{"id":7580,"date":"2024-01-15T11:35:23","date_gmt":"2024-01-15T11:35:23","guid":{"rendered":"https:\/\/akademnashr.uz\/?p=7580"},"modified":"2024-01-16T11:18:55","modified_gmt":"2024-01-16T11:18:55","slug":"xitoyda-hamma-bir-birini-senlaydi-o%ca%bbqituvchiligingizni-bilib-qolishsa-darrov-sizlay-boshlashadi-xitoydagi-o%ca%bbzbekistonlik-oqituvchi-bilan-suhbat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/xitoyda-hamma-bir-birini-senlaydi-o%ca%bbqituvchiligingizni-bilib-qolishsa-darrov-sizlay-boshlashadi-xitoydagi-o%ca%bbzbekistonlik-oqituvchi-bilan-suhbat\/","title":{"rendered":"Dilsora Mirzaahmedova: \u201cXitoyda hamma bir-birini senlaydi, o\u02bbqituvchiligingizni bilib qolishsa, darrov sizlay boshlashadi\u201d."},"content":{"rendered":"<p><em>Pekin shahrida joylashgan Markaziy millatlar universitetining<\/em> <em>o\u2018zbek tili o\u2018qituvchisi<\/em> <em>Dilsora Mirzaahmedova<\/em> <em>Xitoyning o\u02bbqituvchilarga e\u02bctibori, <em>ta\u02bclim va kitobxonlik <\/em> kabi mavzulardagi savollarimizga javob berdilar. <\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\">\u2014 <strong>Hozirda mehnat faoliyatingizni Xitoyda olib borar ekansiz. Bu mamlakatga ilk safaringiz qanday bo\u02bblgani va u yerda qolishingizga nimalar turtki bo\u02bblgani haqida gapirib bersangiz.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\">\u2014 Biz O\u02bbzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti Xitoy tili yo\u02bbnalishida o\u02bbqirdik. Davlat granti yutib, ilk bor 2007-yilda Xitoyning Chanchun shahriga o\u02bbqishga kelganman. Toshkentdan Pekinga samolyotda uchib kelib, Pekindan Chanchungga poyezdda ketganmiz. Xayolimizga kelgan ilk fikr \u201cO\u02bbqituvchimiz bizni aldabdi\u201d degan gap bo\u02bblgan, chunki o\u02bbqituvchimiz so\u02bbzlab bergan Xitoy sehrli, go\u02bbzal, hamma joyi toza mamlakat edi. Uning yomon tomonlari haqida esa lom-mim demagan. Shu tariqa bu mamlakatga kelishimiz bilanoq \u201cmadaniy shok\u201dni boshimizdan o\u02bbtkazganmiz. Boshida biroz qiyin bo\u02bblgan, keyinchalik sekin-sekin ko\u02bbnikkanmiz.<br>Bu yerda qolishimga sabablar asosan ikkita. Birinchidan, yaxshi ish taklif qilishgan, ikkinchidan, farzandimning xalqaro muhitda, ya\u02bcni ko\u02bbp tillarni bilib o\u02bbsishini xohlaganman. Hozir bu maqsadimizga deyarli erishdik, qizim 4 ta tilda gaplasha oladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\"><strong>\u2014 Xitoy Markaziy Millatlar Universitetida sizdan boshqa o\u02bbzbek o\u02bbqituvchilar ham bormi? O\u02bbzbek talabalar-chi?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\">\u2014 Xitoy Markaziy Millatlar Universitetida hozirgi paytda boshqa o\u02bbzbek o\u02bbqituvchi yo\u02bbq. Avvalroq qisqa muddat ishlashgan. Xitoy tili va boshqa yo\u02bbnalishlarda o\u02bbqiyotgan o\u02bbzbekistonlik talabalar bor. Adashmasam, shu yilning o\u02bbzida 10 ga yaqin o\u02bbzbekistonlik yoshlar o\u02bbqishni boshlashdi.<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full is-resized\"><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" width=\"1280\" height=\"720\" src=\"https:\/\/akademnashr.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/01\/photo_2024-01-15_14-56-19-1.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-7587\" style=\"object-fit:cover;width:785px;height:auto\"\/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\"><strong>\u2014 Ba\u02bczida hammasiga qo\u02bbl siltab O\u02bbzbekistonga qaytish haqida o\u02bbylab qolganmisiz?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\">\u2014 Har kuni kamida 30 marta hammasiga qo\u02bbl siltab O\u02bbzbekistonga qaytgim keladi. Yoshlikda unchalik bilinmaydi, shoshib-pishib ish bilan, o\u02bbqish bilan yugurib yurasiz. Lekin yaqinlaringiz yoshi ulg\u02bbayaversa, birin-ketin ularni yo\u02bbqotishni boshlaganingizda musofirchilikning haqiqiy qiyinchiligini tushuna boshlaysiz. Chunki ular bilan ko\u02bbrishish mumkin bo\u02bblgan har bir soniya, har bir lahza g\u02bbanimat bo\u02bblishi mumkin. Shularni o\u02bbylab ko\u02bbpincha ketgim keladi, lekin, shukrki, hozir eng yaqin insonlarim yonimda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\"><strong>\u2014 Xitoyda o\u02bbqituvchilarning mavqei qanaqa? Hukumat o\u02bbqituvchilar uchun qanday imtiyozlar joriy etgan?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\">\u2014 Xitoyda hamma bir-birini senlaydi, o\u02bbqituvchiligingizni bilib qolishsa, darrov sizlay boshlashadi. Eshiklarni ochib berib mulozamat qilishadi. Bozorlarda ham \u201cO\u02bbqituvchiman\u201d desangiz, sizga hurmat bilan muomala qilishib, narxlarni arzonlashtirib berishadi. Universitetlarning o\u02bbzlari ham turli imtiyozlar beradi, bayramlarda sovg\u02bba-salomlar ulashadi. Hukumat ham o\u02bbqituvchilar uchun ko\u02bbplab imtiyozlar joriy qilgan. Xorijlik va xitoylik o\u02bbqituvchi o\u02bbrtasida farq bor, ular o\u02bbzlarining o\u02bbqituvchilariga ko\u02bbproq imtiyoz berishadi. Chunki bizning maoshimiz ularnikiga qaraganda yuqori. Masalan, xitoylik o\u02bbqituvchi ishlayotgan muassasada uning farzandi davlat byudjeti hisobidan o\u02bbqishi, ishxona tomonidan taqdim etiladigan uylarga ega bo\u02bblishi, avtomobil va boshqa ehtiyojlari uchun imtiyozli kreditlardan foydalanishi mumkin. Shuningdek, o\u02bbqituvchilik guvohnomangizni ko\u02bbrsatsangiz, sizga 15 foiz chegirma taqdim etadigan kitob do\u02bbkonlari bor.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\">Xitoyda o\u02bbqituvchilarni juda qattiq hurmat qilishgani uchun ko\u02bbpchilik ota-onalar farzandining o\u02bbqituvchi bo\u02bblishini xohlaydi. Mening ilmiy rahbarim ham: \u201cQizim o\u02bbqituvchi bo\u02bblishini xohlagandim, afsuski, o\u02bbqituvchi bo\u02bblib jiddiy kasb bilan shug\u02bbullanish o\u02bbrniga yengil-yelpi hayotni tanladi\u201d, \u2012 deb qo\u02bbyadilar. Aslida, qizlari katta kompaniyada ishlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\">O\u02bbqituvchi va talaba o\u02bbrtasidagi munosabat juda iliq bo\u02bbladi. Talabalar o\u02bbzlarini ustozlaridan bir umr qarzdordek his qilishadi. 10 yil o\u02bbqituvchilik qilgan odamning ancha-muncha joyga \u201cqo\u02bbli yetadigan\u201d bo\u02bblib qoladi, ya\u02bcni hamma joyda tanishi bor, hamma joyda shogirdlari bor. Shuning uchun ham o\u02bbqituvchi bo\u02bblishni juda xohlashadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\">O\u02bbqituvchilar kasal bo\u02bblib qolsa, universitetimiz shifoxonasida davolanib chiqishi mumkin. Bundan tashqari, o\u02bbqituvchilar uchun universitetda halol oshxona bor, atiga 4 yuanga tushlik qilamiz, bu deyarli tekin degani.<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full is-resized\"><img decoding=\"async\" width=\"1280\" height=\"853\" src=\"https:\/\/akademnashr.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/01\/photo_2024-01-15_14-55-44.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-7584\" style=\"aspect-ratio:1.7777777777777777;object-fit:cover;width:854px;height:auto\"\/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\"><strong>\u2014 O\u02bbzbekistonda o\u02bbqituvchilar mavqeini ko\u02bbtarish uchun qanday takliflar bergan bo\u02bblardingiz?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\">\u2014 Birinchi navbatda, o\u02bbqituvchilarning bilimini ko\u02bbtargan bo\u02bblardim. Ikkinchidan, ularga turli ijtimoiy imtiyozlar taqdim etgan bo\u02bblardim, masalan, salomatlik uchun sug\u02bburtalar, uy olish uchun imtiyozli kreditlar. O\u02bbqituvchilarning farzandlari davlat granti asosida o\u02bbqishiga imkon berilishini xohlardim. Chunki o\u02bbqituvchi jamiyatning asosiy negizidir. O\u02bbqituvchi yaxshi bo\u02bblsagina, ta\u02bclim sifatli bo\u02bbladi, rivojlanish bo\u02bbladi. Sharoit ming zo\u02bbr bo\u02bblmasin, sifatsiz bilim oladigan o\u02bbqituvchi dars beradigan bo\u02bblsa, hamma narsa tanazzulga yuz tutadi. Shuning uchun ularning ilmini ko\u02bbtarish va imtiyozlarni o\u02bbqituvchilardan boshlash kerak.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\"><strong>\u2014 O\u02bbqituvchi sifatida sizni nimalar ko\u02bbproq tashvishga soladi?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\">\u2014 O\u02bbqituvchilarga hurmatsizlik qilishlari, nazarga ilmasliklari ko\u02bbproq tashvishlantiradi. Qolaversa, o\u02bbqituvchilarning o\u02bbzidagi yosh tafovutini hisobga olmasliklari ham bor. Masalan, bizning o\u02bbqigan davrimizdagi kitoblarni hozirgi bolalar o\u02bbqimaydi, umuman olganda, kitob o\u02bbqimay qo\u02bbyishdi. O\u02bbylab qarasam, bolalarimizning axborot olish usuli o\u02bbzgardi. Demak, ular video, audio formatda axborot ola boshlashgan ekan, biz ularga yaqinlashish uchun, ular bilan hamnafas bo\u02bblish uchun o\u02bbzimiz ham shu narsalardan boxabar bo\u02bblishimiz kerak. Erinmasdan, doimiy ravishda o\u02bbz ustimizda ishlashimiz lozim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\"><strong>\u2014 Raqamli texnologiyalar rivojlanishi o\u02bbqituvchi uchun qanday qulayliklar yaratdi, o\u02bbz navbatida, uning salbiy jihatlari ham sezildimi?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\">\u2014 Raqamli texnologiyalar rivojlanishi o\u02bbqituvchi uchun juda qulay, masalan, hozir men katta kompyuterimni universitetga olib borib o\u02bbtirmayman. Hamma materiallarimni \u201cWeChat\u201dimga yoki elektron pochtamga tashlab qo\u02bbyaman va ishxonadagi alohida kompyuterimdan ochib olaman, uyda tayyorlagan narsamdan bemalol foydalansam bo\u02bbladi. Raqamli texnologiyalarning foydasi ko\u02bbproq. Universitetimizda foydalanadigan uskunalarimizning hammasi eng zamonaviylari, ularni hazillashib raketa deyman. Chunki o\u02bbqituvchining stoli baland, bir vaqtning o\u02bbzida ham online, ham offline dars o\u02bbtish imkoniyati bor. Noqulay tomonlari ham seziladi. Masalan, talabaga vazifa bersangiz, darrov ChatGPT orqali tayyorlab keladigan paytlari ham bo\u02bblyapti. \u201cMen bu narsani sizlardan ham yaxshiroq bilaman, agar sun\u02bciy intellektdan foydalanib kelgan bo\u02bblsangiz, 0 qo\u02bbyib beraman\u201d, \u2012 deb ularni oldindan ogohlantirib qo\u02bbyaman.<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full is-resized\"><img decoding=\"async\" width=\"1280\" height=\"960\" src=\"https:\/\/akademnashr.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/01\/photo_2024-01-15_14-56-16.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-7585\" style=\"aspect-ratio:1.5;object-fit:cover;width:756px;height:auto\"\/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\"><strong>\u2014 Xitoy adabiyotiga munosabatingiz qanday? O\u02bbzbek tiliga tarjima qilinmagan, lekin tarjima qilinishi shart deb hisoblaydiganingiz mualliflar yoki kitoblar haqida gapirib bering.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\">\u2014 Xitoy adabiyoti \u2012 juda keng va katta adabiyot. O\u02bbzbek tiliga tarjima qilinmagan, lekin qilinishi kerak bo\u02bblgan asarlar ko\u02bbp. Masalan, Mo Yan, A Yi, Yu Hua kabi yozuvchilarning asarlari. Xitoyning juda go\u02bbzal she\u02bcriyati bor. \u201cDengiz qaysi sahifasini ochsa, men o\u02bbsha sahifasini borib o\u02bbqiyman\u201d degan chiroyli she\u02bcrlari bor. Shunga o\u02bbxshash she\u02bcrlarni tarjima qilish kerak, lekin badiiy didi yuksak ijodkorlar bilan hamkorlik qilgan yaxshiroq deb o\u02bbylab qolaman, bu borada o\u02bbzimning rejalarim ham bor.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\"><strong>\u2014 Ko\u02bbproq kitob o\u02bbqishga vaqt topish uchun vaqtni qanday taqsimlashni maslahat berasiz?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\">\u2014 Bu \u2012 men uchun juda og\u02bbriqli mavzu. Juda kam kitob o\u02bbqiydiganlar qatoriga kirib qoldim, lekin imkon qadar ko\u02bbproq mutolaaga vaqt ajratishga harakat qilaman. Hech bo\u02bblmaganda uyqu oldidan 1 soat kitob o\u02bbqish kerak. Yaqinda yangi usulni o\u02bbylab topdim. Taksida, avtomobilda emas, metroda, avtobusda yuraman, ishga borish uchun 1 soat ketsa, demak, 1 soat kitob o\u02bbqiyapman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\">Dadam haqiqiy kitobxon odam bo\u02bblganlar. Dadamning bitta kitobni qayta-qayta o\u02bbqiganlarini ko\u02bbrib:<br>\u2012 Nega bitta kitobni takror-takror o\u02bbqiyverasiz? \u2012 deb so\u02bbrardim.<br>\u2012 Har safar o\u02bbqiganingda bittadan harfi tushib qolgan bo\u02bbladi. Qaytadan o\u02bbqiganingda o\u02bbsha harf qo\u02bbshiladi va yangicha mazmun beradi. Shuning uchun kitoblarni qayta-qayta o\u02bbqish kerak, \u2012 deb javob berardilar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\">Bu odat menga ham o\u02bbtgan. Hozirgi kunda oldin o\u02bbqigan kitoblarimni qaytadan o\u02bbqishni boshladim. Boshqacha nazar va boshqacha dunyoqarash bilan o\u02bbqiyapman, ko\u02bbp narsalarni endi tushunayotgandekman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\">Bolalarni kitob o\u02bbqishga o\u02bbrgatish usullaridan biri \u2012 ta\u02bclim dasturiga mutolaa darslari qo\u02bbyilishi kerak. Maktab, litsey, hatto universitetlarda ham. Chunki bizga doktoranturada mutolaa darslari qo\u02bbyilgan edi, haftada bitta kitob o\u02bbqib kelib, kursdoshlarimiz bilan muhokama qilardik. Aynan o\u02bbshanda o\u02bbqigan kitoblarim hozir ish jarayonida ko\u02bbproq asqatadi.<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full is-resized\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"959\" height=\"1280\" src=\"https:\/\/akademnashr.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/01\/photo_2024-01-15_14-56-10.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-7583\" style=\"width:455px;height:auto\"\/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\"><strong>\u2014 O\u02bbquvchi-shogirdlaringizga eng ko\u02bbp takrorlaydigan 3 ta nasihatingiz\u2026<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\">\u2014 O\u02bbquvchi-shogirdlarimga eng ko\u02bbp takrorlaydigan 3 ta nasihatim \u2013 o\u02bbqing, o\u02bbqing, o\u02bbqing.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\">O\u02bbqing deganda faqat kitob o\u02bbqish emas, til o\u02bbrganish, umuman, bilim olishni nazarda tutaman. Badiiy kitob ham o\u02bbqish kerak, odamning saviyasi oshadi. Men talabalarim ko\u02bbp narsani biladigan va o\u02bbqimishli kadrlar bo\u02bblib chiqishlarini juda xohlayman. Mening guruhimda a\u02bclochi talabalar saralab olingan, shunga xursand bo\u02bblaman. Birinchi kursda dars berganimda ular 24 nafar edi. Ikkinchi kursda 2 guruhga bo\u02bblinishi va menda 12 talaba qolishi kerak bo\u02bblgan. Keyin 23 kishi mening guruhimda qolmoqchi ekanligini bildirib ariza yozishgan. Dekanimiz qozoq tiliga ham kimdir o\u02bbtishi kerak deb ruxsat bermaganlar. Shunda eng yaxshi o\u02bbqigan 12 kishiga tanlov imkoniyatini beramiz deyishgan. Hozir guruhimga eng yaxshi o\u02bbqigan 12 talaba kiritilgan. Ularga shunaqa rohatlanib dars o\u02bbtamanki, asti qo\u02bbyavering, hammasi aqlli, hammasi bitta gapdayoq ilib oladi. Shunaqa talabalarni o\u02bbqitish nasib etganidan xursand bo\u02bblib ishlayman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-normal-font-size\">Universitetda ishlayotganimga necha yil bo\u2018lishiga qaramasdan, biror kun ham xohishsiz bormadim. Qorlarda qolib ketsam ham, sovuqda qolib ketsam ham, uzoq bo\u2019lsa ham, hozirgi o\u2019quv binomiz shahar chetida joylashgan, yo\u2018lning o\u2018ziga qariyb 2 soat vaqt ketadi, doim kulib, yaxshi kayfiyat bilan ketaveraman. Hech bir kun nolimadim. Chunki odam o\u2018z ishini sevsa, u odamga baxt, quvonch, xursandchilik olib keladi. Charchasangiz ham bilinmaydi. Shu sababli hammaga o\u2018zi yaxshi ko\u2018rgan ishni tanlashini tavsiya qilgan bo\u2018lardim.<\/p>\n\n\n\n<p><em>Abbos Serobov suhbatlashdi.<\/em><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Pekin shahrida joylashgan Markaziy millatlar universitetining o\u2018zbek tili o\u2018qituvchisi Dilsora Mirzaahmedova Xitoyning o\u02bbqituvchilarga e\u02bctibori, ta\u02bclim va kitobxonlik kabi mavzulardagi savollarimizga javob berdilar. \u2014 Hozirda mehnat faoliyatingizni Xitoyda olib borar ekansiz. Bu mamlakatga ilk safaringiz qanday bo\u02bblgani va u yerda qolishingizga nimalar turtki bo\u02bblgani haqida gapirib bersangiz. \u2014 Biz O\u02bbzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7582,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[79],"tags":[104,103],"class_list":["post-7580","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-blog","tag-dilsora-mirzaahmedova","tag-suhbat"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7580","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7580"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7580\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7593,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7580\/revisions\/7593"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7582"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7580"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7580"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/akademnashr.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7580"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}