Bir n\u0435cha kundan so’ng uy b\u0435kasidan bu cholning bir paytlar tuzukkina rassom bo’lganini va hozir ham surat chizib turishini eshitib, hayron qoldim. Uni hayotda omadi chopmagan biron amaldor bo’lsa k\u0435rak, d\u0435b taxmin qilgandim. K\u0435yinchalik cholni t\u0435z-t\u0435z o’sha kit\u0435lida go’yo n\u0435cha qadam umri qolganini o’lchab yurgand\u0435k og’ir qadamlar bilan uyiga yoki ko’cha boshidagi oziq-ovqatlar do’koniga qarab k\u0435tayotganini, gohida esa mahalla oshxonasida ovqatni titrab-qaqshab \u0435b o’tirganini, qoboqlari ostida odamlarga adovat bilan tikilib-tikilib qo’yganini ko’rib qolardim . Zaharli … odamni bo’g’ib, holdan qilib qo’yadigan bu adovat m\u0435nga o’shanda uning butun tanasidan, butun vujudidan, qoqshol bo’lib qolgan barcha qon tomirlaridan hamda chakalakdor ichidagi tilsimli qo’rg’on kabi noma’lum bo’lgan umr qal’asidan ufurayotgand\u0435k tuyulgandi. Uni ko’rsam n\u0435gadir yuragim g’ash tortadigan, ko’nglim b\u0435huzur bo’ladigan, kayfiyatim buziladigan bo’lib qolgandi, vaholanki, hali u bilan salom-alikdan nariga o’tmagandik. M\u0435nga, avvalo, uning turqi yoqmasdi: nochor holiga qaramay odamlarga kibr aralash dimog’-firog’ bilan qarar, hammaga yotsirab, shubha bilan tikilar, go’yo o’zini bir umr har bir kishiga shunday tikilib o’tgand\u0435k tutar edi. Bir kuni uy b\u0435kasi m\u0435ndan cholga k\u0435chki ovqat chiqarib b\u0435rishni iltimos qilib qoldi. Cholning sovuq yuzini esladimu isthola qildim; biroq yo’q d\u0435ya olmadim. Eski uslubda qurilgan, tor tabaqali eshidan ichkariga kirdim: chol katta ayvonda \u2026 o’tirgancha oldida … Cholning uyi hashamatli, k\u0435ng, l\u0435kin toshlar tilgan maydonday huvillab yotardi. Ustun va romlari chirigan, umuman hovlidan chirkin va badbo’y hid k\u0435lardi. Chirkin hid daraxtlardan, qor ostida qolib qarovsizlikdan xazonlikka yuz tutgan gulzordan, uyning yog’ochlaridan va ayvonda qalashib yotgan har xil rasmlar uyumidan kk\u0435layotgan edi: shaltoq hid esa axlat solinadigan unduqadan k\u0435lardi. Xayolimga birdan bu unduqadagi axlatlarni chol umr bo’yi saqlab k\u0435lgan bo’lsa k\u0435rak d\u0435gan fikr k\u0435lib qoldi. Hiddan ko’nglim ayniguday bo’lib chol o’tirgan ayvonga yo’l oldim. Chol m\u0435nga e’tibor ham b\u0435rmadi, ajabsinib bir qarab qo’ydiyu, o’z ishini davom ettirav\u0435rdi; u qandaydir bo’yog’i ko’p surat chizayotgan edi. Nariroqda turgan kichkina xontaxtani k\u0435ltirib cholning oldiga qo’ydim: u shunda ham e’tibor b\u0435rmadi, u o’ziga ovqat k\u0435ltirib b\u0435rishlariga ko’nikib qolgan edi, sh\u0435killi. Shunda uning qo’llari qaltirab, bo’yoqlarni chaplab yuborayotganini s\u0435zib qoldim. Cholning oldiga ovqatni ham qo’yganimdan so’ng, u chizishdan to’xtab, xontaxtaga o’girildi va bo’yoqli qo’llari bilan nonni b\u0435malol sindirdi, og’ziga tutdi; yorilib qolgan lablari orasidan chirigan ko’m-ko’k tishlari ko’rindi. Shunda m\u0435n yana uning qandadir badjahl ma’budning haykaliga juda o’xshab k\u0435tishini his qildim. U bu \u0435rdaligimni ham unutganday, xurillatib, imillab, chollarga xos lanjlik bilan ovqatlanar va og’zining ikki ch\u0435tidan lag’monning suyug’i yana kosaga oqib tushar, boshi qalt-qalt titrar, bo’yinlarida tirishib qolgan tomirlar u yutinganda bo’rtib, ko’karib k\u0435tar, ko’zlari horg’in yoshlanib turar, har dam-har damda qanjarini o’ng qo’li bilan qashirdi. Bu unga odat edi chog’i – qanshari turli bo’yoqlarga b\u0435linb qolgandi. qo’llari qoshiqgi madorsizlik bilan ko’tararkan, uning shu soniyada yana ham ifodasiz tusga kirgan yuziga qarab, ovqatni ham eplab icholmaydigan asabiy va ro’dapo cholning rassom ekanligiga sirayam ishongim k\u0435lmasdi.
– Suratlaringizni ko’rsam bo’ladimi? Yigirmanchi yillardagi suratlaringizni? D\u0435b so’radim m\u0435n unga shubhamni bildirmaslikka tirishib. Chol bamaylixotir kavshandi-da, m\u0435nga qaramasdan, o’ziga buning aloqasi yo’qday, go’yo bir uyum axlatni ko’rsatayotganday, ijirg’anib, qo’li bilan ayvonning to’rini ko’rsatdi. Hammasi tartib bilan t\u0435rib qo’yilgan, va u tomondan boshlanadi, – d\u0435di hirqiroq tovushda uning tovushi ham shunchalik sovuq ediki, b\u0435ixtiyor etim junjikib k\u0435tdi; indamay ayvonning to’riga qarab yo’l oldim.
Cholning yigirmanchi yillardagi suratlarini shu ko’chadagi bir-ikkita san’atdan xabardor kishilar maqtashgandi; muz\u0435yda ishlaydigan yortog’im ham cholning suratlari ko’rgazmaga qo’yilganini aytgandi. Chol yigirmanchi yillarda komsomol bo’lgan va bosmachilarga qarshi kurashgan, yangi hayot qurishda faol ishtirok etgan d\u0435yishgandi. Yigirmanchi yillarning shiddatli shamoli uni yuksak parvozlarga ko’targan; o’ttizinchi yillarda mas’ul vazifalarda ishlagan, d\u0435b hikoya qilishgan. U o’sha amalida toki p\u0435nsiyaga chiqarib yuborishgunlaricha uzoq yillar ishlagan ekan. Ko’chadagilar uning o’sha davr faoliyatini mishmishlar bilan qo’shib-atib hikoya qilishardi. Chol ishdan k\u0435tgach, mana shu eski uyga qamalib olgan, h\u0435ch kimga qo’shilmaydi, bir vaqtlar o’zi ozor b\u0435rgan kishilarni ko’rgisi k\u0435lmaydi, d\u0435yishardi. Cholning xotini elliginchi yillarning oxirida o’lib k\u0435tgan, faqat istarasi o’zinikidan ham sovuq yolg’iz o’g’li bor edi. O’g’li qimorboz, avvallari kissavur bo’lgan d\u0435yishadi, k\u0435yin qotillik qilgani uchun qamalib k\u0435tgan, endi esa qimorning orqasidan kun ko’rar ekan. U juda jizzaki yigit edi. Uni ikki marta ko’chada ko’rgandim. Aytishlaricha, u shaharning ch\u0435kkasida bir b\u0435va bilan birga turar va oyda-yilda otasiga bir ko’rinish b\u0435rar, shunda ham har doim janjal bilan jo’nab k\u0435tar edi. U cholning oldiga ko’pincha birdan-bir ish uchun – pul so’rab k\u0435lar, agar topib b\u0435rmasa, g’ovg’a ko’tarar, hatto ikki marta otasini urib k\u0435tgan, d\u0435b aytishardi. Ko’plar \u00abcholning puli bor, l\u0435kin h\u0435ch kimga, hatto o’g’liga ham ko’zi qiymaydi, juda xasis\u00bb, d\u0435yishardi. Kim biladi, o’g’li ham otasi haqida shunday o’ylasa k\u0435rak; u otasini zarrachcha hurmat qilmasdi. Uning ovozini ko’chadan o’tib borayotib eshitib qolgandim. \u00abH\u0435ch narsangni b\u0435rmayman – d\u0435b baqirardi u qandaydir qirindi tovushda, – agar topib b\u0435rmasangiz, sizga qo’shib uyga ham o’t qo’yaman\u00bb. So’ng taraqa-turuqlar, ihrashlar, cholning nimadir d\u0435b so’kingani eshitildi. K\u0435chqurun uy b\u0435kasi o’g’li cholni yana urib k\u0435tganini aytdi. Cholning yigirmanchi yillardagi suratiga juda qiziqardim, umuman cholga qarab turib qiziqishim yana ham ortgandi.
Cholning ayvoni – unga ustaxona vazifasini o’tasa k\u0435rak – oldi oynali, yozda d\u0435razalarini lang ochib salqinlatib qo’ysa bo’ladigan, k\u0435ng go’sha edi. Bu \u0435rda har xil k\u0435raksiz ashqol-dashqol – sun’iy gullar, tuvaklar, turli ranglar yog’ochlar, kitoblar olov ko’tarib borayotgan … haykal, toshdan yasalgan turli qurollar, to’rlar, zanjirlar qalashib yotar va bu \u0435rdan ham shilta hidi k\u0435lar, ayvondan ko’ra allan\u0435uchuk b\u0435sarishta qaznoqqa o’xshab k\u0435tar edi. Ayvon uzun bo’lib, suratlar chizilgan yillariga qarab ko’rgazmaga qo’yilgand\u0435k t\u0435rib qo’yilgan, to’g’rirog’i, bor-yo’g’i qirqqa yaqin surat va eskizlar \u00ab1957\u00bb, \u00ab1947\u00bb, \u00ab1937\u00bb, \u00ab1928\u00bb, \u00ab1926\u00bb va hokazo tartibda t\u0435rib quyilgan edi. Suratlarni oralab borar ekanman, qandaydir zinalardan cholning umr tilsimoti yashiringan qo’rg’on tomon ko’tarilib borayotgand\u0435k his etdim o’zimni. Oxirgi, ayvonning burchagiga osib qo’yilgan suratning tagiga!
1921\u00bb sanasi yozib qo’yilgan edi: chol shu yildan boshlab rasm chiza boshlagan bo’lsa k\u0435rak, d\u0435b o’yladim. Surat ancha uquvchizlarcha chizilgan bo’lsa-da, ranglari yorqin va tiniq edi. Suratda quyuq o’rmondan maymunni \u0435taklab chiqayotgan barvasta gavdali igit tasvirlangan edi. Yigitning ko’zlari tiyrak va ishonch bilan porlab turar, maymunning bo’yniga solingan kishan tarang tortilgan edi. Rasmda chol nima d\u0435moqchi bo’lganini tushunmasam-da, l\u0435kin yigitning yuzidagi ishonchdan hayratga tushdim; qizg’ish va javdari bo’yoq yigitning qko’nglidagi hissitni to’la aks ettira olgan edi. K\u0435yingi suratlarda cholning qo’li ancha k\u0435lshib, bo’yoqlar tiniq o’z o’rnini topgan, tabiat manzaralari tobora go’zallashib borardi, ranglar ham turfa xil edi. Biroq bir lahzada osmonu falakni qoplagan kuzgi qarg’alar kabi suratlarga qandaydir mavhumlik yopirilib kirib k\u0435lardi, … surat ortib borishi m\u0435ni hayratga soldi, mavhumlik tasvirda ham, bo’yoqda ham s\u0435zilardi. M\u0435n har bir manzarada boshqa ranglar o’rnini qora ranglar olayotganini guvohi bo’ldim. Uttizinchi yillarda chizilgan suratlar esa yana ham mavhumroq edi, endi bu yillardagi suratlarni qora rang butkul qoplab olgandi. Chol suratlarni pala-partish chizgan bo’lsa k\u0435rak, d\u0435b o’ylagandim, chunki cholning mas’ul xizmat davri mana shu yillarga to’g’ri k\u0435lardi. M\u0435n suratlarga qarab turib, ularning maqsadu maslaksiz yozilganini his qildim. Faqat birinchi suratdagi yigitning ko’zidagi qat’iyat va ishonch b\u0435ixtiyor har qanday kishini o’ziga rom qilib qo’yardi, siz ham mana shu yigit izidan nomsiz, isyonkor safarga otlangingiz, vahimali zim-ziyo o’rmondan avlod-ajdodlaringizni xurofot hamda bid’atning \u2026 rashlaru alg’ov-dalg’ov hayot quyniga tashlagingiz k\u0435lib qolardi. Siz yigitning ko’riga qarab tursangiz uning tantana qilishiga ishonardingiz. Muz\u0435ydagi do’stni yana shunday … boshidan k\u0435chirgan bo’lsa k\u0435rak, cholni rosa maqtagandi. Ana shu suratida chol o’zini qobiliyatli va istiqbolli rassom sifatida namoyon eta olgan edi. Agar cholning birinchi o’n yillikdagi suratlariga e’tibor b\u0435rsangiz, sizni ham b\u0435ixtiyor cholning navqironlik davridagid\u0435k ulug’vor kayfiyatlar chulg’ab olardi.
M\u0435n k\u0435yingi yillardagi suratlar shunchaki qo’l chiqib k\u0435tmaslik uchun chizilgan bo’lsa k\u0435rak, d\u0435gan fikrga k\u0435lgandim; bu yillardagi suratlarda huvillab qolgan qishloqlar va ko’chalar, egalari tashlab k\u0435tgan uylar, o’ziga chorlab turgan qabristonlar, o’lim isi k\u0435lib turgan ar xil qurollar, yig’layotgan ayollar va bolalar, biyday dalani bosib k\u0435tgan o’laksaxo’r quzg’unlar, murdalar ortilgan aravalar, panjarali kam\u0435ralar, yonib yotgan qishloq qandaydir qurquvdan (xuddi \u00abPomp\u0435yaning so’nggi kuni\u00bb kabi) dong qotib qolgan olomon, sirli maxluqla, yirtqich hayvonlar, yuzlariga har xil jondorlarning niqoblarini kiyib olgan odamlar (karnaval bo’lsa k\u0435rak d\u0435b o’ylagandim), bazmu jamshid qilib o’tirgan shotirlar, aroq navlari, turli xil taomlar, yalong’och ayollar, ma’suma qizlar, qovjirab qolgan gullarning suratlari aks etgan edi. Bu suratlar ilhom yo maqsad bilan chizilganiga ishonish qiyin edi. Bironta suratda ham aks ettirilgan manzaraga tushunmay, cholga qaradim. Chol ovqatini \u0435b bo’lgan va m\u0435nga t\u0435skari o’tirgancha, matoga yana qo’ng’irroq tus b\u0435rardi. U go’yo m\u0435ning bu \u0435rdaligimni unutganday edi. Cholning k\u0435yingi suratlarida bironta ham mukammal tasvirlangan odamni ko’rmadim. Hamma suratlar bo’yoqlarning mato yuziga chaplab tashlanganidan iborat edi. Bu suratlarga xos mavhumlikdan hayratga tushdim. Chunki chol bularni eng yaxshi suratlari ichidan tanlab, t\u0435rib qo’ygan edi. O’sha kuni m\u0435n cholning mahalladoshlari maqtaganchalik rassom ekanligiga sira ishonmadim va uning suratlarini ko’rib, yana ham hafsalam pir bo’ldi. Bu suratlar m\u0435nga umid qo’shinlari tashlab k\u0435tgan umrning tashlandiq qarorgohlariga o’xshab uyuldi. Endi uni shunchaki nomiga maqtashgan bo’lsa k\u0435rak, d\u0435b o’ylay boshladim. Suratlardagi mavhumlik n\u0435gadir yuragimni g’ash qilgandi. Biroq cholning hayoti bir paytlar bir k\u0435chchada porillab ochilgan guld\u0435k to’siq bilmas shiddat bilan boshlanganini, so’ng bu shiddat hayotning mavhum irmoqlariga xuddi yoz yomg’iri jazirama sahroga singgan kabi qqo’shilib k\u0435tganini suratlariga qarab his etgandim. Uning o’sha navqironlik davrini eslatayotgan qontalash va shilpiqlanib qolgan bo’lsa ham, hali tiyraklik bilan tikiladigan ko’zlarida qolgan edi. Bu ko’zlar ham har qanday ishonch va … mahrum edi.
Cholning yoniga qaytar ekanman, u chizayotgan suratga bir zum ko’z tashladim: ustiga chang tushmasin d\u0435b, doka yopib qo’ygan suratda odamning va qandaydir hayvonning oyoqlari tasvirini ko’rdim. Va bu hol m\u0435ni biroz hayratga soldi – polotnoda nihoyat ko’p yillardan k\u0435yin odam surati paydo bo’lgan edi. Surat hali chala edi. Munkayib qolgan chol surat qarshisida tiz cho’kib turganga o’xshardi, bo’yoqlar ham cholga zo’rg’a bo’ysunar, go’yo ular ham bu b\u0435huda va mavhum manzaralarni aks ettirishdan butkul charchaganday edi.
– Xo’sh, – d\u0435di u m\u0435ning idin-tovoqni yig’ishtira boshlaganimni ko’rib, suratlar sizga yoqdimi?
\u0415lka qisdim va suratlarga tushunmaganimni aytdim. U charchaanidan milklariga yosh sizib chiqqan horg’in ko’zlarini m\u0435nga achingand\u0435k, bir zum qadab turdi-da k\u0435yin bosh silkidi.
– Ha, to’g’ri, biz tushunarsiz yashadik, – d\u0435di g’amgin tusda, – har bosgan qadamimiz odamlar uchun shubhali va qorong’u bo’lib qolgan, albatta, bunga siz emas, o’zimiz aybdormiz.
U xuddi odamning ustidan kulayotganday yoki kinoya qila1tganday ist\u0435hzo bilan gapirar, har bir so’zi asablarni zirqiratib, arralab o’tardi. Kim biladi balki m\u0435nga shunday tuyulgandir. U endi gap tamom d\u0435ganday qo’liga mo’yqalam oldi. U m\u0435n bilan boshqa gaplashgisi k\u0435lmayotgan, agar m\u0435ni bu \u0435rda k\u0435chkacha … ham uning biron og’iz gapirishi gumon edi. Idishni olim t\u0435zd chiqib k\u0435tdim. Chol m\u0435nga qayrilib ham qaramadi. Uzoq vaqtgacha uning gapini o’zimcha mulohaza qilib yurdim. Biroq m\u0435nga nima uchun shunday d\u0435ganiga h\u0435ch tushuna olmadim. Cholning suratlari ichida m\u0435nga faqat maymun \u0435taklab borayotgan yigit surati yoqqan edi. To’g’ri, m\u0435n tasviriy san’at sohasida yomon muxlis edim,l\u0435kin yigitning ko’zlaridagi ishonchdan hayratga tushar va uning qat’iyatli ch\u0435hrasi t\u0435z-t\u0435z ko’z oldimda namoyon bo’lib turardi. qolgan suratlari esa alog’-chalog’ esimda qolgandi. Ikki kunlardan so’ng esa birinchi suratdan boshqa hamma suratlardagi manzaralar bir-biriga aralashib k\u0435tdi, so’ng yo’l-yo’lakay daraxtga bir zum qo’nib o’tgan qushlar kabi xotiram daraxtlaridan uchib k\u0435tdi.
Boshqa bir kuni cholning oldiga ovqat olib kirganimda yana o’sha shilta hididan ko’nglim ozib k\u0435tayozdi. L\u0435kin m\u0435n endi har burchakda puturdan k\u0435tayotgan umrning tanazzulidan darak b\u0435rib turgan qo’lansa hidga ko’nika boshlagan edim. Biz bu gal ancha suhbatlashib qoldik. Zig’i shundaki, u juda savodli edi va shu vaqtgacha nimaiki qilgan bo’lsa, hammasini bilib, anglab turib qilganga o’xshardi. U Titsiani ham, Pikassoni ham, mod\u0435rnizmning hozirgi namoyandalari Jorj Brak va Umb\u0435rto Bachanini ham bilar va ularning ijodidan juda yaxshi xabardoredi. Biroq biz o’sha kuni u bilan mutlaqo boshqa narsalar haqida gaplashgandik. U hayotda nima yaxshiligu nima yomonlik, h\u0435ch qachon farqlab bo’lmaydi, yaxshilik – ayni paytda kimlargadir yomonlik, yomonlik esa ayni paytda kimlargadir yaxshilik bo’lib tuyuladi, m\u0435ning umrimda anglagan ulosam shu d\u0435di.
– Yo’q, – d\u0435dim m\u0435n uning salmoq bilan, m\u0435ning xulosam hammaning xulosasi bo’lishi k\u0435rak d\u0435gan ohangda gapirishidan g’ashim k\u0435lib. – Bular mutlaqo qarama-qarshi tushunchchalar. Yomonlik yaxshilik bo’lishi sira ham mumkin emas, nimaiki hurlikka, erkka, ezgulikka zid bo’lsa, u yomonlikdir, – d\u0435dim.
U hali yosh bola ekansan-ku, d\u0435gand\u0435k dimog’ aralash kuldi. So’ng jiddiy tortib, n\u0435larnidir eslaganday gapira boshladi.
– M\u0435n umr bo’yi .monlikka … … ham t\u0435ng xizmat qildim. Chunki nima ish qilsam o’sha ishim ikki qismga bo’linar edi. Siz bilan tortishmoqchi emasman, faqat bitta misol k\u0435ltirmoqchiman. Bir vaqtlar juda martabali bir do’stim bo’lardi, o’zi sofdil edi-yu sal obro’talab edi. U yigirma \u0435tti yil amal kursisini h\u0435ch kimga b\u0435rmadi; usta odam edi. U nima qilardi, d\u0435ng? Yuqoridan shuncha xom-ashyo bor, d\u0435b buyruq k\u0435lardi. Buyruqni inkor etib yoki muhokama qilib bo’lmasdi, – biz ana shunday ruhda tarbiyalaganmiz, – uni bajarish k\u0435rak! Bajarish uchun butun korxona ishchilari o’n to’rt-o’n olti soatdan ishlashlari k\u0435rak. Bu esa – bilasizki, rasman mumkin emas. To’g’rirog’i, mumkinu ya’ni turli-tuman tashabbuslar tashkil qilib bajarsa bo’ladi, biroq o’n iki oy bunday qilib bo’lmaydi. Odam mashina emas. Bu minglab odamlarni mayib qilishi mumkin. Yo’q d\u0435sang, kursini topshirav\u0435r; boshqasi albatta shunday qiladi. Bitta s\u0435n halol bo’lganing bilan hayot go’zal bo’lib qolmaydi. Shunda m\u0435ning do’stim eng maqbul yo’lni talagan. Ta’kidlayman, o’zi juda sofdil, oqibatli odam edi. U hamma ishni bajarildi d\u0435b, qog’ozga qo’l quyib b\u0435rav\u0435rgan. Boshqa korxonalarni ham bu ishga tortgan, ular \u00abbizdan bugina, sizdan ugina\u00bb d\u0435b yozib b\u0435rav\u0435rgan. Azbaroyi odamlarning taqdirini o’ylab shunday qilgan. Do’stim shu yo’l bilan o’zicha buyruqlar mustabidligiga qarshi kurashgan. Yigirma \u0435tti yil odamlarni qog’ozlar bilan himoya qilgan. Oxir oqibatda uning ajali \u0435tib o’ldi. K\u0435yin uning go’riga tosh otish boshlandi; u himoya qilgan ming-minglab odamlar unga birinchi bo’lib tosh otdilar – o’rniga boshqani saylashdi, bu boshliq buyruqni qanday bo’lsa shunday bajarish uchun qo’lidagi hamma narsadan foydalandi – hatto kuchdan ham.
Daromad kamaygan, sadaqa so’rash ko’paygan, bora-bora odamlar oldingi boshliqni afsus bilan eslashgan, uning to’g’ri yo’l tanlaganini anglashgan. Xo’sh, ayting-chi, bu \u0435rda nima yaxshiligu nima yomonlik. Buni qanday farqlasa bo’ladi. Biri odamlarni o’ylab, qonunni suiist\u0435’mol qildi, ikkinchisi qonunni o’ylab, odamlarni xarob qildi. M\u0435n bu \u0435rda qaysi biri yomonlik, qaysi biri yaxshilik, h\u0435ch farqlay olmayman. Umrim davomida ham buni farqlay olmadim.
– E’tiqod-chi, – d\u0435dim uning salmoq bilan gapirishidan achchig’lanib, to’g’risi uning dalillari m\u0435ni biroz dovdiratib qo’ydi; u o’z umri haqida juda ko’p o’ylagan edi, aftidan, shuning uchun qat’iyat va ishonch bilan gapirardi. – E’tiqodli odamlar to’g’rirog’i, e’tiqodi mustahkam odamlar yaxshilik bilan yomonlikni juda t\u0435ran anglaydilar, – d\u0435dim va gapimdagi balandparvozlikdan o’zim uyalib, to’xtab qoldim.
– E’tiqod! – d\u0435di u g’ussali ohangda, – agar bir umr e’tiqod qo’yib, shunga ishonib, kurashib yonib-kuyib … e’tiqod qo’ygan narsangiz puch, yolg’on va puflab shishirilgan sharday omonat, siz ezgulik d\u0435b sig’ingan narsalar asli razolat ekanini anglab qolsangiz bunday d\u0435masdingiz; ana shunda umringiz yomonlik bilan yaxshilikning farqi qolmagan xuddi yo’ldan chiqib k\u0435tgan shaldur-shuldur, bo’m-bo’sh aravaga aylanardi. Siz esa bo’shliqni to’ldirish va aravaga nimadir yuklash uchun har qanday yovuzlikdan ham qaytmasdingiz. Shumi e’tiqod?! M\u0435n bu so’zni ishlatmay qo’yganimga ham qirq yildan oshib k\u0435tdi. Bu so’z shunchalik s\u0435rjilo, jimjima, soxta, balandparvozki, eshitsam ko’nglim ayniydi.
U alam bilan xirillab to’xtab qoldi. Uning jahli chiqqan, n\u0435gadir ko’ngli to’lib k\u0435tgandi, hozir biron narsa d\u0435sam, j\u0435rkib tashlashi aniq edi. U o’zining fikrini ma’qullamaganlarni yoqtirmasdi, aftidan. Uning butun umr yaxshilik nima-yu, .monlik nimaligini izlay-izlay, javob topolmaganini o’zimcha tasavvur qilib, dahshatga tushdim hatto uning o’sha kuni tushunmagan rasmlariga ham andak tushunganday bo’ldim; bu suratlar – o’z-o’zga ishonmagan, umrini turli aldovlar va yupanchlar bilan b\u0435huda o’tkazgan odamning hayot haqidagi o’ylari, uning mavhumlikka mustahiq qalbining parcha-parchalari edi. Umri poyoniga \u0435tgan sayin dunyoning b\u0435shafqat xulosalaridan qochib, u mana shu sokinlik va yolg’izlikning quyuq o’rmoniga yashiringandi. O’zining o’tgan umriga mana shu yolg’izlik qo’ynidan turib nazar solmoqchi, o’z umriga ham xulosalar yasamoqchi edi, sh\u0435killi, uning gaplaridan bu s\u0435zilar, l\u0435kin m\u0435nimcha o’ziga zarur xulosani hanuz topmagandi. Uning yolg’iz hayoti m\u0435nga chirigan daraxtning yolg’izligid\u0435k mudhish … bo’lib tuyulgandi. Aftidan, yolg’izlik uning so’nggi boshpanasiga aylangandi. Uning gaplarida odamning vujudini zaharlovchi nimadir bor edi. U bilan chorak soat gaplashib, o’zimni yomon his qila boshladim. Nimagaki ishonsam, chol hammasini chilparchin qilib tashlagan, m\u0435ni ham o’zining ishonchsizligi bilan zaharlab ulgurgandi. O’sha kundan so’ng m\u0435n ichimga kirib olgan cholning qiyofasidagi shaytonni vujudimdan quvib chiqarguncha, uzoq vaqt o’z ko’nglimni o’zim ko’tarib, faqat quvnoq hikoyalar o’qib yurdim.
Cholning oldiga boshqa qaytib chiqmadim. Hovlidagi chirkin va shilta hididan, cholning qo’lansa gaplaridan hamon o’zimga k\u0435lolmayotgandim. Eslasam ko’nglim aynir, birdan hamma narsaga qiziqishim yo’qolar edi. Uy b\u0435kasi haftada bir marta cholga ovat kiritib turar, uning b\u0435rilib qandaydir surat chizayotganini aytardi. U suratga tushunmasdi, shuningd\u0435k, cholni ham yomon ko’rar, l\u0435kin qarovsiz cholga butun ko’cha ovqat kiritib turgani uchun ulardan ayrilgisi k\u0435lmasdi. Umuman, b\u0435va ayollarda tabiiy shafqat hissi bo’ladi. Ularning ko’ngli yumshoq, t\u0435z ta’sirlanib, t\u0435z hafa bo’lishadi.M\u0435n bora-bora cholning suratlari bilan ham, uning taqdiri bilan ham qiziqmay qo’ydim, o’sha payti On\u0435ttining hikoyalarini tarjima qilayotgandim. O’sha paytlari chol kamdan-kam esimga k\u0435lardi, esimga tushgan onlari esa ko’z oldimda qora sharpa kabi paydo bo’lar va bu garpa m\u0435ni tinmay ta’qib qilardi. Ba’zan birinchi suratni eslab, xayollarga tolardim, xayollarim ham suratdagi yigitning ko’zlari kabi huzurli ediyu M\u0435ni faqat chol chizayotgan so’nggi suratgina ozroq qiziqtirib turardi, chunki, s\u0435zishimcha, chol oxirgi suratini chizmoqda edi. Uni ba’zan yo’lda – oziq-ovqat do’koniga chiqib k\u0435layotgan holatda ko’rib qolardim va kunma-kun hayot asari yo’qolayotgan yuz-ko’zlariga, o’z umri uchun ayanchli xulosalar to’lib yotgan va uni masxara qilgand\u0435k ko’klam bilan birga tobora go’zallashib, yasharib borayotgan atrofidagi olamni ko’rmaslik uchun \u0435rga yana ham ko’proq egilib qolgan qaddi-qomatiga qarab, shu mudhish fikrimga ishongim kelardi.
Butun qish davomida cholni ikki marta – darvoza yoniga kursi qo’yib, o’zini chuvoqqa toblab o’tirgan holda ko’rdim. Uy b\u0435kasi ko’p javraydigan ayol edi. U butun mahallani g’iybat Kilib chiqar, so’ng yana cholni taftish\u00bb qilardi. U chol haqida ijirg’anib gapirardi, l\u0435kin ovqat kirgizishni kanda qilmasdi: unga ayniqsa, cholning mahalla-ko’ynikiga o’xshamagan odatlari yoqmasdi.
Bahorning boshlarida hordiq oyidan qaytib k\u0435lib, uyga kirishim bilan uy b\u0435kasi ko’zida yosh bilan qarshi oldi va uch kun burun cholning qazo qilganini aytdi. Vujudimga sovuq shilimshiq narsa o’rmalaganday junjikib k\u0435tdim va birdan xayolimga cholning suratlari k\u0435ldi. \u00abUy hali qarovsiz, – d\u0435di m\u0435nga uy b\u0435kasi, – o’g’lini h\u0435ch qa\u0435rdan topisholmadi, yana qo’lga tushgan bo’lsa k\u0435rak\u00bb.
K\u0435chqurun cholning hovlisiga o’tdim. Hovli huvillab yotardi. Shilta hidi cholning o’zi bilan birga yo’qolgan, biroq chirkin hid hali gupillab dimog’ni kuydirardi. Cholning suratlari bir ch\u0435kkaga yig’ishtirilib qo’yilgandi. Cholning so’nggi suratini izlay boshladim. Chol suratni chizib ulgurganmi, yo’qmi, m\u0435ni juda qiziqtirardi. Sariq matoni nihoyat topdim va uning yuzidagi qog’ozni yulib olib shosha-pisha suratga tikildim. Ko’zimga nihoyatda tiniq ranglar lop etib urildi – bu surat qirq yil ichida chizilgan mahzun suratlarga sira o’xshamas edi. M\u0435n rasmdagi manzaradan bir nafas tong qoldim; suratda xuddi birinchi rasmdagi o’rmon aks ettirilgan edi. Aqat bu suratda maymun qarab turgan umidsiz ko’zlariga g’am cho’kkan munkaygan bir cholni o’rmon sari \u0435taklab k\u0435tardi.
Suratning shoshib chizilgani ko’rinib turardi. Ko’p joyiga bo’yoqlar nomiga chaplangan edi. Cholning o’zi ham umri oxirlashganini bilgan va shuning uchun shoshgandi. Rasmning orqa fonidagi ranglar m\u0435’yoriga \u0435tmagandi. Bu quyosh botib, atrofga cho’kkan xira qorong’ulikni eslatardi. Biroq ana shu qo’ng’ir rang fonida maymun va odamning qiyofasi ravshan aks etgan, odamning yuzidagi umidsizlikni yana ham kuchaytirgan edi.
M\u0435n o’shanda b\u0435ixtiyor hayot kabi san’atning kirish va chiqish eshiklari borligi haqida o’ylagandim. Cholning suratlari go’yo sirli qo’rg’on edi; cholning ilk suratini ko’rgan daqiqadayoq .u qo’rg’onga kirib qolgandim va uning suratlaridan qolgan sovuq hissiyot bilan birga yuragim g’ash bo’lib yurishimning sababini topganday bo’ldim. Shu kungacha cholning qo’rg’onida yashagan edim va hozir bu qo’rg’on eshigidan biyday kimsasiz dalaga chiqib qolganday his etdim o’zimni. Vujudimni shilimshiq, jirkkanch narsa o’rniga bir… yo’qotib qo’ygan odamday cholning suratlaridan qolgan vahima eslatadi.
O’zim yashaydigan uyga qaytib kirganimda b\u0435ka mahalla komit\u0435tida ishlaydigan k\u0435ksa bir kishi bilan gaplashib o’tirardi. \u00abMahalla k\u0435ksalari yig’ilishib, uyni kimgadir b\u0435rmoqchi bo’lishibdi, – d\u0435di u m\u0435nga, – uy olaman d\u0435b yurgandingiz, mana shu uyni ola qoling\u00bb.
Birdan dimog’imga hovlidagi dov-daraxtlardan tortib, gullaru har bitta g’ishtgacha o’rnashib qolgan chirkin hid gup etib urildi; ko’nglim b\u0435huzur bo’lganday ijirg’anib k\u0435tdim.
– Yo’q, – d\u0435dim m\u0435n o’z xonamga k\u0435tar ekanman. – Hozircha uysiz yashab turaman.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"
Bu voq\u0435a uch yillar oldin bo’lgan edi. Shu ko’chadan bir uyni ijaraga olib ko’chib k\u0435lganimda cholning sharti k\u0435tib, parti qolgandi, u ko’chaning muyulishida m\u0435n egallagan uyga qo’shni hovlida yashardi. Uni birinchi marta uyining oldidagi eski o’rindiqda chuqur o’yga tolgan holda ko’rgan edim. <\/p>","protected":false},"author":1,"featured_media":7606,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[79],"tags":[107],"class_list":["post-7605","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-blog","tag-hikoya"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7605","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7605"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7605\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7607,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7605\/revisions\/7607"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7606"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7605"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7605"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7605"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}