{"id":7653,"date":"2024-02-21T12:06:36","date_gmt":"2024-02-21T12:06:36","guid":{"rendered":"https:\/\/akademnashr.uz\/?p=7653"},"modified":"2024-02-21T13:15:50","modified_gmt":"2024-02-21T13:15:50","slug":"baxt-qidirayotgan-qalb","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/baxt-qidirayotgan-qalb\/","title":{"rendered":"\u201cJon\u201d \u2014 baxt qidirayotgan qalb"},"content":{"rendered":"<p class=\"has-medium-font-size\">Andrey Platonovning sotsialistik ruhdagi \u201cJon\u201d asari 1930-chi yillar oxirlarida yozilgan bo\u2018lib, fantastik janrdagi asarlar qatoriga kiradi. Asar o\u2018quvchiga hayotdan tamomiyla umidini uzgan, butun umr qiyinchiliklardan boshi chiqmagan, hayot kaltaklaridan \u201chushini\u201d yo\u2018qotgan, hech kimga kerak bo\u2018lmagan va jonidan ortiq hech narsasi qolmagan turkman xalqi qismati to\u2018g\u2018risida so\u2018zlab beradi. Muallifning yozishicha, \u201cjon\u201d so\u2018zining turkman tilidagi ma\u02bcnosi \u00abbaxt qidirayotgan qalb\u00bb ekan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Andre Morua o\u2018zining mashhur \u00abNotanish Ayolga Xatlar\u00bb asarida, dunyoda eng kam uchraydigan sevgi bu \u00abbeminnat sevgi\u00bb, ya\u02bcni bir inson o\u2018z sevgisi evaziga ikkinchi insondan hech nima talab qilmasligi, deb ta\u02bckidlaydi. Quyidagilarni o\u2018qishingizdan avval \u201csevgi\u201d so\u2018zini faqatgina qiz va yigit o\u2018rtasidagi ishqiy munosabat sifatida ko\u2018rmasligingizni iltimos qilib qolgan bo\u2018lar edim. Demak, bunday sof sevgiga ega bo\u2018lgan yoki, to\u2018g\u2018rirog\u2018i, ega bo\u2018la olgan insonlar o\u2018z qiziqishlari, extiyojlari, istaklari, orzulari, prinsiplari va, hattoki, o\u2018z hayotidan ham qolganlarnikini ustun qo\u2018yadi. Bir insonni beminnat seva olganlarga misol qilib ota-onaning o\u2018z farzandiga bo\u2018lgan sevgisini keltirishimiz mumkin: jonini ham farzandi uchun fido qilishga tayyor bo\u2018lgan ota-ona o\u2018z farzandidan arzimas yordam so\u2018rashga tortinadi, chekinadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Bunday go\u2018zal sevgiga yana bir misol qilib, fransuz yozuvchisi Onore de Balzakning \u00abDahriyning Ibodati\u00bb qissasidagi 40-yoshlar atrofida bo\u2018lgan Burjaning yosh yigit Deplenga bo\u2018lgan sevgisini ko\u2018rsatish mumkin. Burja o\u2018zining birlamchi extiyojlaridan ham Deplenning ikkilamchi extiyojlarini ustun qo\u2018ygan edi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Siz bunday fidokorliklarga qodirmisiz?<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Morua-yu Balzakning A. Platonovning \u201cJon\u201d asariga qanday aloqasi bor, axir taqriz bu asar haqida edi-ku, deb hayron bo\u2018layotgan bo\u2018lsangiz, \u201cJon\u201d asarida ham Morua va Balzak o\u2018z asarlarida aniq ta\u02bcriflab va mahorat bilan tasvirlab bergan o\u2018sha nodir va beminnat sevgining yana bir misolini ko\u2018rishingiz mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Yashamayotgan va yashashga holi qolmagan; shunchaki mavjud bo\u2018lgan Jon xalqi bir insonning beminnat sevgisi yordamida yana hayotga qaytadi. Uning tinmay qilgan harakatlari va urinishlari natijada ularda hayotga bo\u2018lgan ishonchi, umidi qaytadan tiklanadi. Ularning qalblaridagi barcha dardlari, yaralariga bir insonning sevgisi malham bo\u2018la oladi va aynan o\u2018sha inson yordamida ularning \u00abbaxt qidirayotgan qalblari\u00bb o\u2018z orzulariga erishadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Jon xalqiga umid va hayot bera olgan inson kim edi, u to\u2018satdan qayerdan paydo bo\u2018lib qoldi va bu, bir xalqning mashaqqatli bo\u2018lsada, odatiy hayotini tasvirlagan, asar nega fantastik asarlar qatoriga kiradi, asarni o\u2018zingiz o\u2018qiganingizda bilib olishingiz mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\"><strong><em>Mushtariy Mamadaliyeva<\/em><\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Andrey Platonovning sotsialistik ruhdagi \u201cJon\u201d asari 1930-chi yillar oxirlarida yozilgan bo\u2018lib, fantastik janrdagi asarlar qatoriga kiradi. Asar o\u2018quvchiga hayotdan tamomiyla umidini uzgan, butun umr qiyinchiliklardan boshi chiqmagan, hayot kaltaklaridan \u201chushini\u201d yo\u2018qotgan, hech kimga kerak bo\u2018lmagan va jonidan ortiq hech narsasi qolmagan turkman xalqi qismati to\u2018g\u2018risida so\u2018zlab beradi. Muallifning yozishicha, \u201cjon\u201d so\u2018zining turkman tilidagi ma\u02bcnosi \u00abbaxt [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7654,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[79],"tags":[],"class_list":["post-7653","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-blog"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7653","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7653"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7653\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7658,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7653\/revisions\/7658"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7654"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7653"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7653"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7653"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}