Перейти к содержимому
Поиск в
  • Дополнительно...
... bo‘yicha natijalarni qidirish
Natijalarni qidirish
  • Ona haqida qo'shiq


    Mahfuza
    • Muallif: Enaxon Siddiqova

    MЕHRDAN GULCHAMBAR

    Onalarning mehri Yer mehvarining oʻqiga oʻxshaydi: tiriklik uning mehru muhabbati, goʻzal xislatlari, lutfu karami atrofida aylanadi. Onalarning armon toʻla hayoti, shodlik-iztiroblari, farzandiga jon nisor qilganlari haqida koʻp va xoʻp asarlar bitilgan. Ularni oʻqisangiz, oʻz onangiz siymosini koʻrganday, mehriboningizning issiq nafasini sezganday boʻlasiz.
    Nozik yelkalarida bu dunyoning togʻday zal­vorli yuklarini koʻtargan barcha onalar bunchalar bir-biriga oʻxshash, biri-biridan matonatli. Ogʻir zahmatlar chohidan omon oʻtib, chiroyi oyday balqib yashashga kuch topgan, oʻtda yonmas, suvda choʻkmas onalarning timsolini yaratibdi Enaxon shoiram. Uning qalami charxlanib, soʻzlari yaraqlab musavvirday Onaning muhtasham, muazzam portretini chizibdi. Asar davomida soʻzlar ­daryo­day poʻrtana otib mavjlanib, shodlik va iztirob alangalari lovullab yuragingizni isitadi. Ona bosib oʻtgan mashaqqat va tiriklik baxti toʻla yoʻllarga hurmatingiz oshadi. Ana shunday matonatli, mehnatkash, iffatli, pokdoman AYOLLAR bor ekan, jamiyatning maʼnaviy-axloqiy qatlamlari mustahkamlanaveradi, jamiyatning havosi musaffo boʻladi. Doston bir nafasda, bir zarb bilan yozilgan, ichki ohanglari jarangdor, jozibali, insoniy samimiy tuygʻular iforiga qorilgan. Voqealari hayotiy: oʻrtantiradi, oʻylantiradi.
    Shodlik buloqlari koʻzini ochib, Inson oʻz taqdirini oʻzi yaratadi. Oʻzini, oʻzligini topadi va oftobday dunyoga yogʻdu sochib yashab oʻtadi. Ana shuning uchun ham u mukarram, u moʻtabar. Enaxon dostonida kuylagan Ona va uning atrofidagi odamlar shunday mehrparvar, hayotsevar. Ularning hayotidan yaxshigina ibrat olasiz.
    Yangi asar quvonchi muborak boʻlsin, Enaxon!

    Oydin HOJIYEVA,
    Oʻzbekiston xalq shoiri

     

    128 бет, бичими: 60х84 1/32, адади: 2000 дона, қаттиқ муқовада, матни офсет қоғозида.
    ISBN 978-9943-5224-8-0

    Изменено пользователем Mahfuza



    Foydalanuvchilar munosabati

    Рекомендованные комментарии

    Qoldirilgan izohlar yo‘q



    Izoh qoldirish uchun akkaunt yarating yoki unga kiring

    Вы должны быть пользователем, чтобы оставить комментарий

    Akkaunt yaratish

    Akkaunt olish uchun ro'yxatdan o'ting. Bu juda oson!

    Akkauntni ro'yxatdan o'tkazish

    Kirish

    Akkaunttingiz bormi? Kiring.

    Hozir kirish

×