Перейти к содержимому
Поиск в
  • Дополнительно...
... bo‘yicha natijalarni qidirish
Natijalarni qidirish

Akademnashr

Ma'muriyat
  • Xabarlari

    15
  • A‘zo bo‘lgan sana

  • Tashrif buyurgan vaqti

  • Дней в лидерах

    1

Последний раз Akademnashr выиграл 16 iyul

Публикации Akademnashr были самыми популярными!

Mavqei

1 Neytral
  1. O‘YNAB O‘RGANAMIZ (O‘zbek va rus tillarida) Mualliflar farzandlarimizning aqlli, irodali bo‘lib ulg‘ayishlariga ko‘maklashish maqsadida bolalar ruhiyati, kichkintoylarning qiziqish va imkoniyatlarini yaxshi biladigan mutaxassislar bilan hamkorlikda o‘ziga xos kitob yaratishga harakat qilishgan. Unda jamlangan har bir tavsiya va o‘yin ko‘rinishidagi har bir topshiriq ilmiy jihatdan asoslangan bo‘lib, yosh ota-ona va tarbiyachilar uchun muhim qo‘llanma bo‘lishi shubhasiz. 84 bet, bichimi: 60х84 1/8, adadi: 2000 dona. Muqovasi yumshoq, matni ofset qog‘ozida.
  2. “AKADEMNASHR” nashriyotining kitob bayramidagi ishtiroki O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan qator vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hamda Toshkent shahrida “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish – buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostida respublika "Kitob bayrami" o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori yurtimiz madaniy hayotida katta voqea bo‘ldi. Matbuot, noshirlik va axborot sohasining mustahkam huquqiy asosini yaratish maqsadida qator qonun va qonunosti hujjati qabul qilindi. Hozir yurtimizda 1 677 ta matbaa korxonasi, 118 ta nashriyot davlat ro‘yxatiga olingan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazi, tuman markazlari va shaharlardagi ta’lim muassasalarida 200 ga yaqin axborot-resurs markazi tomonidan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari hamda “Kitob olami”, “Sharq ziyokori” va “O‘zdavkitobsavdota’minoti” majmualari tomonidan kitob savdosi xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur qarorda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, kitobning jamiyatimiz ma’naviy-ma’rifiy hayotidagi o‘rnini yanada oshirish, buyuk ajdodlarimizning yorqin xotirasini, zamonamiz qahramonlari timsolini haqqoniy va xalqchil aks ettiruvchi adabiyotlar salmog‘ini oshirishda adib va noshirlarni qo‘llab-quvvatlash, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida respublika “Kitob bayrami” tashkil etildi. Ushbu bayramda “Akademnashr” nashriyoti ham ishtirok etib, kitobxonlarga nashriyotda chop qilingan “Jajji akademik” jurnali, ertak va bolajonlarning mantiqiy tafakkurini rivojlantiruvchi kitoblarni, bir qator badiiy, ilmiy adabiyot, qo’llanma va lug’atlarni taqdim etdi. 2018 yil 25-28 aprel kunlari Ostona shahrida 150 dan ziyod noshirlar qatnashgan “III Yevroosiyo xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasi”da 29 kishidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. Ko‘rgazma-yarmarkada O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan nashriyot-matbaa ijodiy uylari jami 16 ta turli darajadagi diplomlar bilan taqdirlandi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston milliy paviloni eng yaxshi ekspozitsiya, deb topildi. Bu yutuqlar zamirida yurtimizda kitobxonlikka berilayotgan yuksak e’tibor yotibdi. Poytaxtimizda o‘tkazilgan respublika “Kitob bayrami”ga aynan markaziy – Sayilgoh ko‘chasi tanlanishida ham katta ma’no bor. Mazkur ko‘chani yoshlar ma’naviyatdan dars oladigan, kitobga ehtirom ko‘rsatiladigan ma’naviyat go‘shasiga aylantirishni maqsad qilingan. Ikki kun davom etgan tadbir doirasida tashkil etilgan kitob va kitob mahsulotlari ko’rgazmasida mualliflar o‘z asarlari haqida keng kitobxonlar ommasiga hikoya qilib berdi.
  3. Bahrom IRZAYEV O‘ZBЕK YOSHLARI VA XORIJIY TA’LIM XX asr mislsiz taraqqiyot va tanazzullar davri, g‘oyalar va fikrlar xilma-xilligi kurashi asri sifatida insoniyat tarixidan joy oldi. Kitob tariximizning o‘ta murakkab va ziddiyatli davri bo‘lgan mustabid sovet hokimiyati hukmronligi sharoitida o‘zbek taraqqiyparvar ziyolilarining xalqimizni taraqqiyotga boshlash yo‘lidagi qahramonona kurashi tarixidan hikoya qiladi. Asarda o‘zbek yoshlarining xorijda ta’lim olishi, ularning vatandoshlarga yozgan xatlari va ijod namunalari keltirilgan. Kitob mutaxassislar va keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan. Mas’ul muharrir: Sarvar OTAMURATOV, sotsiologiya fanlari nomzodi Taqrizchilar: Bahodir KARIMOV, filologiya fanlari doktori, professor, Sanobar SHODMONOVA, tarix fanlari doktori 208 bet, bichimi: 84x108 1/32, adadi: 1000 dona. Muqovasi yumshoq, matni ofset qog‘ozida.
  4. YAKKABOG‘ SOHIBQIRON KAMOL TOPGAN YURT (O‘zbek va ingliz tillarida) Kitob yurtimizdagi qadim va navqiron maskanlardan biri Yakkabog‘ning o‘tmishi va bugungi kunidan hikoya qiladi. Asarni yaratishda mualliflar ko‘plab qo‘lyozma manbalarni o‘rganib chiqishdi, mualliflar tomonidan ilmiy-ijodiy safarlar uyushtirildi. Izlanishlar samarasi o‘laroq ilk marotaba Sohibqiron tavallud topgan yurt tarixi kitob shakliga keltirildi. Kitob keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan. Mualliflar: Abdusattor JUMANAZAR (Qutlug‘ yurt hikoyalari), Juman TO‘XLIYEV (Bugungi Yakkabog‘) Ingliz tiliga Munira MЕNGLIYEVA tarjimasi Tahrir hay’ati: Asror JO‘RAYEV, Jahongir BOBOYEV, Boynazar DOVЕROV, Sanjar NAZAR, Dilshod NAZAROV 200 bet, 24 betlik suratli ilova, bichimi: 84x108 1/16, adadi: 1100 dona. Supermuqovali qattiq muqova. Sahifalari rangli, ofset qog‘ozida.
  5. BO‘SH O‘TIRMA, BOSH QOTIR (1-, 2-, 3- kitoblar) Tuzuvchilar: Adhamjon Ahmadjonov, Noila Xolmatova Matematika, mantiq, aqlni charxlovchi boshqotirmalar, o‘yinlar. 64 bet, bichimi: 60х84 1/16, adadi: 3000 dona.
  6. MЕN BILGAN SHAROF AKA (Sharof Rashidov siymosi jurnalist nigohida) Sharof Rashidov yurtimiz tarixida yorqin iz qoldirgan shaxslardan biridir. U xalqimiz uchun o‘ta murakkab bo‘lgan davrda davlat rahbari bo‘ldi va bor imkoniyatlarini ishga solib o‘zbek xalqi manfaatlarini himoya qildi. Taqdim etayotganimiz kitobda taniqli telejurnalist Irismat Abduxoliqovning ana shu ajoyib inson haqidagi xotiralari jamlangan. Mas’ul muharrir: Xudoynazar Do‘stqobil 208 bet, bichimi: 84x108 1/32, adadi: 1500 dona.
  7. “Qonli gullar vodiysi: Madaminbek” Roman O‘tgan asr boshlarida Turkiston alg‘ov-dalg‘ov voqealar girdobida qoldi. Shunday og‘ir vaziyatda xalqimiz orasidan chinakam yurt fidoyilari yetishib chiqdi va vatan ozodligi yo‘lida tengsiz kurashga kirishdi. Ushbu asar millat qahramonlaridan biri Madaminbekning hayot va kurash yo‘liga bag‘ishlangan. Asarni o‘qish davomida kitobxon bugungi dorilomon kunlar osonlik bilan kelmaganini tushunib yetadi deb o‘ylaymiz. Mas’ul muharrir: Qahramon Rajabov, tarix fanlari doktori 480 bet, bichimi: 84x108 1/32, adadi: 1500 dona.
×