{"id":7617,"date":"2024-01-26T14:05:32","date_gmt":"2024-01-26T14:05:32","guid":{"rendered":"https:\/\/akademnashr.uz\/?p=7617"},"modified":"2024-01-26T14:05:33","modified_gmt":"2024-01-26T14:05:33","slug":"asar-nomida-ramziylik-bor-mazaxchini-o%ca%bbldirish-asari-haqida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/asar-nomida-ramziylik-bor-mazaxchini-o%ca%bbldirish-asari-haqida\/","title":{"rendered":"&laquo;Asar nomida ramziylik bor&raquo;. &laquo;Mazaxchini o\u02bbldirish&raquo; asari haqida"},"content":{"rendered":"<p class=\"has-medium-font-size\">Bu asar haqida juda ko\u02bbp iliq fikrlar eshitgandim va o\u02bbqigach, amin bo\u02bbldimki, asar haqiqatdan ajoyib, umuminsoniy masala ko\u02bbtarilganligi jihatidan dolzarb. Irqchilik, duragaylarning jamiyatga aralasha olmasligi, &laquo;qora&raquo;larning jamiyatda buyumchalik qadri yo\u02bbqligi, &laquo;negrparvar&raquo; degan so\u02bbzning haqoratga teng ekani, oq tanlilar ularning ustidan istagandek hukmfarmolik qilishi mumkinligi Tom Robinsonning sudi misolida ko\u02bbrsatib beriladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Jinsiy tajovuzda ayblangan bu odamning yagona aybi &#8211; qora tanliligi. Sudya, advokat Attikus vijdonli odamlar, lekin oqlar doimo qoralar ustidan g\u02bbalaba qozonib kelishgan va bu o\u02bbzgartirib bo\u02bblmas ayniyatdir. Tom Robinsonning jinoyatchi emasligiga hamma ishonadi, lekin tan olmaydi, tan olish mumkin emas axir! Olomonning g\u02bbazabi, Yuellarning ginavozligidan maslahatchilar qo\u02bbrqadi. Adolat hukm surishi, insonlarning rangidan qat\u02bciy nazar barchaga bir xil munosabat bo\u02bblishi kerak bo\u02bblgan sudga maslahatchilar qotib qolgan qarashlari, shaxsiy adovatlari bilan keladilar. Bechora &laquo;qora&raquo;lar uzoq muddatli jazoga ham loyiq ko\u02bbrilmaydi. Suddan so\u02bbng ularni yo ozodlik, yo elektr stul kutadi. Ehtimolki, doimo ikkinchi variant.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Olomon nazdida, barcha qora tanlilar axloqsiz, yolg\u02bbonchi, ayollar uchun xavfli. &laquo;Bularning hammasi Tomning tanasi kabi qora yolg\u02bbonlardir&raquo;, deydi Attikus. Bu bilan u &laquo;qora&raquo;larning ham qalbi borligi, yaxshi insonlar ekanligi, tana rangining inson xarakteriga mutlaqo aloqasi yo\u02bbqligini isbotlamoqchi bo\u02bbladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Oq va qora bolalar o\u02bbrtasida ham chegara bor: birga ovqatlanmaslik, birga o\u02bbynamaslik, bitta cherkovga bormaslik, tillarning o\u02bbzgachaligi, ta\u02bclim olishda to\u02bbsiqlar, iloji bo\u02bblsa umuman gaplashmaslik.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Olti yoshli qizaloq Jin Luiza, uning akasi Jeremi, qo\u02bbshnisi Dillning yagona ermagi bor: Redlilarning sirli uyi va unda yashovchi Redli alvasti. Qachonlardir uy zindoniga mahkum qilingan bola tirikligi aniq, chunki uning jasadini hech kim ko\u02bbrmagan. Redli alvastining ko\u02bbrinish berishini kitobxon beixtiyor bolalarga qo\u02bbshilib kutadi va ayon bo\u02bbladiki, u atrofdagi g\u02bbiybatchi qatlamdan farqli o\u02bblaroq jamiyatga befarq emas ekan, bolalarga yashirin sovg\u02bbalar qoldirgani, hatto hayotlarini saqlab qolgani uning ogohligidan yaqqol darak beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Asar nomida ramziylik bor: &laquo;Mazaxchini o\u02bbldirish&raquo;. Mazaxchi degan qush bor. Beozor, faqat odamlar rohatlanishi uchun sayraydigan, ozor berib bo\u02bblmaydigan, uni o\u02bbldirish gunoh sanaluvchi bu qush misolida insonlar ham agar ularning aybi bo\u02bblmasa, begunoh bo\u02bblsa, ularni jazolash yoinki o\u02bbldirish katta gunoh, demoqchi muallif.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Asarni hanuzgacha o\u02bbqimagan bo\u02bblsangiz, bu ishni aslo kechiktirmang.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-large-font-size\"><a href=\"https:\/\/t.me\/dunyo_klassikasi\">Nafisaxon Sulaymanova<\/a><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bu asar haqida juda ko\u02bbp iliq fikrlar eshitgandim va o\u02bbqigach, amin bo\u02bbldimki, asar haqiqatdan ajoyib, umuminsoniy masala ko\u02bbtarilganligi jihatidan dolzarb. Irqchilik, duragaylarning jamiyatga aralasha olmasligi, &laquo;qora&raquo;larning jamiyatda buyumchalik qadri yo\u02bbqligi, &laquo;negrparvar&raquo; degan so\u02bbzning haqoratga teng ekani, oq tanlilar ularning ustidan istagandek hukmfarmolik qilishi mumkinligi Tom Robinsonning sudi misolida ko\u02bbrsatib beriladi. Jinsiy tajovuzda ayblangan bu odamning [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7478,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[79],"tags":[],"class_list":["post-7617","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-blog"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7617","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7617"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7617\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7618,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7617\/revisions\/7618"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7478"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7617"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7617"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7617"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}