{"id":7637,"date":"2024-02-07T07:46:38","date_gmt":"2024-02-07T07:46:38","guid":{"rendered":"https:\/\/akademnashr.uz\/?p=7637"},"modified":"2024-02-07T08:25:37","modified_gmt":"2024-02-07T08:25:37","slug":"yozyovondan-chiqqan-ritsar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/yozyovondan-chiqqan-ritsar\/","title":{"rendered":"Yozyovondan chiqqan ritsar yoxud ikki asar haqida ayrim mulohazalar"},"content":{"rendered":"
Yil boshida bir juft kitobingizni tuhfa etib, nafaqat shaxsiy kutubxonamni boyitdingiz, meni yana mutolaaga qaytardingiz. Bilasiz, ijodkorlikning qismatini \u2013 topshiriqlardan ortib qolgan qiyqim vaqtlardagina kitob varaqlab, o\u02bbylab yurganlarimizni qoralashga tushamiz. Ikki asaringizni o\u02bbqib bo\u02bblsamda, taassurotlarni yozish fursati kuttirib qo\u02bbydi.
Yana bir karra muborak bo\u02bblsin, qo\u02bbsh asarlar! Qobiljon, siz yangi asarlar yozib nafaqat tanilyapsiz, nazarimda meni ham orzuimdagi yumushni ado etyapsiz. Axir bolalar uchun ijod qilinadigan har qaysi yo\u02bbnalishda, kino bo\u02bbladimi, adabiyotmi, musiqa yoki teleko\u02bbrsatuv \u2013 zahmati og\u02bbir. Siz ana shunday zahmatli yo\u02bblda ijod qilishga g\u02bbayrat topyapsiz. Agar fikrlarim mubolag\u02bba bo\u02bblsa, bolalar uchun ijod qiladigan shoir va yozuvchilar, bastakoru mualliflar barmoq bilan sanarli bo\u02bblmas edi. Bundan ikki yil avval bolalar hukmiga havola etgan \u201cBuvamning oshqozonidagi mamlakat\u201d asaringiz shuhrati so\u02bbnmay turib yana ikki qiziqarli qissalar ustida astoydil mehnat qildingiz. Kitoblaringizni sifatli, chiroyli muqovalar bilan bizga yetkazib bergan \u201cAkademnashr\u201d nashriyotiga bu gal ham kitobxon sifatida alohida tashakkur bildirmoqchiman.
Qobiljon, siz endi havaskor ijodkor emassiz, yosh kitobxonlar muhabbatini qozongan, o\u02bbz asarlaringiz bilan butun respublikaga tanilib ulgurgan qalmkashsiz. Yigirma besh yoshingizdayoq birinchi qissangiz darslikka kiritilgani ham katta gap. Maktablarda o\u02bbzingiz asarda ta\u02bckidlaningizdek, popka ko\u02bbtargan bola borki, sizni taniydi, qahramonlaringiz yaxshi biladi. Qahramon shoirimiz Abdulla Oripov aytganidek, \u201cBolalar adabiyoti \u2013 farishtalar adabiyotir\u201d. Shu ma\u02bcnoda siz beg\u02bbubor olamga qilayotgan xizmatingiz bilan kitobxonlarni, bizni xursand qilyapsiz.
\u201cTolqonbotir yoxud paqir kiygan ritsar\u201d ertak-qissangiz haqida fikr-mulohazalarim ko\u02bbp. Ularni adabiyotshunos kabi tahlil etishga uquv va tajribam yo\u02bbq, shu bois yozayotganlarimni kitobxon fikri sifatida qabul qilishingizni istardim. Men quvonch bilan aytamanki, bugun ustozimiz, ustozingiz Anvar Obidjonning Meshpolvondek jasur, qo\u02bbrqmas, vatanparvar bahodiri yoniga Oltmishvoy \u2013 Tolqonbotir ham kelib qo\u02bbshildi. Siz uni Yozyovon farzandi sifatida tasvirlab, bu yoqimtoy, bir so\u02bbzli, chaqqon va mehribon bolakayga yozyovonliklarga xos mehr-muruvvatni, adolatlilikni, odobni, sofdillikni mahorat bilan singdirgansiz. Biz sevib tomosha qilgan \u201cDengizchi Papay\u201d multfilmida bosh qahramon ismaloq yeb bir zarbasi bilan dushmanlarni dog\u02bbda qoldirganini yosh tomoshabinlarimiz yaxshi
bilishadi. Tolqonbotir ham undan kam emas. Onasi tugib bergan tolqondan bir kaftginasini yeb ancha-muncha dushmanlarni yer tishlatgan ritsar sifatida mehrimizni qozondi. Siz hatto Samovar Samandek ajabtovur qurilma haqida yozib, diqqatimizni tortdingiz. Asarning eng muhim detallaridan biri sifatida Samovar Samanni eslab qolmaslik mumkin emas. Bunga \u201cbebaho\u201d qurilmaga asarni varaqlashga ulgurmagan do\u02bbstlarimiz, mutolaa orqali bu haqida o\u02bbzlari aniq bilib olishlariga ishonaman.
Tolqonbotir \u201cSariq devni minib\u201d, \u201cShum bola\u201d asarlari qahramonlari kabi ziyrak, serfahm, chaqqon. Buning ustiga u tasavvurga boy \u2013 ma\u02bclum bir ishni bitkazish uchun darrov yo\u02bbl izlaydi, agar yo\u02bbl topolmay qolsa, mushkul ishlarni xayolan hal qilishdan ham toymaydi. Biz uning hatti-harakatlarini kuzatib kulamiz va jamiyatga yot bo\u02bblgan rahna va illatlarni fosh qilayotgani va bu ishda uning fahm-farosati bilan tanishib tasanno, deymiz.
Siz yosh kitobxonlarga atagan mulohazalaringiz orasida kattalarga ham taalluqli masalalarga atroflicha to\u02bbxtalib o\u02bbtgansiz. Isrofqishloq ahlining kimo\u02bbzarga bo\u02bbladigan to\u02bby-bazm musobaqalari jamiyatning og\u02bbriqli muammolariga ko\u02bbzgu aslida. Olmos aravakashning umr bo\u02bbyi yiqqani naq olti qozonda osh qilishga sarf etilgani, laganlarda ortib qolgan palovlarning devor tagiga to\u02bbkib yuborilishi, 21 ta doshqozonda sho\u02bbrva qaynatilgani kitobxonni sergak torttiradi.
Bularni shunchaki to\u02bbqib yozmagansiz, hayotiy kuzatishlaringiz ko\u02bbpligi, ayniqsa, asarning shu qismida menga yanada aniq sezildi.
Shavlashohdek zolim, makkor va bosqinchining boplab dodini bergan Tolqonbotirning atrofidagi do\u02bbstlari ham asarga shunchaki kirib qolmagan. Xurrakpolvon, Suprindi, Sodiq, Zuhrobek kabi obrazlar orqali bolalarda uchraydigan ayrim kamchiliklarga ham ishora qilasiz, voqealar davomida ularni \u201ctuzalish\u201dga undaysiz. Yutaman Vazir, Aqliy Valaqliy qiyofasida esa laganbardor shaxslarni yanada yaxshiroq tanitib qo\u02bbyasiz.
Qobiljon, asar yakunlanib boradigan sahifalarda quyidagi jumlalar ayniqsa, meni juda ta\u02bcsirlantirdi: \u201cBu Vatanni Xudo bizga bergan. Uni ota-bobom tiklagan. Enalarim suv tashib turgan, bobolarim loy qorib, guvala dumalatgan. Bu uylarning har bitta guvalasi ajdodlarimning peshona teri bilan qorilgan\u2026\u201d. Shavlashohning huzurida aytilgan bu mardona va dangal fikrlar navqiron avlod qalbidagi yurtsevarlikni yanada yuksaltiradi, yashab turgan xonadoniga, mahallasiga, Vataniga mehrini oshiradigan ta\u02bcsirchan jumlalardir.
Qobiljon, yozuvchining qismatida, ayniqsa, bolalalar ijodkorining mahoratida uning bolalikdagi tasavvurlari katta manba vazifasini bajaradi. Sizda ham bolalik chog\u02bblaridagi taassurotlar bekorga o\u02bbtib ketgan emas, albatta. Ko\u02bbrganlaringiz, kuzatishlaringiz bolalar yozuvchisi bo\u02bblib qo\u02bblga qalam olishingizga turtki bergan. \u201cO\u02bbtkirjonning o\u02bbnta o\u02bbrdak ukasi\u201d fantastik qissangiz ham yuqoridagi asaringizdan
kam emas. Bu qissada ham bosh obraz \u2013 O\u02bbtkirjonning harakat maydoni keng, faoliyati ham rang-barang, asar davomida xarakterning o\u02bbziga xos shakllanish yo\u02bbli ham bor.
Bu sarguzasht asar. Buning ustiga fantastik ham. Shunga muvofiq asardagi voqealarning ba\u02bczilari kutilmagan tarzda ro\u02bby beradi. Sarguzasht-fantastik asarlarning qismati ma\u02bclum: bir detal yoki epizodning naqadar aniq va realligi bilan belgilanmaydi, balki bir oz hayotiylikdan uzoqda bo\u02bblaturib kitobxonni ishontira olishi va \u201cto\u02bbqima voqealar\u201d vositasida zarur xulosalar chiqarilishi bilan belgilanadi.
O\u02bbtkirjon amalga oshirmoqchi bo\u02bblgan hamma ishlar bizning umid va orzularimizda yashaydigan ishlar \u2013 xullas, zamonaviy \u201cshum bola\u201dga zamonaviy vazifa berilgan va asar qahramoni bu vazifaning uddasidan chiqa olgan. Qissani mantiqan ikki qismga ajratish mumkin: asalalarilar saltanati va parrandalar hayot kechiradigan olam. Asalarilar olamiga kirib qolgan O\u02bbtkirjonning hayratlarini mutolaa qilib ko\u02bbz oldimda huddi multfilm jonlangandek bo\u02bbldi. Bizning quvnoq qahramonimiz bu mitti jonzotlar orasida bir qancha xatolari tufayli aziyat chekadi. Shuning barobarida halollikni, mehnatsevarlikni, odobni, sadoqatni, tartib-intizomni o\u02bbrganadi, tengdoshlariga xulosalarini bayon etib boradi. Qissa bu xususiyati bilan tarbiyaviy ahamiyatga ega.
O\u02bbrdaklar olamida esa O\u02bbtkirjonning zimmasiga kattagina mas\u02bculiyatni yuklaysiz. Ona o\u02bbrdakdan kutilmaganda va birdaniga ayrilib qolgan, bu yorug\u02bb olamda hali past-u balandni yaxshi anglamagan o\u02bbrdakcha tuxumdan endigini yorib chiqib, polapon ukalariga ham g\u02bbamxo\u02bbrlik qilishi hayotning achchiq haqiqatlariga o\u02bbxshab ko\u02bbrinadi. Nachora, inson taqdirida ham bunday voqealar ko\u02bbp. Xudoyberdi To\u02bbxtaboyevning \u201cBesh bolali yigitcha\u201d asarini o\u02bbqiganlar bu fikrimga qo\u02bbshilsalar kerak. Shu ma\u02bcnoda O\u02bbtkirjon 10 ta polaponni asrash va va ulg\u02bbaytirish zahmati bilan yurganida qismat uni yana yo\u02bbqotishlar bilan ro\u02bbpara qiladi. Ukalarini ayanchli voqealar ta\u02bcsirida ayrilgan O\u02bbtkirjon oqsoq polaponcha va zaifgina singilchasi bilan qoladi. Ulardan ham ma\u02bclum muddat ayro yashagan polapon tovuqlar katagida erksizlik azobini ham totib ko\u02bbradi. Bu erksizlik aslida insonni ham bir joyda qotib qolishga olib kelishini yaxshi bilamiz. Buni siz oddiy lekin ma\u02bcnosi chuqur jumlalarda ifoda etasiz: \u201c\u2026katakka qamalib yashash, erkdan mahrum bo\u02bblish. Demak, dunyoda o\u02bbz erkiga ega bo\u02bblmaganlarning yulduz nimaligini bilmaydigan parrandadan farqi yo\u02bbq ekan\u201d.
Qobiljon, Siz bu qissangizda ozodlik va erk haqida falsafiy fikr yuritishga harakat qilgansiz: \u201cMuhimi \u2013 bu shamolda ravon uchish! Bilsang, hamma varrak ham buning uddasidan chiqolmaydi\u201d. Yoki yana biz uchun doimo muhim bo\u02bblgan Vatanga muhabbatni yodga solasiz. Singil o\u02bbrdakchaning parvoz uzra aytgan: \u201cAkajonlarim, uchsangiz-chi, VATANGA qaytamiz!\u201d degan hayqirig\u02bbi kitobxonning yurak-yuragiga yetib boradi.
Har ikki kitob haqida anchagina taassurotlar qoralashim mumkin edi. Lekin o\u02bbquvchilarimizni ham, Sizni ham band etishdan istihola qilib, so\u02bbzimni muxtasar qilaman.
Qobiljon, Farg\u02bbonada Siz kabi iste\u02bcdodli adib bilan yonma-yon ekanimizdan quvonchimiz, umidimiz o\u02bbn karra oshadi. Sizda adabiyot mas\u02bculiyatini anglashga, so\u02bbz haroratini ilg\u02bbashga intilish juda kuchli. Bu kuch, bu shijoat, tabiiyki, siz suv ichgan daryolarga bog\u02bbliq. Yozuvchining har bir asari izlanishlar samarasidir. Har bir asarini nimalar bilandir boyitadi, qandaydir yangiliklarga erishadi. Biroq ijodkor uchun, xususan, o\u02bbziga talabchan, badiiyat mas\u02bculiyatini his qiladigan yozuvchi uchun izlanishlarning cheki yo\u02bbq. Siz izlanadigan, tolmaydigan, shu tufayli yangi asarlari bilan kelgusida adabiyotimiz taraqqiyotiga hissa qo\u02bbsha biladigan ijodkorsiz. Sizning kitobxonlarni mamnun qiladigan xislatlaringizdan biri ham shu.
Mening yana bir umidim bor. Sizning shu qissalaringiz asosida kelgusida bolalar ekrani uchun munosib kinofilmlar, multfilmlarga qo\u02bbl urilsin. Sizdan yana o\u02bbqimishli asarlarni kutib qolamiz!
Sizga hurmat va ehtirom bilan Madaminjon SOLIJONOV.
<\/p>\n\n\n\n
Madaminjon SOLIJONOV,
yozuvchi, jurnalist.<\/em><\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"
MUALLIFGA OCHIQ XAT Qadrligim, Qobiljon! Yil boshida bir juft kitobingizni tuhfa etib, nafaqat shaxsiy kutubxonamni boyitdingiz, meni yana mutolaaga qaytardingiz. Bilasiz, ijodkorlikning qismatini \u2013 topshiriqlardan ortib qolgan qiyqim vaqtlardagina kitob varaqlab, o\u02bbylab yurganlarimizni qoralashga tushamiz. Ikki asaringizni o\u02bbqib bo\u02bblsamda, taassurotlarni yozish fursati kuttirib qo\u02bbydi.Yana bir karra muborak bo\u02bblsin, qo\u02bbsh asarlar! Qobiljon, siz yangi asarlar yozib […]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[79],"tags":[],"class_list":["post-7637","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-blog"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7637","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7637"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7637\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7639,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7637\/revisions\/7639"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7637"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7637"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7637"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}