{"id":7596,"date":"2024-01-18T12:03:35","date_gmt":"2024-01-18T12:03:35","guid":{"rendered":"https:\/\/akademnashr.uz\/?p=7596"},"modified":"2024-01-18T12:03:36","modified_gmt":"2024-01-18T12:03:36","slug":"daryo-toshqin-suvlar-tolqin-otolmayman-yor-yor","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/daryo-toshqin-suvlar-tolqin-otolmayman-yor-yor\/","title":{"rendered":"\u201cDaryo toshqin, suvlar to\u2018lqin, o\u2018tolmayman, yor-yor\u2026\u201d"},"content":{"rendered":"<p class=\"has-medium-font-size\">Yozuvchi Furqat Alimardonning <a href=\"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/product\/pichirlangan-sirlar-furqat-alimardon\/\">\u201cPichirlangan sirlar\u201d<\/a> qissasi mintaqamizga tahlika solib turgan suv muammosiga bag\u2018ishlangan. Asar qahramoni 2030 yilga borib, O\u2018zbekistonda 7 kub kilometr suv tanqisligi kuzatilishi haqidagi xabarni o\u2018qib qoladiyu, ko\u2018ksiga g\u2018ulg\u2018ula tushadi. Butun asar davomida suv muammosini yechish bo\u2018yicha izlanadi. Umuman olganda, muallifning badiiy niyati, kitobxonga aytmoqchi bo\u2018lgan asosiy fikri ezgu. Avvalo, yirikroq asar yozishga bel bog\u2018labdi, jur\u2019atu g\u2018ayrati e\u2019tiborga loyiq. U o\u2018quvchiga bu muammoga loqayd qarab turish mumkin emasligini, hozir harakat qilmasak, suvni asramasak ertaga kech bo\u2018lishi mumkinligini eslatmoqchi bo\u2018ladi. Harqalay, hozirgi vaqtda bu kabi ijtimoiy muammo negiziga qurilgan asarlarga zarurat bor.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Muallif suv muammosining qanday yuzaga kelganiyu uni qanday bartaraf etish mumkinligiga oid materiallarni erinmay yig\u2018gan, o\u2018qigan, uqqan. Suv haqida ne matn borki, muallifning ko\u2018z qiridan chetda qolmagan, albatta. O\u2018ylagan mavzusini yaxshi o\u2018rgangani \u2013 yozuvchining yutug\u2018i. Shuningdek, atrofda bo\u2018layotgan voqealarni obdon kuzatib, xulosalarini, o\u2018y-mulohazalarini badiiy matnga singdirishga harakat qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Badiiy asar hayotiy material negiziga quriladi. Unda badiiy komponentlar qatnashadi. Tili, fabulasi, g\u2018oyasi, makon-zamoni, obrazlar tizimi, xarakterlar orqali badiiy asarning qadr-qiymatini baholash mumkin. Agar aytiladigan fikr ezgu bo\u2018lsayu, uni qo\u2018pol va baland ovozda yetkazilsa, ko\u2018ngilni xira qiladi. Xuddi shuningdek, badiiy asarda ham g\u2018oya va mavzuning originalligi boshqa nuqsonlarni bekitib qo\u2018ya olmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Asarni bir o\u2018tirishda o\u2018qib chiqdim. O\u2018ylashimcha, qissada berilgan hujjatli matnlar o\u2018quvchini biroz zeriktirishi mumkin. Muallif hayotiy materiallarni yig\u2018arkan, uni badiiy matnga aylantirishda biroz hafsalasizlik yoki dangasalik qilgan. Mutolaadan keyin menda ba\u2019zi savollar tug\u2018ildi. Masalan, Orif nega o\u2018sha xabardan keyin birdan suv muammosi haqida o\u2018ylab qoldi? Vaholanki, uning ish joyi suv bilan bog\u2018liq tashkilot edi. Yoki Barno asarda nega paydo bo\u2018ldiyu, yana shu tariqa izsiz yo\u2018qoldi? Uning asardagi missiyasi nima edi? Asarga Boho cho\u2018ntak obrazini kiritishdan maqsad nima? Va hokazo 4-5 savol o\u2018ylantirdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">\u201cPichirlangan sirlar\u201dda obrazlarning nutqi masalasida ham ba\u2019zi savollar bor. Muallif asarda keltiradigan maqolalar, hujjatlar tili bilan qahramonlari tilida o\u2018xshashliklar bor. Ba\u2019zan juda kitobiy gapirib qo\u2018yishadi. Ayniqsa, o\u2018g\u2018ri Baho cho\u2018ntak obrazi professorlardan kam gapirmaydi. Uning nutqidagi \u201cijtimoiy ehtiyojlar\u201d, \u201cmadaniy qadriyatlar\u201d kabi jumlalar bunga dalil. Yoki feministkalaru qo\u2018shxotinlik haqidagi gap-so\u2018zlar qahramonni ko\u2018p chalg\u2018itgan. Suv muammosiday ulkan dardni o\u2018ziga yuqtirgan insonga bu gap-so\u2018zlar ortiqchaday tuyuladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">\u201cPichirlangan sirlar\u201dning kompozision qurilishi menga yoqdi. Biroq lavhalar, suvning insoniyatga maktubi va hokazo hujjatli parchalarni badiiy asarning umumiy syujeti bilan uyg\u2018unlashtirishda muallifga biroz tajriba yetishmaganday tuyuldi. Yoki hafsalasizlik qilgan. Asarda hujjatli materiallar ko\u2018p deb o\u2018ylayman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">Asosiysi, muallif shijoat ko\u2018rsatgan, jur\u2019at topgan. Yaxshimi, yomonmi bir qissa paydo bo\u2018ldi. Kitobning fazilatlari haqida so\u2018zlay turib, ba\u2019zi nuqsonlari haqida ham yozish kerak deb o\u2018yladim. Albatta, bular kaminaning shaxsiy qarashlari va fikrlari, xolos. Muallifning keyingi ijodiga omad tilayman. Yangi kitob muborak bo\u2018lsin!<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\"><a href=\"https:\/\/t.me\/xurshidabdurashid\/4756\"><strong>Xurshid Abdurashid<\/strong><\/a><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yozuvchi Furqat Alimardonning \u201cPichirlangan sirlar\u201d qissasi mintaqamizga tahlika solib turgan suv muammosiga bag\u2018ishlangan. Asar qahramoni 2030 yilga borib, O\u2018zbekistonda 7 kub kilometr suv tanqisligi kuzatilishi haqidagi xabarni o\u2018qib qoladiyu, ko\u2018ksiga g\u2018ulg\u2018ula tushadi. Butun asar davomida suv muammosini yechish bo\u2018yicha izlanadi. Umuman olganda, muallifning badiiy niyati, kitobxonga aytmoqchi bo\u2018lgan asosiy fikri ezgu. Avvalo, yirikroq asar yozishga [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7599,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[79],"tags":[102],"class_list":["post-7596","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-blog","tag-taqrizlar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7596","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7596"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7596\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7600,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7596\/revisions\/7600"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7599"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7596"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7596"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7596"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}