Перейти к содержимому
Поиск в
  • Дополнительно...
... bo‘yicha natijalarni qidirish
Natijalarni qidirish

Sayt bo‘yicha qidiruv

'kitob bayrami' teglar bo'yicha qidiruv natijalari



Kengaytirilgan qidiruv

  • Teglar bo‘yicha qidiruv

    Teglarni vergul bilan kiriting.
  • Muallif bo'yicha qidiruv

Xabar ko‘rinishi


Категории

  • Maqolalar
  • Yangi kitoblar

Bloglar

  • Sanjar
  • Нигора Умарова

Product Groups

  • Ilmiy nashrlar
    • Monografiyalar
    • Ilmiy asarlar
  • Ilmiy-ommabop nashrlar
  • Ma'rifiy nashrlar
  • Lug'atlar
  • Adabiy-badiiy nashrlar
    • Nasr
    • Nazm
    • Adabiyotshunoslik
  • Abituriyentlar uchun
  • Bolalar uchun
    • Adabiyot
    • Intellektual kitoblar
    • Odob-axloq

Natijalarni qidirish

... bo‘yicha natijalarni qidirish


Xabar sanasi

  • -Dan

    -Gacha


Oxirgi yangilanishi

  • -Dan

    -Gacha


Фильтр по количеству...

Ro'yxatdan o'tgan

  • -Dan

    -Gacha


Guruh


1 ta natija topildi

  1. “AKADEMNASHR” nashriyotining kitob bayramidagi ishtiroki O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan qator vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hamda Toshkent shahrida “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish – buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostida respublika "Kitob bayrami" o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori yurtimiz madaniy hayotida katta voqea bo‘ldi. Matbuot, noshirlik va axborot sohasining mustahkam huquqiy asosini yaratish maqsadida qator qonun va qonunosti hujjati qabul qilindi. Hozir yurtimizda 1 677 ta matbaa korxonasi, 118 ta nashriyot davlat ro‘yxatiga olingan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazi, tuman markazlari va shaharlardagi ta’lim muassasalarida 200 ga yaqin axborot-resurs markazi tomonidan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari hamda “Kitob olami”, “Sharq ziyokori” va “O‘zdavkitobsavdota’minoti” majmualari tomonidan kitob savdosi xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur qarorda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, kitobning jamiyatimiz ma’naviy-ma’rifiy hayotidagi o‘rnini yanada oshirish, buyuk ajdodlarimizning yorqin xotirasini, zamonamiz qahramonlari timsolini haqqoniy va xalqchil aks ettiruvchi adabiyotlar salmog‘ini oshirishda adib va noshirlarni qo‘llab-quvvatlash, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida respublika “Kitob bayrami” tashkil etildi. Ushbu bayramda “Akademnashr” nashriyoti ham ishtirok etib, kitobxonlarga nashriyotda chop qilingan “Jajji akademik” jurnali, ertak va bolajonlarning mantiqiy tafakkurini rivojlantiruvchi kitoblarni, bir qator badiiy, ilmiy adabiyot, qo’llanma va lug’atlarni taqdim etdi. 2018 yil 25-28 aprel kunlari Ostona shahrida 150 dan ziyod noshirlar qatnashgan “III Yevroosiyo xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasi”da 29 kishidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. Ko‘rgazma-yarmarkada O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan nashriyot-matbaa ijodiy uylari jami 16 ta turli darajadagi diplomlar bilan taqdirlandi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston milliy paviloni eng yaxshi ekspozitsiya, deb topildi. Bu yutuqlar zamirida yurtimizda kitobxonlikka berilayotgan yuksak e’tibor yotibdi. Poytaxtimizda o‘tkazilgan respublika “Kitob bayrami”ga aynan markaziy – Sayilgoh ko‘chasi tanlanishida ham katta ma’no bor. Mazkur ko‘chani yoshlar ma’naviyatdan dars oladigan, kitobga ehtirom ko‘rsatiladigan ma’naviyat go‘shasiga aylantirishni maqsad qilingan. Ikki kun davom etgan tadbir doirasida tashkil etilgan kitob va kitob mahsulotlari ko’rgazmasida mualliflar o‘z asarlari haqida keng kitobxonlar ommasiga hikoya qilib berdi.
×