{"id":7601,"date":"2024-01-19T11:53:56","date_gmt":"2024-01-19T11:53:56","guid":{"rendered":"https:\/\/akademnashr.uz\/?p=7601"},"modified":"2024-01-19T11:53:57","modified_gmt":"2024-01-19T11:53:57","slug":"kitobxon-mulohazalari-harper-lining-mazaxchini-o%ca%bbldirish-asari-haqida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/kitobxon-mulohazalari-harper-lining-mazaxchini-o%ca%bbldirish-asari-haqida\/","title":{"rendered":"Kitobxon mulohazalari: Harper Lining &laquo;Mazaxchini o\u02bbldirish&raquo; asari haqida"},"content":{"rendered":"<p class=\"has-medium-font-size\">Tarixdan olgan bilimlarimiz, filmlarda ko\u02bbrgan sahnalarimizdan ma\u02bclumki, Amerika Qo\u02bbshma Shtatlarida irqiy kamsitilishlar ko\u02bbplab uchragan. Maktablar deysizmi, shifoxonalar deysizmi yoki qabristonmi &#8211; hammasi ikki irq vakillari uchun alohida-alohida bo\u02bblgan. Mabodo qaysidir qora tanli oq tanlilar uchun belgilangan joylarga kirsa yoki faqat oq tanlilar foydalanadigan narsalardan foydalansa, eng yumshoq muomala qilinganda ularni qattiq haqorat qilib quvishgan. Agar o\u2018shanday holatda qora tanlilar qarshilik ko\u2018rsatsa, politsiya ularni olib borib qamagan. Ana endi o\u02bbylab ko\u02bbraylik, qora tanlilarga nisbatan shunday shafqatsizlik bilan munosabatda bo\u02bblinayotgan jamiyatda oq tanli ayolni zo\u02bbrlashda ayblanayotgan, ammo aslida aybsiz bo\u02bblgan bir qora tanli erkakka sud qanday jazo berishi mumkin edi? &laquo;Mazaxchini o\u02bbldirish&raquo; asarini o\u02bbqish orqali siz shu sud jarayoni bilan tanishishingiz mumkin bo\u02bbladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Asar kichik yoshli qizaloq Skaut tilidan bayon qilinadi. Uning akasi Jem va do\u02bbsti Dill bilan munosabati, o\u02bbyinlari davomida bir qarashda silliq kechayotgan yosh bolaning o\u02bbylari tasvirlangandek ko\u02bbrinsa-da, uning zamirida jiddiy mavzular yotadi. Ularning otalari Attikus esa chinakamiga vijdonli huquqshunos timsoli. Ma\u02bclumotlarga qaraganda, ushbu obrazga muallifning otasi prototip qilib olingan ekan. Attikus sud qanday qaror chiqarishini bilsa ham, jon-jahdi bilan &laquo;mazaxchi&raquo;ni qutqarishga harakat qiladi. &laquo;Mazaxchini o\u02bbldirish katta gunoh, chunki u shunchaki odamlar uchun kuylaydi, ularga zarar keltirmaydi&raquo;, degan edi u. Qora tanlilar ham shunday, oq tanlilarga yordam bersa beradilarki, zarar keltirmaydilar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">&laquo;Mazaxchini o\u02bbldirish&raquo;ni mutolaa qilish orqali siz Amerika madaniyati, uning qonunlari haqida boxabar bo\u02bblish bilan birga, aka-singilning go\u02bbzal munosabatlari va namunali otaning farzandlari bilan bo\u02bblgan chiroyli muomalasi, har bir narsani oqillik bilan tushuntirishidan ta\u02bcsirlanasiz. Parallel tarzda tasvirlangan turli shaxslar taqdirlarini o\u02bbzaro solishtirish orqali kichik bolalarga-da mehribonlik qilgan ayollar-u erkaklardagi chinakam oliyjanoblik va alamzadaligi qurboni sifatida yosh bolani o\u02bbldirishgacha borishga jur\u02bcat etgan badfe\u02bcl kimsalarning qilmishlaridan hayratlanib, beixtiyor ularni yaxshi ko\u02bbrib qolasiz yoki qalbingizni nafrat egallaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Odatda nashr ettirilishini uzoq kutgan va yaqin odamlarim sovg\u02bba qilgan asarlar qalbimda chuqur o\u02bbrin egallaydi. &laquo;Mazaxchini o\u02bbldirish&raquo; ham, umuman olganda, mening sevimli asarlarim ro\u02bbyxatidan joy oldi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Sizlarga hech ikkilanmay tavsiya qila olaman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Mutolaadan so\u02bbng kinosini ko\u02bbrish ham joiz. 8ta nominatsiya bo\u02bbyicha Oskar olgan.<\/p>\n\n\n\n<p><em>Mohinur Shavkatbek qizi<\/em><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tarixdan olgan bilimlarimiz, filmlarda ko\u02bbrgan sahnalarimizdan ma\u02bclumki, Amerika Qo\u02bbshma Shtatlarida irqiy kamsitilishlar ko\u02bbplab uchragan. Maktablar deysizmi, shifoxonalar deysizmi yoki qabristonmi &#8211; hammasi ikki irq vakillari uchun alohida-alohida bo\u02bblgan. Mabodo qaysidir qora tanli oq tanlilar uchun belgilangan joylarga kirsa yoki faqat oq tanlilar foydalanadigan narsalardan foydalansa, eng yumshoq muomala qilinganda ularni qattiq haqorat qilib quvishgan. Agar [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7478,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[79],"tags":[],"class_list":["post-7601","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-blog"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7601","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7601"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7601\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7602,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7601\/revisions\/7602"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7478"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7601"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7601"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7601"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}