari matnga kiritilgan boʻlishiga qaramay, roman qahramonlari va voqealari muallif ijodi mahsuli hisoblanadi va ularga biografik nuqtai nazardan baho berilmasligi joiz. Har bir inson – jumboq, bu, ayniqsa, umringda uchratmagan odam haqida aytilganda mutlaq toʻgʻri boʻladi. Mazkur romanning maqsadi sirni oshkor qilish emas, uni shaxsiy nuqtai nazardan talqin qilishdir.
    Muallif haqida:
    1965 yilda Bolgariyaning Sofiya shahrida tavallud topgan, bolaligida ota-onasi bilan Germaniyaga koʻchib borgan, uzoq muddat Afrika va Hindistonda yashagan. Bertelsman nomidagi adabiyot mukofoti, Berlin adabiyot mukofoti, Genrix Bell nomidagi mukofot kabi koʻplab adabiy mukofotlar sohibi.
    Nemis tilidan GULNOZA NABIYEVA tarjimasi.
    Gyote instituti bilan hamkorlikda chop etildi.
    448 bet, bichimi: 84x108 1/32, adadi: 1000 dona. Qattiq muqova.
    ISBN 978-9943-5227-1-8

    Mahfuza

    Ayol baxti

    Mahfuza'>https://akademnashr.uz/news/books/,

    Muallif: Shahnoza To'raxo'jayeva
    Kitob muallifning shaxsiy tajribalariga tayanib yozilgan. Undan baxtli oila qurish “retsepti”ni qidirmang, muallif bunday katta vaʼdani berolmaydi. U hayotda oʻzi toʻqnash kelgan savollarga javob izlagan. Kitobdagi taqdirlar, voqealar real insonlar hayotidan olingan. Ammo bu bir insonning subyektiv qarashlari jamlanmasi ekan-da degan xulosaga kelishga shoshilmang. Barcha holatlar, muammolar koʻpni koʻrgan insonlar va malakali ruhshunos, shifokor-mutaxassislar tavsiyalari asosida tahlil qilinadi.
    288 bet, bichimi: 84x108 1/32, adadi: 2000 dona.
    ISBN 978-9943-5224-6-0

    Mahfuza

    Ona haqida qo'shiq

    Mahfuza'>https://akademnashr.uz/news/books/,

    Muallif: Enaxon Siddiqova
    MЕHRDAN GULCHAMBAR
    Onalarning mehri Yer mehvarining oʻqiga oʻxshaydi: tiriklik uning mehru muhabbati, goʻzal xislatlari, lutfu karami atrofida aylanadi. Onalarning armon toʻla hayoti, shodlik-iztiroblari, farzandiga jon nisor qilganlari haqida koʻp va xoʻp asarlar bitilgan. Ularni oʻqisangiz, oʻz onangiz siymosini koʻrganday, mehriboningizning issiq nafasini sezganday boʻlasiz.
    Nozik yelkalarida bu dunyoning togʻday zal­vorli yuklarini koʻtargan barcha onalar bunchalar bir-biriga oʻxshash, biri-biridan matonatli. Ogʻir zahmatlar chohidan omon oʻtib, chiroyi oyday balqib yashashga kuch topgan, oʻtda yonmas, suvda choʻkmas onalarning timsolini yaratibdi Enaxon shoiram. Uning qalami charxlanib, soʻzlari yaraqlab musavvirday Onaning muhtasham, muazzam portretini chizibdi. Asar davomida soʻzlar ­daryo­day poʻrtana otib mavjlanib, shodlik va iztirob alangalari lovullab yuragingizni isitadi. Ona bosib oʻtgan mashaqqat va tiriklik baxti toʻla yoʻllarga hurmatingiz oshadi. Ana shunday matonatli, mehnatkash, iffatli, pokdoman AYOLLAR bor ekan, jamiyatning maʼnaviy-axloqiy qatlamlari mustahkamlanaveradi, jamiyatning havosi musaffo boʻladi. Doston bir nafasda, bir zarb bilan yozilgan, ichki ohanglari jarangdor, jozibali, insoniy samimiy tuygʻular iforiga qorilgan. Voqealari hayotiy: oʻrtantiradi, oʻylantiradi.
    Shodlik buloqlari koʻzini ochib, Inson oʻz taqdirini oʻzi yaratadi. Oʻzini, oʻzligini topadi va oftobday dunyoga yogʻdu sochib yashab oʻtadi. Ana shuning uchun ham u mukarram, u moʻtabar. Enaxon dostonida kuylagan Ona va uning atrofidagi odamlar shunday mehrparvar, hayotsevar. Ularning hayotidan yaxshigina ibrat olasiz.
    Yangi asar quvonchi muborak boʻlsin, Enaxon!
    Oydin HOJIYEVA,
    Oʻzbekiston xalq shoiri
     
    128 бет, бичими: 60х84 1/32, адади: 2000 дона, қаттиқ муқовада, матни офсет қоғозида.
    ISBN 978-9943-5224-8-0

    Mahfuza

    Sumalakxo'r samolyot

    Mahfuza'>https://akademnashr.uz/news/books/,

    Muallif: Muazzam Ibrohimova
    Kitobdan muallifning bolalar uchun yozilgan bir-biridan qiziq ertaklari, she’rlari o‘rin olgan. Muallif hayot haqiqatlarini, odamlar o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni bolalar uchun qiziq qilib, sodda va ravon tilda ochib beradi. Ota-onalar, maktabgacha ta’lim mussasalari xodimlari, maktab o‘quvchilari va keng kitobxon ommasi uchun mo‘ljallangan.
    Hajmi: 160 bet, bichimi: 60х90 1/16; adadi: 3000 дона. Sahifalari rangli, silliq qog‘ozda. 
    ISBN 978-9943-5225-2-7
    Buyurtma asosida nashr etilgan. 

    Mahfuza

    Ko'ngildan so'z

    Mahfuza'>https://akademnashr.uz/news/books/,

    Muallif: Sitora Shamsiddin
    Kitobga isteʼdodli shoira Sitora Shamsiddin qalamiga mansub sara sheʼrlar toʻplangan. Shoiraning ushbu moʻjaz toʻplami yangi soʻz, ohorli tashbehlar va toza tuygʻular tarannumiga oshufta qalblar uchun kattagina sovgʻa boʻla olishiga ishongimiz keladi. Kitobchada ohangga solingan asriy haqiqatlar, nazmga oʻralgan jurʼat va isyonlar bilan yuzlashadi oʻquvchi. Mutolaa ortidan oʻzini poklanganroq, ezguroq qiyofada qayta tanishga tomon yoʻnaladi.

    Mahfuza

    Tanlangan asarlar - II jild

    Mahfuza'>https://akademnashr.uz/news/books/,

    Muallif: Mahmudxo'ja Behbudiy
    XX asrdagi milliy uygʻonish davri adabiyotining buyuk namoyandasi, millat xodimi Mahmudxoʻja Behbudiy “Tanlangan asarlar”ining ushbu ikkinchi jildiga adabiy-tanqidiy va publitsistik maqolalari, safar xotiralari, xatlari, shuningdek, zamondoshlarining oʻzbek va rus tillaridagi esdalik va bagʻishlovlari kiritildi.
    Ushbu nashr XX asrdagi milliy uygʻonish davri tarixi va adabiyoti bilan qiziquvchi mutaxassislar hamda keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.
    Soʻzboshi muallifi, toʻplab, izohlar va lugʻat bilan nashrga tayyorlovchi: Sirojiddin Ahmad, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi
     
    Tahrir hayʼati: Naim Karimov, Saidbek Hasanov, Sanjar Nazarov,
    Sirojiddin Ahmad, Bahodir Karimov, Zaynobidin Abdirashidov
    Masʼul muharrir: Bahodir Karimov, filologiya fanlari doktori
     
     

    Mahfuza

    Tanlangan asarlar - I jild

    Mahfuza'>https://akademnashr.uz/news/books/,

    Muallif: Mahmudxo'ja Behbudiy
    XX asrdagi milliy uygʻonish davri adabiyotining buyuk namoyandasi, millat xodimi Mahmudxoʻja Behbudiy “Tanlangan asarlar”ining ushbu birinchi jildiga adib badiiy ijodi namunalari, 1903 – 1918 yillarda eʼlon qilingan ijtimoiy-siyosiy maqolalari, nutqlari kiritildi.
    Adib taklif etgan siyosiy loyihalar, uning mahalliy va “Ulfat”, “Tarjimon”, “Shoʻro” kabi xorijiy nashrlarda bosilgan maqolalari, ayrim arxiv materiallari ilk bor eʼlon qilinmoqda.
    Ushbu toʻplam XX asr ijtimoiy-siyosiy va adabiy tafakkurining shakllanishi, milliy uygʻonish davri bilan qiziquvchi mutaxassis hamda keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.
    Soʻzboshi muallifi, toʻplab, izohlar va lugʻat bilan nashrga tayyorlovchi: Sirojiddin Ahmad, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi
    Tahrir hayʼati: Naim Karimov, Sanjar Nazarov,
    Sirojiddin Ahmad, Bahodir Karimov, Zaynobidin Abdirashidov
    Masʼul muharrir: Bahodir Karimov, filologiya fanlari doktori
     
     

    Akademnashr

    O‘ynab o‘rganamiz

    Akademnashr'>https://akademnashr.uz/news/books/,

    Muallif: Nigora Solihova, Gulchehra Norboyeva
    O‘YNAB O‘RGANAMIZ
    (O‘zbek va rus tillarida)
     
    Mualliflar farzandlarimizning aqlli, irodali bo‘lib ulg‘ayishlariga ko‘maklashish maqsadida bolalar ruhiyati, kichkintoylarning qiziqish va imkoniyatlarini yaxshi biladigan mutaxassislar bilan hamkorlikda o‘ziga xos kitob yaratishga harakat qilishgan. Unda jamlangan har bir tavsiya va o‘yin ko‘rinishidagi har bir topshiriq ilmiy jihatdan asoslangan bo‘lib, yosh ota-ona va tarbiyachilar uchun muhim qo‘llanma bo‘lishi shubhasiz.
     
    84 bet, bichimi: 60х84 1/8, adadi: 2000 dona. Muqovasi yumshoq, matni ofset qog‘ozida.

    Akademnashr

    Kitob bayrami

    Akademnashr'>https://akademnashr.uz/news/articles/,

    “AKADEMNASHR” nashriyotining kitob bayramidagi ishtiroki
    O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan qator vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hamda Toshkent shahrida “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish – buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostida respublika "Kitob bayrami" o‘tkazildi. 
     

     
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori yurtimiz madaniy hayotida katta voqea bo‘ldi. Matbuot, noshirlik va axborot sohasining mustahkam huquqiy asosini yaratish maqsadida qator qonun va qonunosti hujjati qabul qilindi. 
     

     
    Hozir yurtimizda 1 677 ta matbaa korxonasi, 118 ta nashriyot davlat ro‘yxatiga olingan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazi, tuman markazlari va shaharlardagi ta’lim muassasalarida 200 ga yaqin axborot-resurs markazi tomonidan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari hamda “Kitob olami”, “Sharq ziyokori” va “O‘zdavkitobsavdota’minoti” majmualari tomonidan kitob savdosi xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. 
    Mazkur qarorda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, kitobning jamiyatimiz ma’naviy-ma’rifiy hayotidagi o‘rnini yanada oshirish, buyuk ajdodlarimizning yorqin xotirasini, zamonamiz qahramonlari timsolini haqqoniy va xalqchil aks ettiruvchi adabiyotlar salmog‘ini oshirishda adib va noshirlarni qo‘llab-quvvatlash, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida respublika “Kitob bayrami” tashkil etildi. Ushbu bayramda “Akademnashr” nashriyoti ham ishtirok etib, kitobxonlarga nashriyotda chop qilingan “Jajji akademik” jurnali, ertak va bolajonlarning mantiqiy tafakkurini rivojlantiruvchi kitoblarni, bir qator badiiy, ilmiy adabiyot, qo’llanma va lug’atlarni taqdim etdi. 
     

     
    2018 yil 25-28 aprel kunlari Ostona shahrida 150 dan ziyod noshirlar qatnashgan “III Yevroosiyo xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasi”da 29 kishidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. Ko‘rgazma-yarmarkada O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan nashriyot-matbaa ijodiy uylari jami 16 ta turli darajadagi diplomlar bilan taqdirlandi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston milliy paviloni eng yaxshi ekspozitsiya, deb topildi. Bu yutuqlar zamirida yurtimizda kitobxonlikka berilayotgan yuksak e’tibor yotibdi.
      Poytaxtimizda o‘tkazilgan respublika “Kitob bayrami”ga aynan markaziy – Sayilgoh ko‘chasi tanlanishida ham katta ma’no bor. Mazkur ko‘chani yoshlar ma’naviyatdan dars oladigan, kitobga ehtirom ko‘rsatiladigan ma’naviyat go‘shasiga aylantirishni maqsad qilingan. 
     

     
    Ikki kun davom etgan tadbir doirasida tashkil etilgan kitob va kitob mahsulotlari ko’rgazmasida mualliflar o‘z asarlari haqida keng kitobxonlar ommasiga hikoya qilib berdi. 

×
×
  • Создать...