Перейти к содержимому

Maxfiylik nizomi

Bizning saytimizga kirganingizda, o‘zingiz haqingizdagi biror ma’lumotni bizga taqdim etishni tanlamagan bo‘lsangiz, biz siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumotlarni to‘plamaymiz. Shaxsiy ma’lumotlarni bizning saytimizga kiritish ixtiyoriydir, ammo bunday qilish siz o‘zingiz taqdim etgan ma’lumotdan tegishli maqsadda foydalanishga ruxsat berganingizni anglatadi. Ma’lum bir ma’lumotni taqdim etmaslik o‘zingiz istagan biror xizmatni sizga ko‘rsata olmasligimizga sabab bo‘lishi mumkin. Agar siz shaxsiy ma’lumotni “Akademnashr” nashriyoti bilan bog‘lanish uchun formani to‘ldirish yoki e.mail yuborish kabi usullardan foydalanib bizga taqdim etishni tanlasangiz, biz u ma’lumotdan o‘zingiz so‘ragan ma’lumot yoki xizmatni ko‘rsatish yoki xabaringizga javob yozishda foydalanamiz.

Biz siz Internetga kiradigan domen nomi, saytimizga kirgan kun va vaqt hamda vebsaytning bizning saytimizga kirgan Internet manzili (qidiruv tizimi yoki yo‘naltiruvchi sahifa), to‘lov manzilingiz, cookies fayllari kabi ma’lumotlarni yig‘amiz va saqlaymiz. Bunday ma’lumotdan biz sizlarga muayyan xizmatlarni ko‘rsatish, saytimizning turli sahifasiga kirayotgan kishilar sonini aniqlash, siz kabi saytimiz mehmonlariga uni yanada foydaliroq bo‘lishiga yordamlashish imkoniyatini taqdim etish maqsadida foydalanamiz.

Agar bizga e.mail yuborsangiz

Siz e.mail orqali sharh yoki savol yo‘llab, bizga shaxsiy ma’lumotni taqdim etishni tanlashingiz mumkin. Biz bu ma’lumotdan o‘z xizmatlarimizni takomillashtirish yoki sizning so‘rovingizga javob berish uchun foydalanamiz.

Uchinchi tomon vebsayti

Biz ijtimoiy tarmoqlar va boshqa turdagi uchinchi tomon vebsaytlari bilan ham bog‘lanamiz. Biz ijtimoiy tarmoq vebsaytlaridan o‘quvchi va xaridorlarimiz bilan muloqotga kirishish, faoliyatimizni yanada kengroq targ‘ib etish, kitobxonlarni jalb etish maqsadida foydalanamiz. Ijtimoiy tarmoq vebsaytlari nashr etilayotgan kitoblarimizni ommalashtirish va keng jamoatchilik bilan muloqotga kirishishda foydalaniladi. Shuningdek, biz vebsaytlarimiz va ularning xilma-xil bo‘limlariga tashrif buyurgan mehmonlar sonini aniqlash hamda ularga vebsaytlarimizni yanada foydali bo‘lishiga ko‘maklashish maqsadida vebni baholash va buyurtmachi talablarini qondirish bilan bog‘liq texnologiyalardan foydalanamiz. Ba’zi hollarda uchinchi tomon arizasi hisobotga kiritish maqsadida e.mail adres, foydalanuvchi ismi, ochqich so‘z va jug‘rofiy joylashuv o‘rnini so‘rashi mumkin. Biz uchinchi tomon vebsaytlaridan noqonuniy ta’sir ko‘rsatish va jismoniy shaxslardan shaxsiy ma’lumotlar yig‘ishda foydalanmaymiz. Biz biror uchinchi tomon vebsayti tomonidan to‘plangan shaxsiy ma’lumotni yig‘maymiz yoki saqlamaymiz, biror shaxsiy ma’lumot – qonunchilik talab qiladigan holatdan boshqa holatlarda – nashriyotdan tashqaridagi biror shaxsga ochiqlanmaydi, sotilmaydi yoki o‘tkazilmaydi.

Akademnashr, 42 uy, Chilonzor 20-a, Toshkent, O'zbekiston, 100156

Third Parties

Google Analytics
Google Analytics is a web analysis service provided by Google Inc. (“Google”). Google utilizes the Data collected to track and examine the use of this website, to prepare reports on its activities and share them with other Google services.
Spam Defense
The IPS Spam Defense Service passes the email address and IP address of the registering member to the service to determine the likelihood a registering account is a spam source.
reCAPTCHA 2
This site uses a CAPTCHA to ensure humans are performing certain actions. The CAPTCHA provider may set a session cookie and get information about your internet browser and device accessing this website.