Перейти к содержимому
Поиск в
  • Дополнительно...
... bo‘yicha natijalarni qidirish
Natijalarni qidirish
  • Mahfuza
    Mahfuza

    Kitob - eng yaxshi do'st

    Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 22-sonli maktabda “Akademnashr” nashriyoti, “Jajji akademik” jurnali, “Yosh tomoshabinlar teatri” hamda maktab ma’muriyati hamkorligida “Ma’naviyat kuni” doirasida kitoblar mutolaasiga bag’ishlangan bayram tadbiri o’tkazildi.

    photo_2018-11-26_10-43-29.thumb.jpg.d432b7da838b38b50468ab4533128d8b.jpg

     

    Ushbu tadbirda so’zga chiqqan  “Jajji akademik” jurnali bosh muharriri Feruza Nazarova, “Akademnashr” nashriyoti xodimi Mahfuza Imomova, “Yosh tomoshabinlar teatri” aktyori Baxtiyor Turg’unovlar o’quvchilarga kitoblarning hayotimizda tutgan o’rni va ahamiyati beqiyosligi, bolajonlar uchun chop etilayotgan jurnal hamda kitoblarning qiziqarliligi haqida gapirib berishdi.

    photo_2018-11-26_10-24-14.jpg.e6b14c2533ece01e26d7333f01a9257d.jpgphoto_2018-11-26_10-25-13.thumb.jpg.7d75788c6ce19bbaa5feb7a128f94f1d.jpgphoto_2018-11-26_10-57-46.thumb.jpg.5f33e519466165e0fbccb9e25d7e6519.jpgphoto_2018-11-26_10-24-27.jpg.96cd19ee6e227b4425e93b188cb87028.jpg

     

    Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan ijro etilgan go’zal kuy-qo’shiqlar, sahna ko’rinishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Kichik kitobsevarlar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi. Shuningdek, maktab binosida “Jajji akademik” jurnali va “Akademnashr” nashriyoti kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.  

    photo_2018-11-26_10-24-22.jpg.8a907ecd43574bfaaeceeaa7259cf6de.jpgphoto_2018-11-26_10-43-37.thumb.jpg.ebc9f37758afabd449a192cbb51b61d1.jpg

     

    Tadbir so‘nggida maktab rahbariyati “Ma’naviyat kuni”ni o’tkazishda o’z hissalarini qo’shgan mehmonlarga minnatdorchilik izhor etishdi. Bu kabi tadbirlar bolajonlarni kitobga bo’lgan muhabbatini oshirishda, ularni yetuk inson bo’lib yetishishiga xizmat qilishini ta’kidlashdi.

    photo_2018-11-26_10-24-24.jpg

    Изменено пользователем Mahfuza




    Foydalanuvchilar munosabati

    Рекомендованные комментарии

    Qoldirilgan izohlar yo‘q



    Izoh qoldirish uchun akkaunt yarating yoki unga kiring

    Вы должны быть пользователем, чтобы оставить комментарий

    Akkaunt yaratish

    Akkaunt olish uchun ro'yxatdan o'ting. Bu juda oson!

    Akkauntni ro'yxatdan o'tkazish

    Kirish

    Akkaunttingiz bormi? Kiring.

    Hozir kirish

×