Перейти к содержимому
Поиск в
  • Дополнительно...
... bo‘yicha natijalarni qidirish
Natijalarni qidirish

Вся активность

Эта лента обновляется автоматически     

  1. Oxirgi haftada
  2. Jajji akademik” jurnalining 2019-yildagi oxirgi soni nashrdan chiqdi!

    Jurnalning 12-sonida:
    Ulkan robot yasayotgan bola;
    Ilmiga suyangan olim;
    Yupiterning kuchi nimada?
    Linneyning gul soati;
    Havo ham muzlaydimi?
    Kelajak metalli;
    Kuchli inson bu…;
    Tilga eʼtibor – elga eʼtibor;
    Daniyalik tengdoshingiz;
    Posterda Ulugʻbek olim va podshoh;
    Toshkent shahridagi fazogirlar maktabi;
    Komiks “Mikroblar hujumi”;
    Ingliz va rus tili sahifalari;
    Beminnat yordamchilar;
    Umurtqadagi “elektr stansiyasi”;
    Aql charxi;
    Diqqat, bu sonda “Akademik boʻlaman” intellektual tanlovining soʻnggi bosqichida ishtirok etib qoling. Yangi yilning birinchi sonida gʻolib eʼlon qilinadi. Gʻolibga “Jajji akademik” sertifikati va smart soat taqdim etiladi!
    Tanlov shartlari juda oddiy:
    1. Jajji akademik jurnalining 2019-yil 9-sonidan boshlab 12-sonigacha qoldirmay xarid qiling.
    2. Jurnal sahifalaridagi QR kodga yashiringan savollarga javob topib, soʻnggi sahifadagi jadvalni toʻldiring.
    3. Jadvalni suratga olib @jajjia telegram manziliga yuboring.

    5000 so‘m

  3. Ранее
  4. Ushbu lugʼat bir yarim ming yillik oʼzbek adabiyoti namunalarini oʼqib-oʼrganish uchun kalit vazifasini oʼtaydi. Har bir soʼz – fikr birligidir. Lugʼat boyligi – fikr boyligi negizidir. Bu lugʼatdan ikki usulda foydalaniladi: lugʼat kitob singari boshidan-oxirigacha oʼqiladi; mumtoz adabiyot namunasi mutolaasi davomida uchragan «qiyin» soʼz bu lugʼatdan izlab topiladi. Lugʼat umumtaʼlim maktablari oʼqituvchi va oʼquvchilari, akademik litseylar, oliy oʼquv yurtlari talabalari va oʼqituvchilari, soha mutaxassislari va keng kitobxonlar ommasiga moʼljallangan. 

     

    Tuzuvchilar:
    Erkin Rahmonov,
    Vahob Rahmonov,
    Mamlakat Latipova 

    ISBN 978-9943-5651-2-8
    Akademnashr, 2019. – 544 b.

    Qog‘oz bichimi: 84х108 1/32. 

    Adadi: 1500 nusxa.

     

    20000 so‘m

  5. Ibratli hikoyalar

    Nashrga tayyorlovchi: A.Salomov

     

    Sharq azaldan hikmatlar beshigi hisoblangan. Bu yerda hech bir soʼz yoki hikoya shunchaki aytilmagan, ularning ostiga olam-olam maʼno singdirilgan, kelajak avlodlarga shu paytga qadar jamlangan tajribalarni yetkazishga harakat qilingan. Qoʼlingizdagi kitobga ana shunday hikoyatlarning eng saralari kiritilgan. Hikoyatlarga moslab chizilgan ajoyib suratlar esa oʼquvchining tasavvurini boyitib, mohiyatga yanada chuqurroq kirib borishiga sabab boʼladi. Kitob keng oʼquvchilar ommasiga moʼljallangan. 

     

    Rassom: Furqat Bozorov

    ISBN 978-9943-5927-8-0

    Akademnashr, 2019. – 72 b.

    Adadi: 2000 nusxa. 

    Qog‘oz bichimi: 84х108 1/32.

    3500 so‘m

  6. “Jajji akademik” jurnalining 2019-yil 11-soni nashrdan chiqdi!

    Jurnalning ushbu sonini o‘qib:
    Ko‘pchiligimizga noma’lum olam;
    Nanotexnologiyalar insonlarga foydalimi yoki yo‘qmi;
    Dunyoni yoritgan metall;
    O‘zbekistondagi eng chuqur g‘or qaysiligi va darslar, uy vazifalarini tayyorlashda qo‘l keladigan  foydali ma’lumotlarni bilib olasiz. 
     

    5000 so‘m

  7. Sharifjon Ahmedov - o'ziga xos ijodkor. Uning yozish uslubi o'zgacha, tili o'zgacha, hikoyalarining qurilishi o'zgacha. Hikoyalarni o'qish asnosida kitobxon zamonaviy adabiyotda kechayotgan o'zgarishlardan xabardor bo'lishi mumkin. Kitobga yozuvchining eng sara hikoyalari kiritilgan. Ular nozik didli o'quvchilarga ham manzur bo'ladi deb o'ylaymiz. Adabiyotga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun.

    Muallif: Sharifjon Ahmedov

    ISBN 978-9943-5928-9-6

    2019 yil

    176 bet

    Qog'oz bichimi: 84x108 1/32.

    Adadi: 1000 nusxa.

    So'zboshi mualliflari:

    Temur Po'latov O'zbekiston, Tojikiston xalq yozuvchisi

    Erkin A'zam, O'zbekiston xalq yozuvchisi.

     

    17000 so‘m

  8. Masaru Ibuka

     

    Har bir bolada bir daho yashirin. Uning kim bo‘lib voyaga yetishi esa kattalarning munosabati, tarbiyasi mahsulidir. Qo‘lingizdagi kitob sizni bunga ishontirishnigina o‘z oldiga maqsad qilib olmagan. Kitobni o‘qib siz bola tarbiyasiga oid oddiy va tushunarli usullar bilan tanishasiz. Faqat bu borada kechikib qolmasligingiz lozim. Kitob o‘z bolasining kelajagi uchun qayg‘uradigan barcha ota-onalarga mo‘ljallangan.

     

    Nurmukhammad Nargiza Hamidulla qizi tarjimasi

    Yapon tiliga qiyoslab tahrir qiluvchi: Dilnora Madumarova 

    ISBN 978-9943-5652-7-2

    Akademnashr, 2019. - 264 b.

    Qog‘oz bichimi: 84x108 1/32. 

    Adadi: 3000 nusxa. 

     

    20000 so‘m

  9. Muhabbat Safoyevaning sheʼrlari xayol pardasiga iqror ila chizilayotgan buyuk asar – muhabbatni yodga soladi. Satrlardagi ohang yangicha tashbehlar bilan goʼzal uygʼunlik hosil qiladi. Sheʼrlar ruhidagi sogʼinch va dard zalvori oqibatida qalbda ajib kechinmalar tugʼyoni boshlanadi. Chunki shoira qogʼozga koʼnglini siyoh kabi toʼkadi. Mutolaa davomida Siz ham oʼsha yoniq tuygʼularga duch kelasiz. Ushbu toʼplam sheʼriyatga oshno barcha kitobxonlarga manzur boʼladi degan umiddamiz. ISBN 978-9943-5928-1-0 Akademnashr, 2019. – 128 b. Qog'oz bichimi: 70х84 1/32. Adadi: 500 nusxa.
  10. Saylanma

    Oʼzbekiston xalq shoiri Аnvar OBIDJON, avvalo, bolalar adibi sifatida dovruq qozongan. Shu tufayli boʼlsa kerak, uning kattalarga atalgan sheʼrlarida ham bolalarga xos begʼuborlik, koʼngilchanlik, toʼgʼrisoʼzlik alohida boʼrtib turadi. Uning asarlarini kitobxonlarga suyukli qilib kelayotgan omillardan biri shu boʼlsa, ajabmas.
    Mazkur saylanmaga shoirning bolalarga atalgan biri biridan quvnoq, ayni chogʼda, juda tagdor sheʼrlaridan ham namunalar kiritildi.

    Akademnashr, 2019. -248 b. 

    ISBN: 978-9943-4910-0-7

    Qog'oz bichimi: 84x108 1/32. 

    Adadi: 1500 nusxa. 

     

    16000 so‘m

  11. Ushbu kitob Xorazm xonlarining taxtga kelishi va ketishi, ular hukmronlik qilgan yillardagi voqealar, ular qoldirgan meros haqida bo'lib, Xorazm tarixining XVI-asrdan XX-asr boshigacha bo'lgan davrini o'z ichiga oladi. Shuningdek, Pahlavon Mahmud maqbarasidagi epigrafik ma'lumotlarga keng o'rin ajratilgan. Kitob tarixchilar, oliy o'quv yurtlari talabalari va Xorazm tarixi bilan qiziqqan barcha o'quvchilar uchun mo'ljallangan. Mas'ul muharrir: Abdulla Ahmedov, dotsent, sharqshunos Muharrir: Karimov E.E, tarix fanlari doktori Taqrizchilar: Abdullayev M,S - san'atshunoslik fanlari doktori Ph.D, Abdurasulov A, - tarix fanlari nomzodi. Xorazm Ma'mun akademiyasi Ilmiy kengashining 28.06.2019 yil 7-sonli bayonnomasi bilan nashrga tavsiya qilingan. ISBN: 978-9943-5927-7-3 Akademnashr, 2019.-224 bet. Qog'oz bichimi: 60x84 1/8. Adadi: 1500 nusxa
  12. Qayg'u guli

    Furugʼ Farruxzod sheʼriyati birgina Eron sheʼriyati qobigʼiga sigʼmaydi, yaʼni u jahon sheʼriyatida ham yangilikdir. Furugʼ sheʼriyatidagi ramziylik ildizi butun dunyo tan olgan mumtoz fors sheʼriyatining eng sara asarlaridagi noyob anʼanalardan oziqlangan. Furugʼning nafaqat sheʼrlarida, balki kitoblarining «Devor, «Аsir», «Isyon», «Tavallude digar» deb nomlanishida ham ramziylik bor. Qolaversa, Furugʼ sheʼriyatida aksariyat shoirlarga xos boʼlgan turmushidan koʼngli toʼlmagan ayolning soxta malomatlari, maishiy muammolar yoxud farishta niqobidagi shaytoniy vasvasalar emas, umumbashariy dardlar, komil inson sogʼinchi, hallojona «Аnalhaq» ohanglari yangraydi. Bir soʼz bilan aytganda, Furugʼ Sheʼrdagi Oʼzini emas, Oʼzidagi Sheʼrni sevadi, uning sheʼriyati nazmbozlik, adabiy nayranglardan yiroq, sof, asil sheʼriyatdir. Kitob chin sheʼriyat muxlislari uchun ajoyib tuhfa boʼlishiga ishonamiz. 

     

    Forsiydan Odil Ikrom tarjimasi

    Masʼul muharrirlar:
    Jontemir, Shohroʼz Moʼminzoda 

    Akademnashr, 2019. – 112 b. 

    ISBN 978-9943-5928-8-9 

    Qog'oz bichimi: 84х108 1 / 32 . 

    Adadi: 1000 nusxa

    10000 so‘m

  13. Ushbu kitob Malika Mirzo qizi qalamiga mansub eng sara sheʼrlardan tashkil topgan. Satrlar qatiga yashiringan sehr, nozik tuygʼular ifodasi oʼquvchini oʼziga rom qilib, koʼnglini yangi hislarga chulgʼaydi. Zamondosh ijodkorlarning shoira haqidagi fikrlari ham uning ichki olamini ochib berishga xizmat qiladi. Kitob shoira ijodiga befarq boʼlmagan kitobxonlar ommasiga manzur boʼladi degan umiddamiz. ISBN 978-9943-5652-4-1 Akademnashr, 2019. – 128 b. Adadi: 1000 nusxa. Qog'oz bichimi: 84х108 1 / 32 .
  14. Haynrix Haynening nomi jahon adabiyotining Dante, Shiller, Gyote, Pushkin, Lorka kabi buyuk shoirlari qatorida tilga olinadi. Uning jahon adabiyotiga qoʼshgan hissasi beqiyosdir. Birgina «Olmoniya. Qish dostoni» asari jahon satirasining choʼqqisi hisoblanadi. Hayneni dunyoga tanitgan «Qoʼshiqlar kitobi» toʼplamiga kirgan lirik sheʼrlarini bugungi kitobxon ham sevib oʼqimoqda. Uning sheʼriyati, ayniqsa, lirikasi goʼzal. Shoirning «Loreleya», «Ein Fichtenbaum» kabi sheʼr va qoʼshiqlari mashhur boʼlib ketgan. Haynrix Hayne tarjimonlarimizning xizmatlari tufayli oʼzbek kitobxonining ham sevimli shoiri boʼlib qoldi. SBN 978-9943-5928-3-4 Akademnashr, 2019. – 96 b. Olmon tilidan Аʼzam Ismoil tarjimasi Qog'oz bichimi: 84х108 1 / 32 . Adadi: 1000 nusxa
  15. Taniqli ijodkor, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Zuhra Аlieva qalamiga mansub mazkur toʼplamdagi qissa va hikoyalarda sof insoniy tuygʼular, yaxshilik va ezgulik, saxovat va doʼstlik kabi fazilatlar qalamga olingan. ISBN 978-9943-5928-2-7 Akademnashr, 2019. – 128 b. Qog'oz bichimi: 84х108 1 / 32 . Adadi: 1000 nusxa.
  16. Mazkur toʼplam isteʼdodli ijodkor Gulasal Husanova qalamiga mansub sheʼrlardan iborat. Kitobdan shoiraning Ona Vatan, ota-ona, yor-doʼst, insonlar oʼrtasidagi mehr-oqibat haqidagi sheʼrlari oʼrin olgan. Kitob sheʼriyat muxlislarini befarq qoldirmaydi degan umiddamiz. Akademnashr, 2019. - 64 b. ISBN 978-9943-5652-5-8 Qog'oz bichimi: 84х108 1 / 32 . Adadi: 500 nusxa
  17. Ushbu toʼplamda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida terrorchilar bilan qonli toʼqnashuvlarda, shuningdek, harbiy xizmatni ado etish chogʼida el-yurt osoyishtaligi uchun jon fido qilgan fargʼonalik mard oʼgʼlonlar haqida hikoya qiluvchi badiiy-publitsistik maqolalar jamlangan. Jasur vatandoshlarimizning yorqin xotirasiga bagʼishlangan mazkur majmua kitob javoningizdan munosib oʼrin egallashi va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi shubhasiz. Nashrga tayyorlovchilar: Gulchehra Аsronova, Dilshoda Ergasheva ISBN 978-9943-5929-1-9 Akademnashr, 2019. – 128 b. Qog'oz bichimi: 84х108 1 / 32 . Аdadi: 1000 nusxa.
  18. “Jajji akademik” jurnalining 2019-yil 10-soni nashrdan chiqdi!

    “Akademik boʻlaman” intellektual tanlovi davom etadi. Hozircha, 100 foizlik natija bilan eng yuqori ball yigʻgan ishtirokchilarimiz bor. Ammo qolgan ishtirokchilarda ham ularga yetib olish imkoni mavjud. Chunki yangi sonda berilgan savollarimiz biroz murakkabroq!

    Tanlov shartlari juda oddiy:

    1. Jajji akademik jurnalining 2019-yil 9-sonidan boshlab 12-sonigacha qoldirmay xarid qiling.

    2. Jurnal sahifalaridagi QR kodga yashiringan savollarga javob topib, soʻngi sahifadagi jadvalni toʻldiring.

    3. Jadvalni suratga olib @jajjia telegram manziliga yuboring.

    5000 so‘m

  19. Mazkur albom-kitob O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-30-noyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomidagi topshiriqlari hamda 30-noyabrdagi Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi yig'ilishi; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2018-yil 5-dekabrdagi 22531-хх bayonnomasi va 2019-yil 5-yanvardagi O'zbekiston tarixini o'rganish ishlarini samarali tashkil etishga qaratilgan 222-хх xatining 43-bandi; Xorazm Ma'mun akademiyasining 2019-yil 31-yanvardagi 10-sonli yig'ilishi bayonnomasi; O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti Ilmiy Kengashining 2019-yil 25-martdagi yig'ilishi bayonnomasiga asosan nashrga tavsiya etildi. Mas'ul muharrirlar: A.Ashirov, tarix fanlari doktori A.Abdurasulov, tarix fanlari nomzodi Taqrizchilar: N.Allayeva, tarix fanlari doktori K.Xudoyberganov, tarix fanlari nomzodi ISBN 978-9943-5927-0-4 Qog'oz bichimi: 70х100 1 / 8 . Adadi: 500 nusxa.
  20. (Традиции и изменения. XVI – начало XX века) В данной книге-альбоме на основе рукописных произведений, архивных материалов, воспоминаний послов и путешественников, сведений из редких источников впервые в комплексе освещена история города XVI – начала XX века. Раскрыты роль Хивы и ее место в политических и социально-экономических процессах, происходивших в ханстве в рассматриваемый период. Охарактеризованы трансформационные процессы в структуре и архитектурном облике города на примере возведения городских стен, махаллей, улиц, являющихся его неотъемлемой и важной составляющей частью. Освещены новые материалы, касающиеся системы административного управления в Хивинском ханстве, деятельности горожан, связанной с ремеслом, торговлей и сельским хозяйством, а также в сфере культуры. Для туристов, историков, студентов и широкого круга читателей, проявляющих интерес к истории и культуре нашего края. Отв е тс тв е н н ые ре дакто ры: А.Аширов, доктор исторических наук, профессор А. Абдурасулов, кандидат исторических наук Р е ц е н зе н ты: Н.Аллаева, доктор исторических наук К.Худайберганов, кандидат исторических наук ISBN 978-9943-5927-1-1 Формат: 70х100 1 / 16 . Тираж: 500 шт.
  21. Murod Bekmanov

    Xiva shahri tarixi

    Assalomu alaykum, bu kitobni qanday olish mumkin. Nega kam nusxada chiqqan?
  22. Ushbu kitob-albomda qoʼlyozma asarlar, arxiv maʼlumotlari, elchi va sayyohlarning esdalik va xotiralari, nodir manbalar maʼlumotlari asosida Xiva shahrining XVI asr – XX asr boshlaridagi tarixi ilk bora kompleks yoritilgan. Xivaning xonlik davrida kechgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda tutgan oʼrni ochib berilgan. Shahar strukturasi va uning meʼmoriy qiyofasida yuz bergan transformatsion jarayonlar, xususan, uning ajralmas komponentlari hisoblangan shahar devorlari, mahallalari, koʼchalari tavsiflangan. Xiva xonligi maʼmuriy boshqaruv tizimi xususiyatlariga oid yangi maʼlumotlar, shaharliklarning hunarmandchilik, savdo va dehqonchilik bilan bogʼliq faoliyati, madaniy hayoti yoritib berilgan. Kitob-albom sayyohlar, oliy oʼquv yurti talabalari, gid-yoʼlboshlovchilar va yurtimiz tarixi bilan qiziquvchi keng oʼquvchilar ommasiga moʼljallangan. Mas'ul muharrirlar: A.Ashirov, tarix fanlari doktori A.Abdurasulov, tarix fanlari nomzodi Taqrizchilar: N.Allayeva, tarix fanlari doktori K.Xudoyberganov, tarix fanlari nomzodi ISBN 978-9943-5652-9-6 Qog'oz bichimi: 70х100 1 / 16 . Adadi: 500 nusxa.
  23. Jonkuyar pedagog, tinib-tinchimas ijodkor Umida Xushvaqtova uzoq yillardan beri ta'lim-tarbiya sohasida faoliyat yuritib, o'ziga xos maktab yaratgan. O'zining hayotiy kuzatishlari, ish faoliyati davomida to'plagan tajribalarini tarixiy va pedagogik adabiyotlardan olingan ma'lumotlar bilan boyitgan holda zamonamiz qizlari uchun dasturilamal bo'lishga arzigulik ajoyib bir kitob yozgan. Kitobni o'qir ekansiz, avvalo ustoz pedagog nazarini, qolaversa, ona mehrini, do'st sadoqatini his etasiz, beixtiyor o'zingizni toshoynada bor bo'y-bastingiz bilan ko'rib turgandek bo'lasiz. Kitob ma'naviyat-ma'rifat sohasida faoliyat yurituvchi kadrlar, talaba-yoshlar va keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan. Mas'ul muharrir: Mahkamov Ulfat Ilhamovich, pedagogika fanlari doktori, professor Taqrizchilar: Haydarbek Nazirbekovich Bobobekov, tarix fanlari doktori, professor, Shahnoza Abdullayeva, pedagogika fanlari doktori, professor. Qog'oz bichimi: 84x108 1/32 Adadi: 1000 nusxa
  24. Bugun yurtimizda kechayotgan oʻzgarishlar, islohotlar fonida turli muammolarga, boshqaruv, ijro hokimiyati va aholi oʻrtasiga kelib chiqayotgan tushunmovchiliklarga koʻp duch kelyapmiz. Agar bu muammolar tahlil qilib koʻrilsa, ularning aksariyati huquqiy bilimning yetishmasligidan kelib chiqayotganini ko‘rish mumkin. Jajji akademik bunga, aslo, jim qarab tura olmaydi. Huquqiy savodxonlikni bolalikdan oshirib bormasak, kutilayotgan Buyuk Kelajak bizdan uzoqlashib boraveradi. Shuning uchun “Jajji akademik”ning 2019-yil 8-soni huquqiy masalalarga bagʻishlandi. Toshkent davlat yuridik universiteti oʻqituvchisi, huquqshunos Abduqahhor Rahimov bilan hamkorlikda tayyorlangan mazkur kitob bolalarning huquqiy bilimlarini oshirib, ularni katta hayotga tayyorlashda yordam beradi.

     

    Mualliflar: Abduqahhor Rahimov, Sa'dulla Quronov  

    Akademnashr, 2019 -24 b. 

    ISBN: 978-9943-5927-4-2 

    Qog'oz bichimi: 60x84 1/8. 

    Adadi: 4000 nusxa

    5000 so‘m

  1. Загрузить больше активности
×
×
  • Создать...